Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

131-mashq. She’riy va nasriy parchalarni o‘qing. Asl va kontekstual anto-
nimlarni aniqlab, javobingizni asoslab bering. 
Bu yerga o‘g‘ri ham, to‘g‘ri ham kelar, 
Poklanish har kimning muddaosidir. 
Gunoh-u savobni har banda bilar, 
Elning u shohidir yo gadosidir. (A. Oripov) 
 
Shaytonning hunari chindan rang-barang, 
Sallani paytava qilib o‘ratgay. 
Agar sidqidildan ko‘rsatsa nayrang 
Nodonni shoh qilib, yurtni so‘ratgay. (A. Oripov) 
Ming yillarkim bulbul kalomi 
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha. 
Ammo sho‘rlik to‘tining holi 
O‘zgalarga taqlid hamisha. (A. Oripov). 
Deydilar, qaygadir o‘t ketsa albat
Chumchuq xas tashirmish, qaldirg‘och-chi, suv. 
Balki bu chumchuqning sha’niga tuhmat, 
Yong‘in nimaligin, balki, bilmas u… 
Sen dunyo holiga nazar sol birpas, 
Nazar sol ko‘zlardan oqqan yoshlarga. 
Dunyoda kulbalar yonar har nafas
U doim muhtojdir qaldirg‘ochlarga. (A. Oripov). 
Saroyning to‘rida boshqalarga qaraganda ko‘rkamroq bir hujra, 
anovi hujralarda kiyiz to‘shalgani holda, bu hujralarda qip-qizil gilam, 
u yerlarda bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan bo‘lsa, munda ipak va adras ko‘rpa-
lar, narigilarda qora charog‘ sasig‘anda, bu hujrada sham yonadir, o‘zga 
hujralarda yengil tabiatlik, serchaqchaq kishilar bo‘lg‘anida bu huj-
raning egasi ham boshqacha yaratilishda. (A. Qodiriy) 
 
132-mashq. So‘z birikmalaridagi ostiga chizilgan so‘zlarni qarama-qarshi 
ma’noli so‘zlar bilan almashtirib yozing. 


54 
Og‘ir yuk, og‘ir masala, to‘g‘ri tayoq, to‘g‘ri javob, sodda odam, 
sodda qurilma, soatni buzmoq, uyni buzmoq, butun qop, butun kosa, 
bo‘sh chelak, bo‘sh vaqt, dag‘al jun, dag‘al kishi, arqonni yechmoq
ko‘ylakni yechmoq, jonli arqon, jonli baliq, odamlarni yig‘moq, pul 
yig‘moq, sekin yurmoq, sekin gapirmoq, qo‘pol etik, qo‘pol odam, 
tomga chiqmoq, suv betiga chiqmoq.
Nima uchun ayni bir so‘zga turlicha qarama-qarshi ma`noli so‘zlarni yozgani-
ngizni izohlab bering? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling