11. Orttirma nisbat qo‘shimchasi -dir haqida bildirilgan qaysi hukm xato?
A) jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga doimo –tir tarzida qo‘shiladi B)
jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga doimo -dir tarzida qo‘shiladi C)
kesimlik qo‘shimchasi va gumon olmoshini hosil qiluvchi –dir qo‘shimchalari
bilan omonim hisoblanadi D) orttirma nisbat qo‘shimchasi, shakl yasovchi
qo‘shimcha hisoblanadi
12. Uni ancha erkalatib qo‘ygan edilar. Ushbu gapdagi erkalatib fe’li qaysi
nisbat shaklida?
A) o‘zlik nisbat B) birgalik nisbat C) aniq nisbat D) orttirma nisbat.
13. Shaxs-son shakllarining xususiyatlari noto‘g‘ri berilgan javobni
ko‘rsating.
A) fe’lni kesim sifatida shakllantiradi B) fe’lni ega bilan bog‘lab keladi C) zamon
qo‘shimchalarini qabul qilmaydi
D) fe’l ifodalagan ish-harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi
14. Fe’lga xos so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni toping.
A) fe’l yasovchi qo‘shimchalar B) zamon qo‘shimchalari
C) nisbat qo‘shimchalari D) shaxs-son qo‘shimchalari.
15. Quyidagi omonim so‘zlardan qaysi biri shaxs-son qo‘shimchalarini qabul
qilishi mumkin?
A) o‘t (o‘t-o‘lan) B) o‘t (olov) C) o‘t (fe’l) D) A va B
16. O‘tgan zamon davom fe’li qaysi qatorda qo‘llangan?
44
A) Gimnastika badan g‘uborini tozalaydi. B) Bu shovqin-suron hech nimani
isbotlamadi. C) Uchrashuv do‘stona va samimiy sharoitda o‘tdi. D) Cho‘lning
taqir betida bir parcha qor ko‘rinmas edi.
17. Hozir qorong‘ida qayoqqa bordig-u, nimayam qildik. Ushbu gapda qaysi
zamon ma’nosi ifodalangan?
A) hozirgi zamon B) kelasi zamon C) o‘tgan zamon D) hozirgi-kelasi zamon
Do'stlaringiz bilan baham: |