Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika


LEKSIKOLOGIYA. FRAZEOLOGIYA. LEKSIKOGRAFIYA


Download 0.61 Mb.
bet26/31
Sana25.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1231340
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)

LEKSIKOLOGIYA. FRAZEOLOGIYA. LEKSIKOGRAFIYA.
(umumiy)
1. Terma shakldosh so‘zi gapda qaysi so‘z turkumi vazifasida qo‘llanishi mumkin?
A) faqat fe’l B) ot, fe’l
C) sifat, fe’l D) sifat, fe’l, ot

2. Hoy, otginang nima edi, qulunim, sho‘rvang sovib qoldi? (O. Yoqubov)


Ushbu gapda bolani erkalatish uchun qo‘llanilgan
qulun so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) ohuning bolasi B) tuyaning bolasi
C) otning bolasi D) sigirning bolasi

3. Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar.


Tagiga chizilgan so‘zning ma’nosi to‘g‘ri
izohlangan javobni toping.
A) tugallangan B) mantiqli
C) qisqa D) foydali

4. Quyidagi so‘zlardan qaysilarining paronim jufti yo‘q?


A) urush, adib, azim
B) ahil, dars, adl
C) avlod, dahriy, lanj
D) burch, o‘qish, nufuz

5. Quyidagi hodisalarning qaysilari faqat bir so’z turkumi doirasidagina kuzatiladi?


1. Polisemiya 2.Shakldoshlik
3.Ma’nodoshlik 4.Zid ma’nolilik
A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) barchasi birdan ortiq so’z turkumi doirasida kuzatilishi mumkin.
6. 1. O‘t ishi - qovurmoq. 2. Bitta ham
yovvoyi o‘t qolmasin. 3. Ko‘chadan
o‘tsang, to‘g‘ri o‘t. 4. Qalbida ishq o‘ti
alangalandi.
Ushbu gaplarning qaysilarida o‘t so‘zi bir
so‘zning ko‘p ma’nolari hisoblanadi?
A) birinchi va ikkinchi gaplarda
B) ikkinchi va uchinchi gaplarda
C) birinchi va to‘rtinchi gaplarda
D) barcha gaplarda

7. Qaysi gap tarkibida ikkita ibora qo‘llangan?


A) Ikki g‘arib bir yoqadan bosh chiqargan edik.
B) Pilla xususida tili qisiqlik joyim yo‘q.
C) Qizga o‘zbek qishlog‘ining oq ko‘ngil va
bag‘ri keng odamlari juda yoqdi.
D) O‘g‘lidan ko‘ngli to‘q bo‘lgach, yana
nimanidir qidirmoqqa, tevaragiga alanglab
qaramoqqa boshladi.

8. 1. Po‘lat qilichingni ko‘rganman o‘tda.


2. Xalqlar birligi po‘latday qudratlidir.
3. Bizning po‘lat qudratimiz
birligimizdadir.
4. Po‘lat otni o‘ynatib, traktorchi
bo‘laman.
Berilgan gaplarning qaysi birida po‘lat so‘zi
ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 3, 4

9. Qaysi qatorda paronimlar berilgan?


A) obro‘-obro‘y B) kabutar-kaptar
C) a’yon-ayon D) a’zo-azo

10. Tilshunoslikning atash ma’nolarini o‘rganuvchi


bo‘limi qanday nomlanadi?
A) morfologiya B) sintaksis
C) leksikologiya D) lug‘atshunoslik

11. ”Ajralmoq” fe’lining asl (bosh) ma’nosi qaysi


misolda berilgan?
A) Odatda, buloqlar o‘zlarining qaysi tog‘
jinslaridan chiqishiga qarab, bir necha
turlarga ajraladi.
B) Bu hammadan ajralib chiqqan shaxs -
samarqandlik To‘g‘onbek edi.
C) Vaqt o‘tishi bilan kesilgan daraxtlarning
po‘stlog‘i tanasidan ajraladi.
D) Elga qo‘shilsang - er bo‘lasan, eldan
ajralsang - yer bo‘lasan.

12. Bo‘lmoq so‘zi aysi gapda lug‘aviy ma’noga ega emas?


A) Bugun bir qiziq voqea bo‘ldi.
B) Men hozirda shu litsey o‘quvchisi bo‘laman.
C) Samarqandda bir necha marta bo‘lganman.
D) Hozir unga qo‘ng‘iroq qilsam bo‘larmikin?

13. Sarvixon daromadning buromadini eshitib


gangib qoldi gapidagi buromad so‘zining
lug‘aviy m’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) hajm, miqdor
B) chiqim, sarf
C) natija, nihoya
D) bu so‘z o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan

14. Qaysi javobda faqat shakldosh so‘zlar qayd


etilgan?
A) savdo, rux, pilla B) oqibat, rasta, savat
C) soch, baho, sayoz D) sado, palata, rasta

15. Ortmoq so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda


qo‘llangan?
A) Mehnatdan do‘st ortar, g‘iybatdan dushman.
B) Toza suvga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda.
C) Qalay, novvoylikdan bir nima ortdimi?
D) Xarajatdan ancha pul ortib qoldi.

16. Oqlamoq so‘zining asl (bosh) ma’nosi qaysi


javobda ko‘rsatilgan?
A) sholi oqlamoq, mastavani oqlamoq
B) daraxtlarni oqlamoq, devorni oqlamoq
C) ishonchni oqlamoq, choyni oqlamoq
D) do‘stni oqlamoq, ona sutini oqlamoq

17. Bir turkum doirasidagi shakldosh so‘zlar qaysi


javobda keltirilgan?
A) yoz, palla, rasta B) palata, soch, nor
C) oq, savdo, oqibat D) savag‘ich, sandal, palla

18. Musofirman, g‘aribman, bekasu ham


benavodurman,
Vujudim dardga to‘ldi, emdi darmonimni
sog‘indim.
Uvaysiy qalamiga mansub ushbu baytdagi
benavo so‘zining ma’nodoshi qaysi javobda
berilgan?
A) kuysiz, qo‘shiqsiz
B) ilhom parisidan yiroqda
C) baxtsiz, sho‘rpeshona
D) kambag‘al, faqir

19. Sarafroz so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri


berilgan?
A) mag‘rur, yuksak B) saodatli, baxtli
C) siqiqlik, bukuklik D) erkin, quvnoq

20. Ot, sifat, fe’l so‘z turkumi vazifasida qo‘llanishi


mumkin bo‘lgan shakldosh so‘zni toping.
A) terma B) to‘r C) qaynatma D) soch

21. 1. Tilak bilan bitmagan bilim bilan bitar.


2. Omad kelsa, daraxtda ham non bitar.
3. Abdulla xatni chiroyli bitardi.
Ushbu gaplarda qo‘llangan bitmoq so‘zlari ma’no
munosabatiga ko‘ra o‘zaro qanday so‘z?
A) shakldosh so‘z
B) ma’nodosh so‘z
C) ko‘p ma’noli so‘z
D) so‘zning turli ma’nolarda qo‘llanishi

22. Shuur so‘zining ma’nosi to‘g‘ri izohlangan


javobni toping.
A) faxr B) shuhrat C) idrok D) g‘urur

23. So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa,


belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi
ularning qanday ma’nolari hisoblanadi?
A) lug‘aviy ma’nolari
B) grammatik ma’nolari
C) morfologik ma’nolari
D) so‘zlarning ko‘chma ma’nolari

24. Bahr so‘zi qaysi gapda tug‘yon, to‘fon so‘zlariga ma’nodosh bo‘lib kelgan?


A) Terdi san’at bahrining qimmatbaho
injusidan.
B) Buloqlarda qaynadi g‘azabning bahri.
C) Yigitlar taltayar qizlar bahrida.
D) Bir yoningda Sevanday bahr,
Misoli bulutlar ichida qamar.

25. Bedav boylovda semirar,


Qo‘y-qo‘zi yaylovda. (Maqol)
Ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi javobda to‘g‘ri
izohlangan?
A) yuvosh B) o‘ynoqi C) oriq D) yovvoyi

26. Sen chindan ham go‘zalsan,


Huzuringga keldim bot. (A.Oripov)
Ajratib ko‘rsatilgan so‘z qanday ma’noni
anglatadi?
A) tez B) yana C) umrbod D) kech

27. 1. Xufton namozidan so‘ng poychiroq yonida


o‘tirib, Fuzuliy devonini varaqlar edi.
2. Ikkisi birga devonga kirdilar.
3. Devonda yonboshlab yotgan Abbosxon
Saidiyning hurmatiga g‘imirlab qo‘ydi.
Berilgan gaplarda qo‘llangan devon so‘zi
haqidagi to‘g‘ri fikrni belgilang.
A) Uchala gapda bir so‘zning turli ma’nolari
qo‘llangan.
B) Uchala gapda shakldosh so‘zlar qo‘llangan.
C) Birinchi va ikkinchi gapdagi devon so‘zi
uchinchi gapdagi devon so‘ziga nisbatan
shakldosh
D) Ikkinchi va uchinchi gapdagi devon so‘zi
birinchi gapdagi devon so‘ziga nisbatan
shakldosh

28. Sel so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda


qo‘llanmagan?
A) Har qanday go‘sht tuzlanganda, seli chiqib
ketadi.
B) Quyoshning seliga miriqib cho‘milgan
yam-yashil dala barq uradi.
C) Elmurod shunday o‘ylar selida g‘arq bo‘lib,
uyqusi qochdi.
D) Barcha gaplarda sel so‘zi ko‘chma ma’noda
qo‘llangan.

29. Yumshoq non, yumshoq ovoz, yumshoq


gapirmoq birikuvlaridagi yumshoq so‘zi qaysi
qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) bir so‘zning turli ma’nolari
B) bir xil shakldagi uchta so‘z
C) bir xil ma’nodagi uchta so‘z
D) o‘zaro paronim so‘zlar

30. Tush ko‘rmoq, tush payti, pastga tush


birikuvlaridagi tush so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri
izohlangan?
A) bir so‘zning turli ma’nolari
B) bir xil shakldagi uchta so‘z
C) bir xil ma’nodagi uchta so‘z
D) o‘zaro paronim so‘zlar

31. Kasbiy atamalar berilgan qatorni toping.


A) qo‘shish, kvadrat, ot, fe’l
B) andava, sog‘moq, yigirmoq
C) hikoya, qissa, roman
D) milod, kalendar, kurtak

32. Shakldosh so‘zlarni aniqlang.


1. hadis 2. davr 3. havo 4. bosim 5. vij - vij
6. davlat
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5, 6
C) 2, 3, 4, 6 D) barchasi shakldosh so‘zlar

33. Tuyg‘un so‘zining ma’nodoshi qaysi javobda


to‘g‘ri berilgan?
A) masrur B) sezgir C) aniq D) mos

34. Chapdast so‘zining ma’nodoshi qaysi javobda


to‘g‘ri berilgan?
A) chaqqon B) chapaqay
C) chapani D) chaparosta

35. Tamaddun so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?


A) poydevor B) boshlovchi
C) kashfiyot D) madaniyat

36. Kumush ham ariq yoqasiga kelib to‘xtagan



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling