51-mashq. Quyidagi taqlid va undov so‘zlarga -ak yoki -la qo‘shimchasini
qo‘shib ot hamda fe’l yasang va yozing. Hosil bo‘lgan ot va fe’llarning imlosini
izohlang.
Pir-pir, biz-biz, tir-tir, shar-shar, voy-voy, hay-hay, gij-gij.
52-mashq. Berilgan qo‘shma ot va sifatlarning nima uchun qo‘shib yozilishini
imlo qoidasi asosida tushuntiring.
Sheryurak, kinoteatr, olaqarg‘a, qizilishton, qiymataxta, tokqaychi,
radiostansiya, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, mingboshi, so‘zbo-
shi, shaftoliqoqi, sarvqomat, so‘zboshi, karnaygul, atirgul, achchiqtosh,
bayramoldi, fotoapparat, oshrayhon, elektrotexnika, radioeshittirish,
suvosti, teleekran, qorako‘z, devqomat, cho‘lyalpiz, atirsovun, mol-
qo‘ra, Ochildasturxon, kiryuvdi, o‘qilon, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z,
oshpichoq, tog‘olcha, suvilon, qashqargul, otquloq, qirqoyoq, suv-
qovoq, bilaguzuk, qo‘ziqorin.
Savol va topshiriq:
1. Bu so‘zlarni qo‘shib yozish qoidasiga ko‘ra necha guruhga bo‘lish mumkin?
2. So‘zlarni yozilish qoidasiga ko‘ra guruhlab yozing.
53-mashq. So‘zlardagi xatoni tuzatib yozing. Imloviy xatoni qoida asosida tu-
shuntiring.
O‘rataosiyo, Mirza cho‘l, Xalq obod, Amu daryo, O‘rtachirchiq,
Quva soy, Markaziyosiyo, Yunus obod, Ko‘hnaurganch, Yangi Yo‘l,
Qizil qum, To‘da ko‘l, Bux DU, SamDU ning, O‘zXDPMK.
22
54-mashq. Quyida berilgan so‘zlardan juft va takroriy so‘z hosil qilib yozing.
Juft va takroriy so‘zlarning imlosini tushuntiring.
Baxt, tez, qop, baland, saodat, to‘lib, or, katta, o‘n, qir, uy, past,
bilinar, nomus, mehr, taq, shafqat, ich, qovun, besh, mayda, qo‘y, tar-
vuz, olti, chuyda, kecha, ba-land, yosh, kiyim, bitta, kechak, qari, semiz,
chopa, bilinmas, joy, toshib, o‘n beshta, qator, duk, yaqin, ishlay, to‘da,
ko‘p, qo‘zi, kunduz, shirin, uzoq, biq, tonna, bilakday, etak.
Do'stlaringiz bilan baham: |