Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
139-mashq. Berilgan gaplardan ot turini bildiruvchi so‘zlarni topib, ma’nosini 
izohlang. 
1. Bulutli qorong‘u kechada samanning ko‘ziga har bir o‘t, har bir 
jingul bo‘ri bo‘lib ko‘rinardi. (N. Fozilov) 2. Kunlar o‘tib, qulun – toy, 
toy – qunon, qunon esa do‘non bo‘lib yetishadi. (N. Fozilov) 3. Qudrat 
aka bo‘z ayg‘irning bekorga chopib ketmaganini sezib, uning izidan 
tushgan edi. (N. Fozilov)
4. – Hoy, sen, jiyron toychamdek 
O‘ynab-o‘ynab oqqan suv, 
Dalalarga bayramdek 
Guldan bezak taqqan suv. (Z. Diyor) 
 
5. Bel baravar barra o‘tlarni 
Kurt-kurt yeydi qo‘y-qo‘zichoqlar. 
– Biz ham shodmiz siz kabi, – deya 
Qirda kishnar toy-qulunchoqlar. (I. Muslim)
 
 
 
 


56 
140-mashq. Quyidagi rasmlarda tasvirlangan gullarning nomini ayting va 
izohli lug‘atdan foydalanib har bir gulning xususiyatini izohlang. Shu gullar 
nomining 3 tasi ishtirokida gap tuzing. 
 
 
 
 
Foydalanish uchun so‘zlar: gulsapsar, nastarin, nargis, lola, lolaqizg‘aldoq, 
yalpiz, rayhon, nilufar, boychechak, ra’nogul, jasmin, atirgul, moychechak, 
gladiolus, chinnigul.
Yana qaysi gullarning nomini bilasiz? 
 
 


57 
141-mashq. Mirtemirning “Qush tili” she’ridan olingan parchani o‘qing. Qush 
nomini bildiruvchi so‘zlarni aniqlab, qanday qushni bildirishini izohlang. Mashq 
matnidan keyin berilgan rasmlarda qaysi qushlar tasvirlanganini ayting. 
Qushlar, hey, ketmang uzoq, 
Qo‘ymayman sizga tuzoq. 
Bo‘zto‘rg‘ay, bo‘zlashaylik, 
Turumtoy, so‘zlashaylik
Qaldirg‘och, quvlashaylik 
Betilmoch, quvnashaylik 
Sa’vaoy, sayrashaylik 
Soyma-soy yayrashaylik 
Qushlar, hey, ketmang uzoq, 
Qo‘ymayman sizga tuzoq. 
Cho‘chimang, hoy, chumchuqlar, 
Laylag-u, chug‘urchiqlar
Ko‘kqarg‘a-yu, zarg‘aldoq 
Bulduriq ham tuvaloq 
Suqsur, oqqush, tustovuq 
Sayranglar menga yovuq. 
O‘ylamangki, otgum tosh, 
O‘ylamangki, men bebosh 
Ketmang yiroq, qushlar hey, 
Go‘yo yorug‘ tushlar hey 
Qush yurti – men sevgan yurt 
To‘qay, tolzor, qopchig‘oy 
Mendan qochma, hoy burgut
Do‘stlashaylik, qarchig‘ay 
Kaklik, to‘ti, bedana, 
Sepay tariq, sedana 
Keling ha, sirlashaylik, 
Keling ha, tillashaylik. 
Qush turlarini quyidagi guruhlarga bo‘lib yozing: 1) yirtqich va hasharotxo‘r 
qushlar; 2) sayroqi va sayramaydigan qushlar. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling