59
Savollar:
1. O‘zbek tilida mevali daraxtlar va ularning mevasi qanday nomlanadi?
Daraxt va mevalar nomi ko‘p ma’noli so‘zmi yoki shakldoshmi?
2. Tilimizda qaysi mevaning daraxti boshqa so‘z bilan ataladi?
143-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosidagi farqni tushuntiring.
1. Tong otmay,
tovuqlar qo‘ndoqlaridan tushmay, yana ishga tushar
edi.
(M. Ismoiliy) Kurk
tovuqqa o‘n bitta tuxum qo‘ydik.
Yigirma
birinchi kuni birin-ketin to‘qqizta jo‘ja ochib chiqdi. 2.
Yaylovda
yoyilib yurgan
qo‘y, sigir podalari, uyur-uyur yilqilar qiyosh nurlarida
dalaning kuchiga kuch qo‘shadi.
(N. Fozilov) Shundagina u eshakning
panasida turgan
qo‘yga ko‘zi tushdi. Qo‘zichoq esa onasining bag‘riga
suqilib, miriqib emmoqda edi.
(S. Anorboyev) Semiz
qo‘yning umri
qisqa.
(Maqol) 3. Jun matolar esa qo‘y-qo‘zi,
echki, tuya
kabi hayvon-
larning junidan olingan iplardan tayyorlanadi.
(“Kiyim nimadan tiki-
ladi?” matnidan) Echkilarga hamma hayron: nega Orifning
echkisi bir
tug‘ganda ikkita tug‘ar ekan-u, kolxozning
echkilari nuqul bittadan
tug‘ar ekan?
(A. Qahhor)
Qaysi gapdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z jins ma’nosini, qaysi gapdagi so‘z tur
ma’nosini ifodalagan?
Do'stlaringiz bilan baham: