Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Savollar: 1. Til lug‘at tarkibidagi so‘zlarga bir ma’nolilik ko‘proq xosmi, ko‘pma’nolilikmi? 2. Nima sababli so‘zlar birdan ortiq ma’no kasb etadi? 3. So‘zdagi ko‘pma’nolilik qanday usullar bilan hosil bo‘ladi? 4. Ko‘p ma’noli so‘zning omonim so‘zdan farqi nimada? So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi. Ma’no ko‘chish yo‘llari 108-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nosini izoh- lang. 1. Ona diyorimizga oltin kuz o‘zining barakali sepini yoydi. (“Saxo- vatli fasl” matnidan) 2. Insonlarni zulmatdan nurga chqarish uchun Olloh payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga ushbu Qur’onni nozil qildi. 3. Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to‘n kiydi, oq, sariq, ko‘k, qizil rangli harir yopinchiqlar bilan bezandi. (Yusuf Xos Hojib) 4. Men Baroq mushugimni yaxshi ko‘raman. Uning chiroyli, uzun, qalin va momiq yunglari bor. (H. Nazir) 5. Olam kiysin oq libos, Oq libosi qanday soz. (Shuhrat) 6. Yorib chiqdim tuxumni, Shunday shovvoz jo‘jaman. Tanib oldim buvimni Ko‘zi charos jo‘jaman. (A. Obidjon) 40 Savollar: 1. So‘zning o‘z ma’nosi deganda nima tushuniladi? 2. Ko‘chma ma’no deganda nimani tushunasiz? 3. So‘z nima uchun ko‘chma ma’noda qo‘llanadi? 109-mashq. Gaplarni o‘qing. Ma’nosi metafora usuli bilan ko‘chgan so‘zlarni aniqlab, qanday ma’no ifodalayotganini tushuntiring. 1. Ilm sahroda – do‘st, hayot chorrahalarida – tayanch, yolg‘iz damlarda – yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda – rahbar, qayg‘uli onlarda – madadkor, odamlar orasida – zeb-ziynat deganlar. (Hoji Abdurazzoq Yusuf) 2. Shoh qilib qo‘ygan ishidan pushaymonlgini so‘zlab, bu jarohat o‘lgunicha ko‘ksidan ketmasligini ayt-di. („Lochinning o‘limi“ ertagidan) 3. Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod. (A. Oripov) 4. Shu to‘g‘on filday uzala tushdi-yu o‘jar daryoni xippa bo‘g‘di. (H. Nazir) 5. Balli, bo‘tam, umringdan baraka top, – deb duo qildi. („Dehqon- bobo“ertagidan) 6. Quturgan dushman askarlarining suroni quloqlarni qomatga keltiradi. (M. Osim) 7. Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon Olamni mahliyo aylagan diyor. (A. Oripov) 8. Mir Alisher na’rasiga Aks sado berdi jahon, She’riyat mulkida bo‘ldi Shoh-u sulton o‘zbegim. (E. Vohidov) 9. Kelajagi buyuk Vatanning Vorislari – biz o‘g‘il-qizlar. (H. Imomberdiev) 10. Marddek tursin maydonda Yuragida qo‘r bo‘lsin. (M. A’zam) 11. Aziz ota-onamizning qalqonimiz, Buyuk xalqim, suyuk xalqim, bizga ishon. (A. Obidjon) 12. Har faslning o‘z xislati bor, Har faslning o‘z fazilati. Kumush qishdan, zumrad bahordan Qolishmaydi kuzning ziynati. (P. Mo‘min) 13. Goh cho‘qiyman dumbuldan, Kamchilik yo‘q ul-buldan. 41 Qolishmayman bulbuldan, Shirin ovoz jo‘jaman. (A. Obidjon) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling