Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika


Download 0.61 Mb.
bet30/31
Sana25.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1231340
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)

Oyoq qo‘ymoq iborasi qanday ma’no anglatadi?
A) ishga yakun yasamoq B) ishga kirishmoq
C) ishni uddalamoq D) ishga bormoq

157. Qaysi ibora shaklan so`z birikmasiga teng keladi ?


A) boshini silamoq B) qo`li ochiq
C) ko`ngli oq D) bag`ri tosh

158. Quyidagi qaysi ibora omonimlik xususiyatiga ega?


A) ko`z yummoq
B) yaxshi kormoq
C) qulog`iga quymoq
D) yog` tushsa, yalagudek

159. Eshitdinglarmi, domla imtihonda ko’zoynakni


yiqitibdi. Ushbu gapda qanday ma’no ko’chishi
kuzatilgan?
A) metafora B) sinekdoxa
C) metonomiya D) vazifadoshlik

160. Berilgan javoblarning qaysi birida argo


berilmagan?
A) danap B) chiptasiz yo’lovchi
C) yakan D) barchasi argo sanaladi

161. 1. to’lat (fe’l) – to’lat (fe’l) 2. kechik (ot) - kechik (fe’l)


3. oqish (sifat) - oqish (fe’l)
4. yasama (sifat) - yasama (fe’l)
Ushbu shakldosh so’zlarning qaysilarida asoslar
ham shakldosh so’zlar sanaladi?
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3
C) 2,3 D) 2,3,4

162. Ma’nodosh so’zlar to’g’ri berilgan qatorni toping.


A) bahs, munozara, tortishuv, taqchil
B) tanqis, kamchil, tortiq
C) armug’on, tuhfa, hadya
D) barcha javoblar to’g’ri

163. O’lchov – hajmni bildirgan zid ma’noli


so’zlar qaysi javobda berilgan?
A) ilgari – hozir B) tonggi- tungi
C) ozg’in-semiz D) avval-keyin

164. Ot hamda fe’l so’z turkumi doirasida


kuzatiladigan paronim so’zlar qaysi javobda berilgan?
A) xalos- xolos B) paxta- puxta
C) barmoq-bormoq D) ahl-ahil

165. Nasrulla aka, siz Husanboydan “O’zbekiston va dabiyoti va san’ati”ni so’rasangiz, u “Darakchi”ni


olib kelibdi.
Ushbu gapda qo’llangan ma’no ko’chishini belgilang.
A) metafora B) metonomiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

166. Oqqo’rg’on, Qudash, Namangan, Farg’ona


kabi so’zlar...?
A) toponimlar B) gidronimlar
C) zoonimlar D) antroponimlar

167. Nima qilay, aylanay? Meni u eshikka qadam bostirishmaydi. (“Kecha va kunduz”) Ushbu gapda ko’rsatilgan ma’no ko’chishning turini aniqlang.


A) vazifadoshlik B) sinekdoxa
C) metonimiya D) metafora

168. Ey, tog’lari ko’klarga salom bergan zo’r o’lka, Nega sening boshing uzra quyuq bulut ko’lanka? Ujmohlarning kavsardek pokiza, Sadaflarning donasidek top-toza. Cho’lponning “Buzilgan o’lkaga” she’rida qo’llangan ujmoq so’zining sinonimi qaysi qatorda berilgan?


A) jannat B) vatan C) tog’ D) buloq

169. Nuqtalar o’rniga quyidagi maqollardan qaysi birini qo’yish mumkin? U sofdilligi, ko’ngilchanligi tufayli beixtiyor bu nokasga barini aytdi. Shunga aytadilarda… deb.


1.Rostga zavol yo’q 2.Dilda bo’lsa, tilga kelar 3.Dili pokning ishi pok 4.Dili bo’shning tili bo’sh 5.Betga aytganning zahri yo’q 6.O’zi to’g’rining so’zi to’g’ri.
A) 6 B) 4,6 C) 2,3,5,6 D) 1,2,34,6

170. Tepmoq so’zining qaysi gapdagi ma’nosi ko’chma ma’no hisoblanadi?


A) Ona bolalsining yuziga tepib chiqqan iztirobini yaqqol ko’rib turardi.
B) Bu miltiq qattiq tepar ekan
C) Murod eshikni tepib ochib, jahl bilan chiqib ketdi
D) Loyni pishitish uchun uni obdon tepish kerak

171. Quyidagi qaysi tasviriy vositalar omonimlik xususiyatiga ega emas?


A dala malikasi
B) samo lochini
C) qora oltin
D) aql gimnastikasi

172. Qaysi omonim so’zlarga grammatik ko’rsatkichlar qo’shilganda omonim munosabat saqlanadi?


1.suz 2.ko’ch 3.ter 4.rasm 5.son
A) 2,4,5
B) 1,2,3
C) 2,3,4
D) 1,4,5
E) 1,2,3,4,5

173. Esini taniganidan boshlab onasi bilan kechirilgan zamonlar ma’sud, lekin qaytarilmas tush kabi Yo’lchining ko’z oldidan bir-bir o’tadi. Ushbu gapda qo’llangan ma’sud so’zning sinonimini toping.


A) sirli
B) saodatli
C) ma’suliyat
D) qiyin

174. O’zaro sinonim bo’lgan quyidagi so’zlardan qaysi biri tanbeh so’zi bilan sinonim bo’la oladi?


A) un
B) sado
C) sazo
D) Berilgan so’zlarning hech biri tanbeh so’zi bilan sinonimlik qator hosil qilmaydi

175. Sinekdoxa asosida ma’no ko’chishi qaysi qatorda berilgan?


A) Kechgacha tuz totmadi
B) Jussasi ushoqqina bu odam kishiga tik boqar
ekan
C) O’pkasini rentegin apparatida tekshirish
kerak edi
D) Dasturhonga qarang, mehmon

176. Quyidagi frazelogik birikmalardan qaysi biri so’z birikmasi (erkin birikma) tarzida qo’llana olmaydi?


A) ko’z ochirmoq B) og’iz ochilmoq
C) xurrak otmoq D) izdan chiqmoq

177. Quyidagi birikuvlarning qaysi biri ko’chma va o’z ma’nosida qo’llanishi mumkin?


A) oq ko’ngil B) oq bilak
C) oq yo’l D) oq sut

178. Quyidagi so’zlarning qaysi biri qo’shilib yoziladi?


A) tosh / bosma B) haq / taolo
C) haq / talab D) nim / qulgi

179. Bir so’z tukumi doirasida omonim munosabat bo’luvchi so’zlarni toping.


1.suz 2.ko’ch 3.ter 4.rasm 5.son
A) 4,5 B) 1,4,5 C) 1,2 D) 1,2,3

180. Ham sinonimi, ham antonimi, ham omonimi, ham paronimi mavjud so’zni aniqlang.


A) qayt B) yot C) urush D) sirt

181. Tilimizda tayyor, tarkibini doimiy saqlagan holda mavjud bo’lgan birliklar nima deyiladi.


A) Frazeologizm B) maqol va matal
C) aforizm D) barqaror birikmalar

182. Qaysi qatorda “xursand bo‘lmoq” so‘ziga ma’nosi zid bo‘lgan ibora berilgan?


A) tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq
B) arpasini xom o‘rmoq
C) qo‘yi mingga yetmoq
D) dili pora bo‘lmoq

183. Qaysi qatorda istorizmlar to‘g‘ri keltirilgan?


A) qozi, oblast, hokim, pioner
B) ochun, rayon, chechak, dubulg‘a
C) komsomol, oktabryat, kommunist
D) yog‘iy, tanob, mirshab, podshoh

184. Faqat ma’lum sotsial guruh hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo`llaniluvchi so`zlar tilshunoslikda qanday nom bilan yuritiladi?


A) argo
B) shevaga xos so‘zlar
C) qo`llanish doirasi chegaralangan so`zlar
D) dialektizmlar

185. Shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qaysi so`zlardan unumli foydalanish so`zlovchining maqsadini aniq, ravon va ta’sirchan ifodalashda, takrorni oldini olishda katta ahamiyatga ega?


A) ma`nodoshlar B) shakldoshlar
C) zid ma’noli D) ko`p ma’noli

186. Quydagi gaplarda ajratib ko’rsatilgan so’zlardan qaysi biri metonimik ma’no ifodalamaydi?


A) Qishloq markazida samovor ochildi.
B) Iltimos, oyog’ingizni yechib kiring!
C) Bunday paytda so’zlarning eng chiroylisini tanlab ayting.
D) Qabr ustida butun Hirot yig’ladi.







Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling