Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

123-mashq. Nuqtalar o‘rniga ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib o‘qing. 
Ma’nodosh so‘zlarning farqini tushuntiring. 
1. Insonning erkiga to‘sqinlik qilish ham, uning ... va intilishlarini 
poymol qilish ham vahshiylik. (P. Tursun) 2. Bu qizcha shu yoshgacha 
aravachasidan turmagan va bir og‘iz so‘z aytmagan ekan. Bugungi 
bayram uni davolabdi. Yurib ketishiga, tili chiqishiga sabab bo‘libdi. 
Bu uning ... emasmidi?! 3. U hol-ahvol so‘rab kel-ganlarni Hoji otaning 
... bilangina ichkariga qo‘yardi. (“Yoshlik” jurnalidan) 4. Husayn 


49 
Boyqaroning yoshlikdan she’rga ... kuchli edi. (Oybek) 5. Yurtim, ado 
bo‘lmas ...laring bor. (M. Yusuf) 6. Mahfuzada chevarlikka bo‘lgan … 
ustun chiqdi. (T. Avvalov) 7. Xayri ... bilan piyozni maydalab to‘g‘rardi. 
(Sh. Rashidov) 8. U qadrdon do‘stlarini ko‘rish ... bilan yonar edi.
(M. Ismoiliy)
Foydalanish uchun so‘zlar: istak, xohish, mayl, orzu, havas, ishtiyoq, hafsala, 
armon.
 
124-mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga ma’nodosh so‘z 
toping. 
Ona diyorimizga oltin kuz o‘zining barakali sepini yoydi. Salqin 
kechalar, ertalab maysa-ko‘katlar, dov-daraxtlar barglarini bezaydigan 
shudringlar kuz kelganidan darak bermoqda
Kuzning birinchi oyi mevalar, sabzavot mahsulotlari, qovun-tar-
vuzlar serob bo‘lishi bilan dillarga quvonch baxsh etadi. Noklar, 
shaftolilar, olmalar g‘arq pishadi, uzum va anor ham dasturxonni 
bezaydi.
Bu davrda paxta dalalari ham o‘ziga xos manzara kasb etadi. 
Quyosh ufqdan bosh ko‘tarishi bilan uning zarrin nurlari g‘o‘za qator 
oralariga tushib, barglar-dagi shudringlar rango-rang bo‘lib tovlanadi. 
Quyosh nuri tushgan barglar, kech ochilgan gullar, lo‘ppi-lo‘ppi 
paxtalar ko‘zni qamashtiradi. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling