Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘klamingdan olib sururni
105-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning atash (denotativ) va qo‘shimcha (konnotativ) ma’nolarini tushuntiring. 1. Chorshanbi – zo‘r yigit, ishni do‘ndiradi. (M. M. Do‘st) 2. Qiz Umidga qarab jilmaydi. (Mirmuhsin) 3. Oldimizdan bir ketvorgan qiz o‘tib ketdi. 4. O‘rtaga qil-tiriq bir bola chiqadi va havoda chir aylanib, dumbaloq oshib sakrab hammaga ta’zim qiladi. (T. Obidov) 5. Bir payt toshbaqa kosaning narigi yog‘idan boshini chi-qarib, uyqusiraganicha vaysab berdi. (A. Obidjon) 6. Ingliz ukki ko‘z, karnay burun, kampir dahan, qiltiriq bo‘yin, naynov edi. (Oybek) 7. Sahrolar gul ochar senda, Samolar nur sochar senda. (M. Mirzo) 8. Og‘ushlari xilvatlarga tayyordir ma’vo, So‘lim, salqin soyasida kiyiklar uxlar. (O. Rajab) 9. Bog‘lar sokin mizg‘ishar Misoli oq kapalak. (Q. Hikmat) 10. Bir yoqda jo‘jalarim, Jajji xo‘rozchalarim. Qichqirar qanot qoqib, 37 O‘stiraman men boqib. (Q. Muhammadiy) 11. Ko‘klamingdan olib sururni Dong taratdi ustoz Olimjon. G‘afur G‘ulom tuygan g‘ururni Qilmoq mumkin olamga doston. (A. Oripov) 12. – Aytmabmidim, – dedi ota, – Gap uqmading, tirrancha, El-u yurtning o‘rtasida Bo‘ldik rosa bo‘lgancha. (A. Oripov) 106-mashq. Matnlarni o‘qing. Bir ma’noli so‘zlarni aniqlab, qaysi sohaga oidligini aniqlang. 1. Lisonning borliq hodisalarini nomlash, ifodalash, ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi birligi – leksema. Lisoniy birlik sifatidagi leksema biri ikkinchisisiz mav-jud bo‘la olmaydigan ikkita psixofizik tomon – akus- tik struktura (tovush qobig‘i), ya’ni nomema hamda ma’lum bir tushun- cha asosida vujudga kelgan mazmuniy struktura, ya’ni sememaning bir- ligidan iborat. Lisoniy birlik sifatidagi leksemaning tovush strukturasi fonetik birlik ko‘rinish (variant)larining turlicha kombinatsiyalari asosida vujudga kelgan. O‘zbek tilida mavjud barcha leksemaning shakliy tomoni tilimizda mavjud 29 ta fonema asosida, xolos. Shu boisdan tashqi fone- tik strukturasi asosida leksemalarni kuchli va kuchsiz ziddiyatga qo‘- yish mumkin. Kuchli oppozitsiya bittadan (u - olmosh, e - undov), ikkitadan (ot - ish), uchtadan (bor - kel), to‘rttadan (qunt-band) fonema variantining zidlanishi asosida hosil bo‘lgan bo‘lsa, kuchsiz ziddiyat, leksemaning tarkibidagi ayrim fonema variantlari asosida bo‘ladi (tub- tup, bob-bop). Har bir leksema lisoniy birlik sifatida mazmun mundarijasiga ham ega. Leksemaning mazmun mundarijasi denotat yoki referent deb ata- ladigan borliqdagi narsa, harakat, belgi, miqdor kabini ifodalaydigan tushunchalarni anglatadi. Masalan, borliqda [yuz] deb ataluvchi kishi burni ikki tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismi mavjud. Shu asosda kishi ongida “yuz” tushunchasi vujudga kelgan. Mazkur tu- shuncha asosida esa semema (leksema ma’nosi) shakllanadi. 2. Bu zangori okean, ya’ni Yerning havo qobig‘ini olimlar atmosfera deb atashadi. U hech qachon tinch turmaydi. Quyosh nuridan qizigan 38 havo yengillashadi va Yer sirtidan yuqoriga ko‘tariladi, uning o‘rnini esa sovuq havo egallaydi. Havoning Yer sirti ustidagi harakati shamol deb ataladi. Atmosferada doimiy havo oqimlari ham bor. Masalan, pas- sat shamollari har doim bir yo‘nalishda – ekvator bo‘ylab esadi. Inson uchun atmosferaning pastki qatlami – troposfera ayniqsa muhim. U Yer sirtidan boshlanib, to 8 – 17 kilometr balandlikkacha davom etadi. Bulutlar, momaqaldiroq, jala, qor shu yerda yuzaga ke- ladi. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling