Ona tili va bolalar adabiyoti


Savollar:  1.Omonim so‘zlar deganda nimani tushunasiz?  2. Omonimning ko‘p ma’noli so‘zdan farqi nimada?


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar: 
1.Omonim so‘zlar deganda nimani tushunasiz? 
2. Omonimning ko‘p ma’noli so‘zdan farqi nimada? 
 
Paronimlar 
145-mashq. Chap ustunchada paronim so‘zlar, o‘ng ustunchada ularning 
ma’nosi aralash holda berilgan. Paronim so‘zlarni ularning ma’nosi bilan yozing. 
Namuna: davo ‒ shifobaxsh narsa, da’vo ‒ arz, talab. 
dadil 
dalil 
abzal 
afzal 
ahil 
ahl 
bal 
ball 
biyron 
biron 
bob 
bop 
burj 
o‘tinni taxla 
dovyurak 
ot, eshak egar-jabdug‘i 
totuv, inoq 
arz, talab 
baho o‘lchovi 
so‘zamol, gapdon 
majburiyat 
a’lo, yaxshi
munosib 
12 ta yulduz turkumi 
raqs kechasi 
isbot 


61 
burch 
davo 
da’vo 
faqir 
paqir 
ganj 
ganch 
jodi 
jodu 
kaft 
kift 
naq 
naqd 
oxir 
oxur 
qala 
qal’a 
qurt 
qurut 
bir soha odamlari 
kambag‘al 
chelak 
suvoq materiali, alebastr 
sehr 
puli darhol to‘lanadigan 
xuddi, ayni 
chegara, poyon 
kitobning qismlari 
hayvonlarga yem solinadigan joy 
shifobaxsh narsa 
boylik 
qo‘lning qismi 
suzmaning quritilgani 
shahar 
hasharot  
o‘t qirqadigan asbob 
biror 
yelka 
Paronim so‘zlar deganda nimani tushunasiz? 
146-mashq. Gaplarni qavs ichidagi mazmunan mos keladigan so‘zlarni qo‘yib 
o‘qing. 
1. Muyulishda bir ayol (qurt, qurut) sotib o‘tirgan edi. 2. Buxoroda 
uylar qurilishi jadal (sur’at, surat) bilan bormoqda. 3. Limon – ming 
dardga (da’vo, davo). 4. Xarsangning kattaligi (naqd, naq) uyday 
keladi. 5. Dushman qal’ani (xiyla, hiyla) bilan qo‘lga kiritmoqchi 
bo‘libdi. 6. Ezgulik bilan umr kechirgan kishining nomi xalq xotirasida 
(adabiy, abadiy) qoladi. 7. Ko‘ylak (asil, asl) ipakdan tikilgan edi.
8. Nodirning (asil, asl) maqsadi Toshkentni tomosha qilish edi.
9. Matematika darsida o‘qituvchi Nazirga 5 (bal, ball) qo‘ydi. 10. Chol 
tovuqqa bir (qism, qisim) don berdi. 11. Toshkent – (azm, azim) shahar. 
12. Firiza sunbula (burjida, burchida) tug‘ilgan. 13. Qishloqda bir 
(faqir, paqir) dehqon yashar ekan. 14. Qizchaning tili juda (biron, 
biyron) ekan. 15. Nodir (oxurga, oxirga) yem soldi. 16. Insonning 


62 
(qiymati, qimmati) emas siym-u zar, insonning (qiymati, qimmati) ilm 
ham hunar. 16. Nazir ariq bo‘yiga o‘n (tub, tup) ko‘chat ekdi. 17. Ham-
ma baxtiyor yashasin deyman, sursin ozodlik (nashasin, nash’asin) 
deyman. 18. Uy bekasi (xil-xil, hil-hil) pishgan tovuqni dasturxonga 
keltirib qo‘ydi. 19. Qilgan ishidan Nodirning boshi (ham, xam) bo‘ldi. 
20. Fermer xo‘jaligi a’zolari g‘o‘zani (yagona, yagana) qilyapti.
21. Chumchuqlar tut (shoxiga, shohiga) qo‘nib chrqillamoqda edi.
23. Nilufarning yuzida katta (xol, hol) bor edi. 24. Yengil shabada 
badanga (xush, hush) yoqardi. 25. Maktab o‘quvchilardan (xoli, holi) 
edi. 26. Nodira doskaga chiqib (she’r, sher) o‘qidi.27. Tekin boylik 
axtarguncha o‘zingga (bob, bop) hunar top. 28. Sinfxona devorida 
(dars, darz) paydo bo‘ldi. 29. Akbar (eskalator, ekskavator) bilan 
yuqoriga chiqib oldi. 30. Qo‘shiqchi (tambur, tanbur) chalib qo‘shiq 
aytdi. 31. Podsho katta ariq chiqarishga (amr, amir) qildi. 32. Dadam 
bir oydan beri (tussiz, tuzsiz) ovqat yeyaptilar. 33. Chaqaloq ertalab-
gacha tinchgina (uxladi, uhladi). 34. Hozir dunyoda (ichimli, ichimlik) 
suv tanqis. 35. (Urush, urish), qo‘ydi-chiqdi ham har xil bo‘ladi.
36. Bilaguzuk (sop, sof) oltindan yasalgan ekan. 37. Sobir ichkaridan 
otning (afzallarini, abzallarini) olib chiqdi. 
(Ahli, ahili) dunyo shohga etgay sajdalar, 
Kibriyoga sajda etmaslar ular. (J. Rumiy) 
Koʻzkim (oxirni, oxurni) koʻrgay, ul ‒ raso, 
Koʻzkim (oxirni, oxurni) koʻrgay, ul ‒ raso. (J. Rumiy) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling