Fonetikaga doir mashqlar (umumiy)
1. Ochiq bo`g`inlarning tagiga chizing.
Hay-vo-not, me-xa-ni-zat-si-ya, dar-vo-za-bon, meh-ri-bon, sa-xo-vat-li
2. So`zlar urg`usini qo`ying.
Broker, tender, mashina, kolleksiya, Samarqand, kollej, aytmasinmi, sohibqiron, kimdir, leksika, leksikologiya, makulatura, ta`mir, pansionat, razvedka, radio
3. Tutuq belgisi unlini undoshdan ajratish vazifasini bajargan so`zlarning tagiga chizing.
San`at,va`da, ma`vo, qat`iy, in`om, , ma`no, a`lo, sur`at, a`zo, mas`uliyat, jur`at
4. Gapdagi undoshlarni tasniflang.
Tog` balandligi sovuq bo‘lgani uchun bu yerda ishlovchilar harorat pasayishi bilan o`z ishlarini to`xtatishar edi.
Gapdagi lab undoshlari nechta, qaysilar?-b, v, b, b,v, p, b (7)
Gapda nechta til oldi undoshlari qatnashgan?-t, l, n, d, l,s, l, n, ch, r, d, sh, ch, l, r, r, r, t, s, sh, l, n, z, sh, l, r, n, t, t, t, sh, r, d (33)
Gapda til o`rta undoshi necha marta qatnashgan?-y,y (2)
Gapda til orqa undoshlari necha marta qatnashgan?-g, g(2)
Chuqur til orqa undoshlari nechta?- g’, q, x (3)
Bo`giz tovushi nechta?-h (1)
Yopiq bo`g`in nechta?-15 ta
5. Gaplardagi fonetik o`zgarishga uchragan so`zlarni aniqlang va fonetik o`zgarishning turini toping.
* So`zni payvand etavering har bir yurakka, toki u bitta dard bilan o`sa olsin falakka.
___________________________________________________________________________________
*Sening tug`ilib o`sgan shahringdan ayrilib yashashingga ko`zim yetmasdi, buni hammadan ham men yaxshi bilardim._______________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________
*Ayrim paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman; meni o`tloqlarda dumalatgan, chang ko`chalarda o`ynatgan damlarni aslo
unutmayman._______________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |