Ona tili va bolalar adabiyoti
-mashq. Berilgan gaplardagi neologizmlarni aniqlab, ma’nosini izohlang
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
118-mashq. Berilgan gaplardagi neologizmlarni aniqlab, ma’nosini izohlang.
1. Virtual olamda “yashash” ancha yengil – qiziqarli o‘yinga o‘xshaydi. Vebomen, ya’ni internetdan foydalanuvchi o‘zini ushbu olamga uyg‘un deya his qiladi. (“Tafakkur”jurnalidan) 2. Jahondagi yetakchi pedagog, psixolog va sotsiologlar yoshlarning onlayn o‘yin- larga mukkasidan ketayotgani, kuni bo‘yi, haftalab virtual dunyodan 46 chiqa olmayotganidan tashvishga tushmoqda. (“Tafakkur” jurnalidan) 3. Tadqiqotchi B. Sparrouning so‘zlariga ko‘ra, internet hozirgi paytda transaktiv xotiraning bir ko‘rinishi bo‘lib qoldi. Transaktiv xotira deganda ma’lumotning o‘zini emas, uni izlab topuvchi algoritmni yod- da saqlab qolish tushuniladi. (“Tafakkur”jurnalidan) 4. Xususan, ota- onalar farzandlari internet saytlar, elektron pochtadan foydalanayotgan- da ularni ma’lum darajada nazorat qila olishi kerak. (“Tafakkur” jurnalidan) 5. Menga mobil kompaniyalarning imkoniyati va sharoitlari ma’qul keldi. (“Xalq so‘zi” gazetasidan) 6. Texnologik jarayonlarni takomillashtirish maqsadida 171 ishlab chiqarish subyekti modernizat- siya va diversifikatsiya qilindi. (“Xalq so‘zi” gazetasidan) 6. O‘quv- tarbiya jarayonida innovatsion faoliyatni amalga oshirish bugungi kun- da o‘qituvchi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. (“Pedagogik mahorat” jurnalidan) 7. Lingvistik kompetensiyaning asosini so‘zlar haqidagi bilim tashkil etadi. O‘quvchining so‘z boyligi nutqning aniq- ligi, to‘g‘riligi va ravonligi hamda rang-barangligini ta’minlashga xizmat qiladi. (“Ma’rifat” gazetasidan) 8. Amerikalik bir guruh olimlar talabalarning doimiy ravishda smartfondan foydalanishi ular diqqatini susaytirib, yomon o‘zlashtirishiga hamda qanoatsiz bo‘lib qolishiga olib kelishini isbotlashdi. (“Ma’rifat” gazetasidan) 9. Ularga ingliz, nemis, fransuz tillari rasmlar, o‘yinlar, qo‘shiq va she’rlar, multimediali ilovalar asosida o‘rgatilmoqda. (“Ma’rifat” gazetasidan) 10. Moliya- viy lizing – muayyan muddatga ijaraga beruvchining kapital xarajat- larini to‘liq qoplashga yetarli to‘lovlardan iborat bo‘lib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi. (“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”- dan) 11. Nanotexnologiya atamasini birinchi marta 1974-yilda yapo- niyalik Noryo Taniguti alohida atomlarni manipulatsiya qilish yor- damida yangi obyekt va materiallarni yaratish jarayonini tavsiflash uchun taklif etgan. (Internetdan) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling