Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
125-mashq. Ma’nodosh so‘zlarning qo‘llanishiga doir uslubiy xatolarni topib, 
gap mazmuniga mos so‘zni qo‘yib o‘qing. 
 
I.1. Mehrjon bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng ko‘rkam, eng tarovatli 
bayram sayillaridan hisoblanadi. Chunki ular xalqchil, hayotiy an’ana-
lardir. (M. Murodov) 2. Sohibqiron bobomiz Amir Temur 1336-yilning 
9-aprelida Movaraunnahrning suluv shahri Shahrisabz (Kesh)ning 
Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topganlar. (B. Ahmedov) 3. Teatr va 
kinoteatrlar, stadion, sayrgohlar va xushro‘y xiyobonlar ko‘p. (“Tosh-
kent” matnidan) 4. Shaharning shimolidagi barno chorbog‘ baland de-
vor bilan o‘ralgan. (P. Qodirov) 5. Yoki biror suluv yigitni kutarmikan 
intizor bo‘lib. (Uyg‘un) 


50 
II. 1. Amir Temur elim deb, yurtim deb jonini fido qilgan, og‘ir-
vazmin, mulohazali, buyuk kimsa bo‘lgan. (B. Ahmedov) 2. Endi inson-
lar biror nimaning ilinjida ko‘proq unikiga yopirilib keladigan bo‘ldilar. 
(M. Xidir) 3. Baqqol xushmuomala va saxovatli shaxs bo‘lgan. Xari-
dorga molini nasiyaga ham beravergan. (“Baqqol” matnidan) 
4. Erkin bo‘lmasa gar kishi farzandi
Uning oti quldir, unvoni – bandi. (A. Oripov) 
III. 1. Anvarning samimiy chin oshnasi va o‘rtog‘iga sadoqati har 
kimni taajjubga qo‘ydi. (A. Qodiriy) 2. Ta’til yaqinlashgan sari uch ulfat 
soy bo‘yidagi ko‘rpaday qalin chimga cho‘zilib, yozda qiladigan ishlari 
to‘g‘risida uzoq-uzoq suhbatlasha-digan bo‘lib qolishdi. (S. Anorboyev) 
3. Qishning uzun tunlarida bu yerda o‘rtoqlar gap yeyishadi. (P. Tur-
sun) 
IV. 1. Iftor mahalida tushirish uchun ko‘ngil tusagan narsa, ozmi-
ko‘pmi, das-turxonga muhayyo qilinadi. (N. Safarov) 2. Xola, ko‘ng-
limdagini sezganday, bir kosa jo‘xori go‘ja olib chiqib, oldimga qo‘ydi. 
Yarimta zog‘ora non bilan iste’mol qilib oldim. (S. Siyoyev) 3. Karam 
– xalqimiz sevib tushiradigan xushxo‘r sabza-votlardan biri. 4. Qani, 
nonni sindirib, qaymoqqa bulab-bulab tanovul qilib olinglar-chi.
(E. Rahimov) 
V. 1. Qurilish tresti unga yotoqxonadan joy baxsh etdi. (O‘. Ho-
shimov) 2. Alvon ko‘ylakli lola, sap-sariq momoqaymoq, nozik 
marvaridgul bir-biriga yarashib, vodiyga chiroy ato etardi. (A. Ahme-
dova) 3. Olloh taolo Boybo‘riga o‘g‘il farzand baxsh etgan kuni Boysari 
xonadonida ham qiz tug‘ildi. (“Alpomish” dostonidan)
VI. 1. Nodir mollarga taom berdi. 2. Ildiz ovqat bersa, novda ko‘ka-
rar. (Maqol) 3. Yalpiz nafas yo‘llari va taom hazm qilish a’zolari 
faoliyatini yaxshilaydi. (“Yalpiz” matnidan) 4. Mehmonlar oldida yo-
yilgan, qalashtirib tashlangan yemishlar, rango-rang mevalar, qo‘llarini 
ko‘ksiga qo‘yib uchib yurgan kanizaklar tovoqlarda yangi-yangi 
yemishlar tortib, guloblar tashirdilar. (Oybek) 
126-mashq. So‘z birikmalaridagi sifatlarni yaqin ma’noli so‘zlar bilan al-
mashtiring . Namuna: Mayin shamol – yoqimli shamol.
Mayin shamol –
Toza uy –
Noto‘g‘ri javob –


51 
Sezgir tulki –
Rost gap –
Og‘ir yuk –
127-mashq. So‘zni uning ma’nosiga mos otlar bilan bog‘lab ko‘chiring. 
Namuna: Qari ot, qari tol, keksa ayol. 
Qari, keksa(ot, ayol, tol). 
Kuchsiz, ojiz, nimjon (shamol, bola, kampir). 
Toza, ozoda, beg‘ubor (suv, osmon, uy).
Uzoq, olis, yiroq (vaqt, yo‘l, shahar). 
Tinch, sokin, (dengiz, hayot). 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling