42
qolgan, shuning uchun kitobni ko‘zoynaksiz o‘qiyolmaydi. 20. Nizo-
middinovning
qulog‘i o‘tkir edi. Tevarak-atrofni butun vujudini quloq
qilib eshitar edi.
(N. Safarov)
112-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning zohiriy va ramziy-botiniy ma’no-
larini tushuntiring. So‘zlarning ramziy-botiniy ma’nolari asosida she’riy misralar-
ning ma’nosini izohlang. Buning uchun Alibek Rustamovning “So‘z
xususida
so‘z” (Toshkent, “Yosh gvardiya” 1987, 39 – 49- betlar) va R. Vohidov, H. Ne’-
matov, M. Mahmudovning “So‘z bag‘ridagi ma’rifat” (Toshkent, “Yozuvchi”,
2001) kitobidan foydalaning.
Zohid, sanga hur, manga
jonona kerak,
Jannat sanga bo‘lsun, manga
mayxona kerak.
Mayxona aro
soqiy-u paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak.
(Alisher Navoiy)
Yorsiz ham
bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?
Ibrohimdan qolgan ul eski do‘konni na qilay?
(Mashrab)
Jannatda ham hur-u ham may bo‘larmish,
Hammasi mo‘l-ko‘l-u mo‘may bo‘larmish.
Biz
may-u ma’shuqni sevsak arziydi,
Chunki oqibat ham shunday bo‘larmish.
(Umar Xayyom)
113-mashq. She’rni o‘qing. She’rdagi
tulki, bo‘ri, sher so‘zlarining qanday
ma’no ifodalayotganini tushuntiring.
Tulki falsafasi
– Ustoz, – dedi bir kun tulki tulkiga,
Nechun biz nishonmiz doim kulkiga?
O‘rmonda bo‘ri ham, hatto janob sher,
Bir-birin turtishib: Tulkisan-a, der!
Boshqalar ustidan kulmaslar nechun,
Bu hol qorong‘udir biz yoshlar uchun.
– Uka, –
dedi shunda tulkiga tulki,
Bunday hodisaning sababi shulki,
Kasbini eplolmay qolsa aksari,
Tulkilik qiladi hayvonlar bari.
Ko‘pincha
ilojsiz qolgan fursatda
Tulkilik qiladi sher ham, albatta!
Lekin bizning ishni
eplolmas ular,
43
Shu sabab o‘rmonda masxara bo‘lar.
Sen-chi, bunday holdan aslo o‘kinma,
Boshqalar singari chetga bekinma.
Tulkisan, bunday chog‘ tulkilik qilgin,
Tulki deb kulsalar, qo‘shilib kulgin
...(A. Oripov)
Do'stlaringiz bilan baham: