Ona tili va bolalar adabiyoti


Neologizm deganda qanday soʻzlarni tushunasiz?


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
Neologizm deganda qanday soʻzlarni tushunasiz? 
 
120-mashq. Berilgan so‘zlarni sof yangi so‘zlar va faollashgan so‘zlarga 
bo‘lib yozing. 
 
Virtual, kompetensiya, matn, kibermakon, askar, hokim, zobit, 
tuman, viloyat, talaba, haydovchi, mavzu, nanotexnologiya, tadbirkor, 
g‘oya, harorat, vizual, ra-qamli, mafkura, mobil, sayt, manipulatsiya, 


47 
transmilliy, fleshka, zaxira, modul, paynet, multimedia, fuqaro, 
smartfon, ayfon, uyali, innovatsiya, innovatsion, trans-aktiv
menejment, iqtisodiyot, provayder, reja, oqsoqol, sardor, vazir, xolding, 
tashviqot, tashabbus, vebomen, hakam, referi, kotiba, sho‘ro, 
iqtosidiyot, triller, masofaviy, tashxis, ta’mirlamoq, lison, muharrir,
tavsif, bonus, vikipediya, dizayn, imij, ta’til, globallashuv, tahririyat, 
noutbuk, dastur. 
Sinonimlar 
121-mashq. Berilgan so‘zlarni ma’no umumiyligiga ko‘ra sinonimik qator-
larga birlashtirib yozing. Sinonimik qatordagi dominantani aniqlang. Ma’nodosh 
so‘zlarning qo‘shimcha ma’nosidagi farqni ayting. 
Shodlik, bajarmoq, husndor, baxt, oriq, quvonch, xursandlik, farah, 
sovg‘a, tortiq, hadya, gavdali, ado etmoq, surur, tole, go‘zal, ozg‘in, 
ko‘hlik, jussali, chiroyli, bitirmoq, barvasta, zebo, tuhfa, ko‘rkam, 
o‘rinlatmoq, norg‘ul, saodat, iqbol, qomatdor, barno, armug‘on, suluv, 
barzangi, qiltiriq, do‘ndirmoq, latofatli, o‘tamoq, ramaqijon, sohib-
jamol, bajo qilmoq, sevinch, xushro‘y. 

Savollar
1. Sinonim so‘zlar deganda nimani tushunasiz? 
2. Sinonimik qator nima? 
3. Dominanta nima? Dominantaning belgilarini ayting. 
4. Sinonim so‘zlarning oʻxshash va farqli tomonlarini ayting.
 
122-mashq. Berilgan gaplardan sinonimlarni topib, yonma-yon yozing. 
Ularning farqini tushuntiring. Nima uchun berigan misolda aynan shu so‘z 
qo‘llan-ganini tushuntiring. 
I. 1. Yaxshi so‘zlarning umri boqiy bo‘ladi. (O. Husanov) 2. Bugungi 
ishlar, qurilishlar siz – bolalarga abadiy mulk bo‘lib qoladi. (S. Bar-
noyev) 3. Bu yerda ajdodlar mangu uyquga ketganlar. (“Sharafli 
burch” matnidan) 4. Ma’rifat-u obodlik chirog‘ini yoqqan kishi toabad 
o‘lim bilmaydi. (Mirmuhsin) 5. Nigoraga boraman: oyog‘iga tiz cho‘-
kib, umrbod yuragimni sizga bag‘ishladim, deyman. (S. Anorboyev)
II. 1. Kelinlik liboslari muzga aylanib, badanini sovitib yuborgandek 
bo‘ldi.(S. Ahmad) 2. Tor ko‘chaning yuqori burchagida otining tizginini 


48 
ushlagan holda bir yigit kiyimiga o‘tirgan chang-to‘zonlarni qoqar edi. 
(A. Qodiriy) 3. Boburshoh bog‘bonga rahmatlar aytib, bosh-oyoq sarpo 
beribdi. (“Hidi, tilimi va mazasidan” rivoyatidan) 
III. 1. Bir mahal Qosimjon o‘rnidan turib, yuzlarini sovuq suv bilan 
yuvdi, sochlarini yaxshilab taradi, sovg‘a uchun jildining ichki tomo-
nidan she’r yozilgan albomini qo‘liga oldi. (X. To‘xtaboyev) 3. Ona 
zaminimizning insoniyatga bebaho tuhfalaridan biri dasturxon ko‘rki 
hisoblangan bodomdir. (Gazetadan) 4. Dehqonboy, sizning tortig‘i-
ngizni dasturxonga qo‘yay desam, joy ham yo‘q. (N. Safarov) 5. Bu-
gungi xirmon-xirmon paxtalar, meva-chevalar xalqimizning mehnati 
evaziga kelgan cho‘l in’omidir.
6. Boshim ko‘kka yetur o‘quvchim 
Manzur ko‘rsa armug‘onimni. (E. Rahim)
IV. 1. – Bo‘lmasa o‘g‘lingiz meni aldabdi-da, – dedim sir boy 
bermay. (X. To‘x-taboyev) 2. Laylak meni yana laqillatibdi-da, – deb, 
xafa bo‘libdi. („Urto‘qmoq“ ertagidan) 3. Nasim ko‘zini lo‘q qilib, 
firib beradi. (T. Murod) 4. Miyangni ishlat, hiyla bilan dushmanga pand 
ber. (Uyg‘un) 5. Baqqol bu so‘zlarni eshitmaganday avrayverdi: – Men 
sizning foydangizni o‘ylayman. (Oybek) 
V. 1. Abu Rayhon Beruniy so‘zi bilan aytganda, Quyosh va Oy 
falakning ikki ko‘zi bo‘lganidek, Navro‘z bilan Mehrjon ham 
zaminning ikki ko‘zidir. (M. Muro-dov) 2. Butun jonivorlar yer betiga 
o‘rmalayotgan payt, huv ana, osmonda turnalar arg‘imchog‘i tirov-tirov 
qilib uchib ketyapti. (N. Fozilov) 3. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut 
parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. (A. Qahhor) 4. Har 
vaqtdagidan ko‘rkamroq, tiniqroq ko‘ringan to‘lin oy samoning bir 
nuqtasida qotgan kabi. (Oybek) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling