Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
117-mashq. Berilgan gaplardan tarixiy va arxaik so‘zlarni topib, ma’nosini 
izohlang. 
1. Ark suv quygandek jimjit. Podsho amaldorlari, a’yonlar oyoq 
uchida yurishar, bir-birlari bilan pichirlashib gaplashardilar. (M. Osim)  
2. Qorong‘uda qandaydir bir hayvon yerda yotib, xirillamoqda edi. 
Tikka oldiga borib, devkor sallohlarday bo‘g‘ziga pichoq tortib yubor-
dim. (G‘. G‘ulom) 3. Alisher Jaloliddin munshiyni chaqirtirib buyurdi: 
– Said Ruhullo devoni oliyga besh ming dinor qaytarishi haqida hujjat 
tayyorlang. (Xondamir) 4. Sharqdan bahor nasimi esib keldi, olamni 
bezamoq uchun firdavs yo‘lini ochdi. (Yusuf Xos Hojib) 5. Jallodlar 
poytaxtga kelib, Huroyimning qo‘lini orqasiga bog‘lab, urib dor tomon 
haydab boribdilar. („Rustamxon“ dostonidan) 6. O‘nlik sanoq tartibi 
bilan katta sonlarni jam va tark qilish, zarb hamda taqsim etish oson. 
(M. Osim) 7. Kanizaklar tangalarni terib olishdi. (X. Sultonov) 8.Yetti 
yoshga to‘lganimda Shahrisabzdagi madrasaga olib borishdi va qo‘lim-
ga so‘zlar jadvalini berishdi. (B. Ahmedov) 9. Uyning ikki chekkasida 
chordana qurib olimlar, muftiylar, yer o‘lchovchi – massohlar o‘tiri-
shibdi. (M. Osim) 10. Nima-nima, nimchorak choy bir miri-ku, sen choy 
ichasanmi, ana, suv ariqda oqib yotibdi. (G‘. G‘ulom) 11. Nasim: “Xon 


45 
mirzaboshisining o‘g‘liman”, – deb havolanmasdi. (A. Qodiriy)
12. So‘ng kampir to‘rt yuz tanga olib mullalar oldiga boribdi va Huro-
yimni yomonlab arznoma yozdiribdi. („Rustamxon“ dostonidan)
13. Amir Alisher Jaloliddin munshiyni chaqirtirib buyurdi: – Said 
Ruhullo devoni oliyga besh ming dinor qaytarishi haqida hujjat 
tayyorlang. (Xondamir) 14. Navkarlar chaqimchini olib kelibdilar 
(„Botir mergan va chaqimchi“ ertagidan) 15.Qaytib o‘sha yerga kel-
ganida omochning tishi yana haligi narsaga urilibdi. (“Halollik” 
ertagidan) 16. Afandi ishonmay, mushugini tortib ko‘rsa, to‘rt qadoq 
chiqibdi. (“Latifalar”dan) 17. Andijonning janubiy qal’asiga tutash 
Xokan baland-past adirlardan iborat. (M. Karim) 18. Shu mamlakat 
podshosi qasr qurmoqchi bo‘libdi. („Kuychi terak“ ertagidan) 19. Sa-
marqandda rasadxona qurdirganlar. (“Buyuk munajjim” matnidan)
20. Farishtalardan biri farzand ko‘rsa, riyoziyotdan, falakiyotdan saboq 
bermoqchi, ajnabiy tillarni o‘rgatmoqchi bo‘libdi. („Til qudrati“ 
rivoyatidan) 21. Oppoq salla, mullayoqa ko‘ylak, ustidan yengil atlas 
to‘n kiygan, oyoqlarida etik. (Oybek) 22. Yigitlar daraxt ustida, tog‘ 
o‘ngirlaridan turib, sopqon otib, dushman bilan jang qilmoqda edilar. 
(Oydin) 23. Sovut kiygan, ot mingan yigitlar bir qo‘llarida yoy, bir qo‘l-
lari bilan o‘q uzardilar. (Oybek) 23. Birinchi saxiyga taassub qilib, u 
bor-budini bir boshdan ulashaveribdi. (M. Xidir) 24. Temurbek yig‘i-
lishlarda ulamolar yonidan joy olishga harakat qilar edi. (B. Ahmedov) 
25. Buxoroning mashhur tabiblariga chopar uzatib olib kelingan dori-
darmonlar unga kor qilmas edi. (M. Osim) 26. Abu Rayhon g‘ulomini 
chaqirtirdi. U xojasining daftarini keltirib berdi. (Nizomi Aruzi Samar-
qandiy) 27. Kecha sharobkashimga bergan sharobingni qaysi tokning 
uzumidan tayyorlagan eding? Menga to‘g‘risini aytib ber, – debdi. 
(“Ziyrak uch yigit” ertagidan) 
28. O‘zbekiston bosh kenti – 
Jonajonim Toshkentim. (Y. Sulaymon) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling