Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
125-mashq. Ma’nodosh so‘zlarning qo‘llanishiga doir uslubiy xatolarni topib, gap mazmuniga mos so‘zni qo‘yib o‘qing. I.1. Mehrjon bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng ko‘rkam, eng tarovatli bayram sayillaridan hisoblanadi. Chunki ular xalqchil, hayotiy an’ana- lardir. (M. Murodov) 2. Sohibqiron bobomiz Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Movaraunnahrning suluv shahri Shahrisabz (Kesh)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topganlar. (B. Ahmedov) 3. Teatr va kinoteatrlar, stadion, sayrgohlar va xushro‘y xiyobonlar ko‘p. (“Tosh- kent” matnidan) 4. Shaharning shimolidagi barno chorbog‘ baland de- vor bilan o‘ralgan. (P. Qodirov) 5. Yoki biror suluv yigitni kutarmikan intizor bo‘lib. (Uyg‘un) 50 II. 1. Amir Temur elim deb, yurtim deb jonini fido qilgan, og‘ir- vazmin, mulohazali, buyuk kimsa bo‘lgan. (B. Ahmedov) 2. Endi inson- lar biror nimaning ilinjida ko‘proq unikiga yopirilib keladigan bo‘ldilar. (M. Xidir) 3. Baqqol xushmuomala va saxovatli shaxs bo‘lgan. Xari- dorga molini nasiyaga ham beravergan. (“Baqqol” matnidan) 4. Erkin bo‘lmasa gar kishi farzandi, Uning oti quldir, unvoni – bandi. (A. Oripov) III. 1. Anvarning samimiy chin oshnasi va o‘rtog‘iga sadoqati har kimni taajjubga qo‘ydi. (A. Qodiriy) 2. Ta’til yaqinlashgan sari uch ulfat soy bo‘yidagi ko‘rpaday qalin chimga cho‘zilib, yozda qiladigan ishlari to‘g‘risida uzoq-uzoq suhbatlasha-digan bo‘lib qolishdi. (S. Anorboyev) 3. Qishning uzun tunlarida bu yerda o‘rtoqlar gap yeyishadi. (P. Tur- sun) IV. 1. Iftor mahalida tushirish uchun ko‘ngil tusagan narsa, ozmi- ko‘pmi, das-turxonga muhayyo qilinadi. (N. Safarov) 2. Xola, ko‘ng- limdagini sezganday, bir kosa jo‘xori go‘ja olib chiqib, oldimga qo‘ydi. Yarimta zog‘ora non bilan iste’mol qilib oldim. (S. Siyoyev) 3. Karam – xalqimiz sevib tushiradigan xushxo‘r sabza-votlardan biri. 4. Qani, nonni sindirib, qaymoqqa bulab-bulab tanovul qilib olinglar-chi. (E. Rahimov) V. 1. Qurilish tresti unga yotoqxonadan joy baxsh etdi. (O‘. Ho- shimov) 2. Alvon ko‘ylakli lola, sap-sariq momoqaymoq, nozik marvaridgul bir-biriga yarashib, vodiyga chiroy ato etardi. (A. Ahme- dova) 3. Olloh taolo Boybo‘riga o‘g‘il farzand baxsh etgan kuni Boysari xonadonida ham qiz tug‘ildi. (“Alpomish” dostonidan) VI. 1. Nodir mollarga taom berdi. 2. Ildiz ovqat bersa, novda ko‘ka- rar. (Maqol) 3. Yalpiz nafas yo‘llari va taom hazm qilish a’zolari faoliyatini yaxshilaydi. (“Yalpiz” matnidan) 4. Mehmonlar oldida yo- yilgan, qalashtirib tashlangan yemishlar, rango-rang mevalar, qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib uchib yurgan kanizaklar tovoqlarda yangi-yangi yemishlar tortib, guloblar tashirdilar. (Oybek) 126-mashq. So‘z birikmalaridagi sifatlarni yaqin ma’noli so‘zlar bilan al- mashtiring . Namuna: Mayin shamol – yoqimli shamol. Mayin shamol – Toza uy – Noto‘g‘ri javob – 51 Sezgir tulki – Rost gap – Og‘ir yuk – 127-mashq. So‘zni uning ma’nosiga mos otlar bilan bog‘lab ko‘chiring. Namuna: Qari ot, qari tol, keksa ayol. Qari, keksa(ot, ayol, tol). Kuchsiz, ojiz, nimjon (shamol, bola, kampir). Toza, ozoda, beg‘ubor (suv, osmon, uy). Uzoq, olis, yiroq (vaqt, yo‘l, shahar). Tinch, sokin, (dengiz, hayot). Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling