Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika
Download 0.61 Mb.
|
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)
ONA TILIDAN MAVZUIY TESTLAR TO‘PLAMI I FONETIKA LEKSIKOLOGIYA TOVUSHLAR TASNIFI 1. Qaysi so’zlar faqat jarangli undoshlar va yopiq bo‘g‘inlardan iborat? 1.ko’ylak; 2.maydon; 3.jadval; 4.va’zxon; 5.qo’llar; 6.vijdon; 7.sog’lom; 8.doimiy; 9.darslik; 10.osmon; 11. sazovor; 12. vazifa; 13. arzon. A) 2,3,6,13 B) 2,3,4,5,8,10 C) 1,2,4,5,8,9,11 D) 1,4,5,7,9, 12 2. Qaysi qatordagi so’zlarda sirg’aluvchi j tovushi berilgan? A) janob, Jamshid, Jomiy B) jar, ajin, adar C) G’ijduvon, gijda, mujda D) jajji, jazo, javob 3. Hozirgi o’zbek tilida jarangsiz juftiga ega jarangli undoshlar soni nechta? A) 7 B) 8 C) 6 D) 9 4. Yam-yashil so’zida nechta unli va nechta undosh tovush bor? A) 3ta unli, 3ta undosh B) 5 ta unli, 5 ta undosh C) 3 ta unli, 5 ta undosh D) 4 ta unli, 4 ta undosh 5. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangsiz undoshlar bor? A) ziynat, ko’hlik, libos B) ko’makdosh, inson, ko’rgazma C) gilos, rayho, gulkaram D) soat, qo’shiq, ko’cha 6. Unli va jarangli undoshlardan hosil bo’lgan so’zlar qatorini toping. A) mashq, kitob, so’z B) paxta, xalq, choynak C) maydon, dor, gul D) maktab, sabab, maqol 7. O’zbek tilidagi qaysi tovush arab, fors tili ta’sirida paydo bo’lgan? A) s B) ng C) d D) f 8. Qaysi qatorda nutq tovushlariga noto’g’ri izoh berilgan? A) Nutq tovushlari unli va undosh tovushlarga bo’linadi B) Unli tovushlar faqat ovozdan iborat C) Unli tovushlar bo’g’izdagi un paychalarining havo oqimi ta’sirida tebranishidan yuzaga keladi. D) unli tovushlarni talaffuz qilganda, havo oqimi og’iz bo’shlig’ida qisman to’siqqa uchrab o’tadi 9. b,p,m tovushlarning hosil bo’lish o’rni qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) lab-tish undoshlari B) til oldi undoshlari C) lab-lab undoshlar D) sayoz til orqa 10. Faqat sirg’aluvchi undoshlardan iborat qatorni toping. A) f,s,k B) v,z,n C) dj,sh,x D) h,f,g’ 11. Tarkibida unli tovushlar bilan faqat jarangsiz undoshlar ishtirok etgan so’zlar qatorini toping. A) bayon, vazmin, go’zal B) bigiz, kuchuk, joziba C) ko’chat, hiqichoq, sath D) alifbe, andisha, dahshat 12. Tarkibida undosh tovushlardan faqat sonorlar (ovozdorlar) ishtirok etgan so’zlar qatorini ko’rsating. A) mehr, keng, sen B) yomg’ir, makon, nodon C) misol, moviy, dengiz D) ro’mol, nom, lola. 13. Faqat bir bo’g’ini bir tovushdan iborat bo’lgan ko’p bo’g’inli so’zlar qatorini aniqlang. A) baraka, daraja, ma’naviyat B) musaffo, tomoshabin, shartnoma C) muomala, ijodiy, mudofaa D) bepoyon, donishmand, shahzoda 14. Birinchi bo’g’ini ikki tovushdan, keyingi bo’g’ini esa uch tovushdan iborat bo’lgan so’zlar qatorini aniqlang. A) yelkan, yodgor, yaylov B) pilla, faryod, panja C) arslon, gazmol, artist D) quyosh, yovuz, yashin 15. Jarangli b undoshi qaysi qatordagi so’zlar tarkibida jarangsiz p tarzida talaffuz qilinadi? A) abjir, abgor, abzas B) do’mboq, bog’bon, barbod C) dabdaba, gumbaz, gerbariy D) girdob, azob, javob 16. Qaysi tovush til oldi undoshi hisoblanadi? A) b B) v C) g D) z 17. 1.tila; 2.yo’la; 3.sila; 4.elar; 5.nola; 6.medali. Ushbu so’zlarning qay birida l undoshi ikkilantirilsa, yangi so’z hosil bo’ladi? A) 1,4,6 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,4,5,6 D) 1,2,3,4,5 18. Qaysi so’zlarda jarangsiz undoshlar ishtirok etmagan? 1.bulbul; 2.maydon; 3.sila; 4.va’zxon; 5.qo’llar; 6.vijdon; 7.sog’lom; 8.doimiy; 9.darslik; 10.manba A) 1,4,5,7,9 B) 1,2,4,5,8,9 C) 1,2,,6,8,10 D) 2,3,6,8 19. Tilning old qismida hosil bo’ladigan undosh tovushlarni belgilang. A) ch,k B) r,l C) b,p D) v,f 20. Quyidagi qatorlarning qaysi birida sh tovushining jaranglisi qo’llangan so’zlar qayd etilgan? A) kajava, ajrim; B) jola, janr; C) jir, ajdod; D) jabr, gajak; 21. Quyidagi qatorlarning qaysi birida ch tovushining jaranglisi qo’llangan so’zlar qayd etilgan? A) janr, ajdar; B) ajdod, jola: C) ajrim, kajava; D) jemper, jurnal; 22. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari lab tovushlardan iborat? A) papka, shapka, popuk B) vzvod, vojib, vrach C) baraka, badbo’y, vafo D) bevafo, bomba, popop 23. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari til oldi tovushlaridan iborat? A) diyda, joynamoz, latofat B) dilozor, jondor, larza C) jirttaki, laparchi, lahza D) latta, nojins, jodugar 24.Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari faqat sonorlardan iborat? A) mosh, mos, makon B) jang, mo’g’il, nov C) malol, marom, marmar D) shag’al, nog’ora, mog’or 25. Tovushlarni talaffuz qilganimizda un paychalari tarang tortilgan bo’lmasa, qanday tovushlar hosil bo’ladi? A) unli tovushlar B) jarangsiz undoshlar C) jarangli undoshlar D) undosh tovushlar 26. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari faqat til orqa undoshlaridan iborat? A) kukun, katak, grek B) egik, go’ng, kakao C) kakku, kek, keyin D) ko’k, gala, geolog 27. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari burun sonorlaridan iborat? A) namayon, nenes, nomus B) paxta, mo’may, mo’min C) mung, no’noq, mamont D) namuna, mangu, manman 28. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari faqat til oldi jarangsizlardan iborat? A) sas, sitam, tatar B) sasi, soat, tutuq C) soz, sust, tussiz D) soat, sutchi, tutash 29. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari jarangli lab tovushlaridan iborat? A) beibo, beva, vabo B) ibo, bambuk, bevafo C) ivi, bibi, vafo D) A va C 30. Qaysi qatordagi so’zlarning jarangli undoshlari jarangsiz juftiga aylantirilsa, boshqa so’zlar kelib chiqadi? A) zo’r, zambil, beva B) go’ja, jag’-jag’, dud C) did, jo’ja, bibi D) dod, go’zgoz, goziy 31. Qaysi qatordagi barcha so’zlarda jo’ja so’zidagi j jaranglisining jarangsiz jufti qo’llangan? A) chalg’i, kuch, shosh B) tosh, bosh, kuch C) archa, ko’cha, xipcha D) osha, qo’sha, shish 32. Qaysi qatordagi barcha so’zlarda jurnal so’zidagi j jaranglisining jarangsiz jufti qo’llangan? A) chalg’i, kuch, shosh B) tosh, bosh, kuch C) acha, ko’cha, xipcha D) osha, qo’sha, shish 33. Qaysi undoshlar til undoshlari hisoblanadi? A) b,n,m B) v,f,l C) v,m,f D) y,g,q 34. Qaysi qatordagi so’zlarning portlovchi tovushi jonli tilda sirg’aluvchi kabi talaffuz etiladi? A) maqol, siqiq, uqa, B) maqsad, naqd, vaqt C) chaqa, yoqa, boqa D) takt, fakt, kut, 35. So’z oxiridagi jarangsiz undoshlarga unli bilan boshlangan qo’shimcha qo’shilsa, qaysi jarangsiz tovushlar jarangliga aylanadi? A) k,q B) k,q,g’ C) t,k,q D) barcha jarangsiz tovushlar 36. Qaysi undoshlar lab tovushlari hisoblanadi? A) b,p,m,d B) b,p,v,m,f C) b,p,v,f,l D) b,p,v,n,m 37. p,m undoshlari undoshlar tasnifida qaysi xususiyatlarga ko’ra bir guruhga mansub bo’ladi? A) hosil bo’lish o’rniga ko’ra B) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra C) tilning qayerida hosil bo’lishiga ko’ra D) jarangli va jarangsizligiga ko’ra 38. So’zlar oxiridagi jarangli undoshlarnin talaffuzda jarangsizlashuvi qaysi qatorda berilgan? A) bayram, dohiy, vakil B) bahor, shirin, dog’ C) janob, avlod, girdob D) gavjum, anhor, birov 39. Qaysi so’z tarkibida jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirish orqali ma’noli so’z hosil qilish mumkin? 1.tamba 2.tovon 3.tarz 4.rasm 5.sharm 6.tilla A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4,5 D) 2,3,4,5 40. Quyida berilgan tovushlar izohidan yashirilgan so’zni toping. 1-tovush: orqa qator, quyi keng; 2-tovush: chuqur til orqa, sof portl., jar-siz; 3-tovush: lablanmagan, yuqori tor; 4-tovush: sonor, yon tovush. (oqil) 41. Qaysi harf til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi? A) ch B) k C) s D) d 42. shudring so‘zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud? A) 3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari B) 2 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari C) 2 ta til oldi, 2 ta til orqa undoshlari D) 1 ta til oldi, 3 ta til orqa undoshlari 43. So‘z tarkibida n harfi qaysi harflardan oldin kelganda ba'zan m tarzida talaffuz qilinadi? A) d, b B) r, g C) p, m D) b,m 44. dengiz so‘zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud ? A) 3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari B) 2 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari C) 1 ta til oldi, 2 ta til orqa D) 2 ta til oldi, 2 ta til orqa 45. k undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping. A) til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli tovush B) til oldi, portlovchi, jarangsiz tovush C) til orqa, portlovchi, jarangli tovush D) til orqa, portlovchi, jarangsiz tovush 46. Qaysi so‘zda hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) norasida B) mabodo C) qarg‘a D) ko‘rmana 47. Qaysi so‘zda hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) suzuvchi B) bedarak C) havoyi D) dabdabali 48. Qaysi so‘zda ovozning miqdoriga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) romanlar B) sezuvchi C) kitobxon D) xushbichim 49. qol, qor, qot so‘zlarining ma'nolarini farqlashga xizmat qilayotgan tovushlar (fonema) haqida to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) barchasi jarangli undoshlar B) sonor C) til oldi undoshi D) til orqa undoshi 50. 1) yonbosh; 2) ko‘nmaslik; 3) tutunsimon; 4) bo‘yinturuq; 5) o‘n besh. Berilgan qaysi so‘zlarda n harfi m tarzda talaffuz qilinadi? A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 5 D) 2, 4, 5 51. jo‘ja va jirafa so‘zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o‘zaro farqlanadi? A) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra B) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra C) un paychalari ishtirokiga ko‘ra D) ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra 52. Qaysi harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi? A) ng B) sh C) ch D) Bunday harflar birikmasi mavjud emas. 53. Qaysi qatorda unli va sirg‘aluvchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan? A) baraka, zarif, g‘aniy B) vazifa, serhafsala, xo‘roz C) shifo, saydana, shaffof D) g‘ilof, sho‘rva, g‘isht 54. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan? A) farida, qator, mirob B) odob, botiq, qichitqi C) daqiqa, taqqa, tashqi D) yutuq, qatiq, katta 55. Qaysi so‘zda til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi? A) manmanlik B) qamchin C) ingichka D) tartib 56. Undosh tovushlar tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar B) sonor (ovozdor) undoshlar, shovqinli undoshlar C) unli tovushlar, undosh tovushlar D) Bunday tasnif mavjud emas. 57. Og‘zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismini toping. A) so‘z B) asos C) tovush D) qo‘shimcha 58. Qaysi so’zning ilk tovushini talaffuz qilganimizda un paychalari tarang tortilgan bo’lmaydi? A) Bambir B) Alvastijon C) Nasriddin D) Chiburashka 59. Berilgan tovushlar izohidan foydalanib, so’zning o’zini toping. 1-tovush: burun tovushi, lab undoshi; 2-tovush: old qator, yuqori tor; 3-tovush: til oldi, sirg’aluvchi, jar-siz. ( mis ) 60. Berilgan tovushlar izohidan foydalanib, so’zning o’zini toping. 1-tovush: til oldi, jarangsiz, portlovchi; 2-tovush: o’rta keng, lablanmagan; 3-tovush: til orqa, burun tovushi. ( teng ) Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling