Ona tili va bolalar adabiyoti


-mashq. Berilgan misollardagi nutqiy lug‘aviy ma’nolar asosida o‘tmoq


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

103-mashq. Berilgan misollardagi nutqiy lug‘aviy ma’nolar asosida o‘tmoq, 
ko‘z, katta leksemalarining sememasini tavsiflang. 
1. Qo‘shin daryodan o‘tdi. Ip ignaning teshigidan o‘tdi. Poyezd 
tuneldan o‘tdi. 2. Marraga yaqinlashganda, barcha poygachilardan 
o‘tib, marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Goh afandi eshakdan, 
goh eshak afandidan o‘tib, uyga yetdilar. (“Latifalar”dan) 3. Bu xabar-
ni eshitkuchi Kumushbibining qora ko‘zlari jiq yoshga to‘lib, kipriklari 
yosh bilan belandilar. (A. Qodiriy) Maston unga e’tibor qilmay, otning 
tumshug‘idan ko‘tarib, uning ochiq qolgan ko‘zlariga qaradi. (A. Qah-
hor) 4. Yog‘ochning ko‘zi kattagina ekan. Buloqning ko‘zi ochildi. 
Xurjunning ikki ko‘zini to‘ldirib olma solib oldik. 5. Biram katta dalaki, 
u yog‘ini ko‘rib bo‘lmaydi. (Sh. Sa’dulla) O‘roz qayerdandir katta 
tarvuz keltirib, o‘rtaga qo‘ydi. (Oybek) 6. Toshkentga butun mamlakat-
dan katta geolog olimlar kelishgan. (S. Karomatov) Abdurahmonning 
amakilari Buxoroda katta mudarrislardan sanalar edilar. (A. Qodiriy)


Savollar: 
1. Semema nima? 
2. Semema va nutqiy lug‘aviy ma’noning munosabatini izohlang. 


36 
104-mashq. Quyidagi jadvalda istak, orzu, havas, hafsala, ishtiyoq
armon ma’nodosh leksemalarining sememasiga daxldor semalar berilgan. 
Daxldor semaning tog‘risiga uni shu leksema ifodalasa +, ifodalamasa – belgisini 
qo‘ying. Shu asosda bu leksemalar sememasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni 
izohlang. 
Sema 
 
 
Leksema 
Biror 
narsaga 
erishishga 
intilish 
 
Muhim 
narsaga 
intilish 
 
Qiziqish Kuchli 
intilish 
Biror ish, 
yumushga 
nisbatan 
Ushalmagan 
istak 
orzu 
havas 
armon 
hafsala 
ishtiyoq 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling