62-mashq. Quyida berilgan fe’llardagi imloviy xatoni tuzatib yozing. Ko‘mak-
chi fe’l va to‘liqsiz fe’lning imlosi haqida xulosa chiqaring.
O‘qibchiq, kuzatibqo‘y, yasayoladi, boribturibman, kira vering, bo-
rar kan, so‘rab ko‘r, bor oladi, kelganedi, chiqibqoldi, ketganekan, kela
qol, qo‘shibqo‘ydi, bor olmadim, o‘qiganemish, qidiraboshladi.
63-mashq. Berilgan so‘zlarni bilan, sari, sayin, qadar, uchun, bo‘yi, singari,
tomon, -la, -chun ko‘makchilari bilan yozing. Ko‘makchilarning imlosini
tushuntiring.
Belkurak, borgan, kun, dengiz, xalq, osmon, yil, akam, qishloq, sen,
siz.
64-mashq. Berilgan so‘zlardagi imloviy xatoni tuzatib (agar bo‘lsa), ajratib
yoki qo‘shib yozilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘lib yozing. Bu so‘zlarning yozi-
lishini imlo qoidasi asosida izohlang.
Hammayoq, birzum, qaybiri, bir oz, hech nima, birvarakayiga, bu-
yon, hechqaysi, qay kuni, shu yerda, qayerda, uyoqqa, o‘shayoqdan,
birato‘la, qayyerda, bir muncha, qayyoqqa, harqaysi, bir pas, bir mud-
dat, biryoqlama, bir yoqli.
65-mashq. Berilgan sifatlar oldidan belgining ortiq yoki kamligini bildiruvchi
to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och so‘zlarini qo‘yib yozing. Hosil qilingan qo‘shma
sifatlar imlosini tushuntiring.
24
Qizil, qora, to‘la, ochiq, sariq, ho‘l, qorong‘i.
66-mashq. Quyidagi raqamlarni so‘z bilan yozing. Imlosini tushuntiring.
56, 115, 12, 1977, 2005, 4688, 506, 412, 37, 45, 678, 10541, 26, 65.
67-mashq. Quyidagi birikmalardagi imloviy xatolarni tuzatib yozing. Ularning
imlosini tushuntiring.
Tomdan-tomga, yildanyilga, ochiqdanochiq, ko‘pdanko‘p, qizigan-
dan-qizidi, shirindanshirin, kundankunga, tog‘ridanto‘g‘ri, kattadan-
katta.
68-mashq. Berilgan so‘zlardan izofali birikma hosil qiling. Izofali birikmaning
imlosini izohlang.
Tarjima hol, Buxoro sharif, dard bedavo, nuqta nazar, gul beor, dard
sar, mual-lim soniy, Qur’on karim, taqdir azal, balo azim, luqma halol,
toj davlat, osmon falak, chashm giryon.
Do'stlaringiz bilan baham: |