Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika
Qo‘llanish doirasi chegaralangan va chegaralanmagan so‘zlar
Download 0.61 Mb.
|
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)
Qo‘llanish doirasi chegaralangan va chegaralanmagan so‘zlar.
O‘zbek tili leksikasining boyishi. Onomastika. 1. Tojik tilidan so'z o'tishi natijasida qanday so'zlar paydo bo'lgan ? A) Sodda va juft B) Sodda va qo'shma C) Qo'shma va juft D) Takroriy va sodda 2. Non, un, bug'doy, qor, daftar, kabi so'zlar qo'llanish doirasiga ko'ra qanday so'zlar hisoblanadi? A) Chegaralanmagan B) Chegaralangan C) Neytral leksika D) A va C 3. Ilgari qo'llanilib keyin iste'moldan chiqib ketgan so'zlardan yangi tushunchalardan foydalanish uchun avvalgi tushunchalardan foydalanish, dialektal so'zlarni faollashtirish kabilar boyish manbasining qaysi turidan joy olgan ? A) tashqi manba B) ichki manba C) sintaktik usul D) neologizmlar 4. O'zbek ismlari imlosi " O'zbek ismlari", "Kishi nomlari imlosi" kabi kitoblar muallifi ? A) I.Qo'chqortoyev B) A.Shorahmedov C) Sh.Rahmatullayev D) E.Begmatov 5. Quyidagi so'zlarni temiryo'lchilar va otarchilar tilida nomlanishini to'g'ri joylashtiring ? 1.yakan, 2.danap 3.qaychi 4.kolxoz a) taftishchi b) qiz bola c) chiptasiz yo’lovchi d) pul A) 1b 2d 3a 4c B) 1b 2d 3c 4a C) 1d 2b 3a 4c D) 1d 2a 3c 4d 6. Qatorterak, Uchtol, Beshariq Balandmasjid singari joy nomlari nima bilan bog'liq ? A) etnik kelib chiqishi bilan B) relyefi va qanday joylashganligi sababli C) Shu joydagi o'simlik, bino, suv, inshootlari xususiyatlari bilan bog'liq D) A va C 7. - Aka Abdurahmon amonme ? Nima deydi ? Jalil tabibnig gapini so'zma - so'z takrorladi - Hay, pulingiz kissangizgami ? - Ha. ushbu matnda qo'llanish darajasiga ko'ra qanday so'zlar qatnashgan A) sotsial chegaralangan B) hududiy chegaralangan so‘zlar (dialektizmlar) C) argo so'zlar D) a va c 8. o'zbek tiliga qaysi tildan so‘zlar o'tishi natijasida boshpana, qonxo'r, qo'shnay,shirinso'z, sog'-salomat, achchiq-chuchuk kabi juft so'zlar paydo bo‘lgan? A) arab tilidan B) tojik tilidan C) uyg’ur tilidan D) h.j.t 9. "O'zbek tili grammatik terminlarining izohli lug'ati" kitobining mualliflari ? A) A.Hojiyev L.Reshetov B) E.Begmatov A.Xojiyev C) Sh.Rahmatullayev A.Shorahmedov D) I.Qo'chqortoyev Sh. Rahmatullayev 10. O‘zbek tilini tashqi manba asosida boyitgan tojik tilidan o'tgan so'zlarni aniqlang ? A) chorpoya, sop, ko'k, to'n B) dasta, oftob, so'ri, o't C) kissa, dasta, buqa, to'n D) kissa, olov, osmon, chorpoya 11. Olampanoh, volidayi muhtarama, padari buzrikvor,manzirat qilmoq kabi birliklar qo'llanish doirasiga ko'ra qanday so'zlar ? A) argolar B) neytral leksika C) jargonlar D) eskirgan so'zlar 12. Antroponimlar berilgan qatorni toping ? A) To'rtko'z Bo'ribosar B) Karim To'rtko'z C) Bobur, Ahmad D) Qarshi Uchqo'rg'on 13. O'zbek tili leksikasi qanday manbalar asosida boyiydi? A) so'z yasash argolar B) arxaizm dialektizm C)ichki va tashqi manba D) h.j.t 14. Gulli, gulchi, temirchi, temirchilik kabi so'zlar qaysi manba uchun poydevor ? A) tashqi manba B) neytral leksika C) argolar D) ichki manba 15. Umumxalq tilida keng qo'llaniladigan va shu tilda so'zlashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo'lgan so'zlarga qanday so'zlar deyiladi ? A) qo'llanish doirasi chegaralanmagan B) qo'llanish doirasi chegaralangan C) sotsial chegaralangan so'zlar D) shevaga xos so'zlar 16. E.Begmatovning "O'zbek ismlari" kitobida qancha ismning izohi berilgan ? A) 21093 ta B)14600 ta C) 16400 ta D) 10640 ta 17. Neytral leksika atamasi qanday so'zlarga nisbatan ham qo'llaniladi ? A) qo'llanish doirasi chegaralangan B) sotsial chegaralangan C) qo'llanish doirasi chegaralanmagan D) argo va jargolar 18. Nomlar va ularning turlari nomlanish sabablarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi ? A) parafaza B) paremeologiya C) toponimlar D) onomastika 19. Eski o'zbek tiliga xos talim, cherik, o'kush, kabi so'zlar qanday so'zlar sirasiga kiradi ? A) eskirgan so'zlar va argolar B) sotsial chegaralangan C) eskirgan yoki arxaizmlar D) qo'llanish doirasi chegaralangan 20. Ma'lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so'zlar ? A) qo'llanish doirasi chegaralangan B) argolar C) sotsial chegaralangan so'zlar D) a,b va c 21. Atoqli otlar nomlanuvchi obyekt turiga qarab qanday guruhlarga bo’linadi ? A) joy nomlari kasb-kori relyefi B) o’simlik nomi, zoonimlar, gidronimlar C) antroponimlar, toponimlar, zoonimlar, gidronimlar D) h.j.t 22. Bolaning tashqi belgisiga ko’ra qo’yilgan antroponimlarni toping ? A) Jumavoy, Qovoqvoy, Go’zal B) Baxtiyor, Umid, Go’zal C) Xoldor, Anor, Qovoqvoy D) Xursand, Aziz, Go’zal 23. Faqat ma’lum sotsial guruh hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo’llanilib umumxalq tiliga xos bo’lmagan so’zlar… A) sotsial chegaralangan B) hududiy chegaralangan C) chegaralangan D) jargo va argolar 24. Qo’llanish doirasiga ko’ra so’zlarning qaysi turi umumtil leksikasidan olinadi ? A) argolar B) sotsial chegaralangan C) a va b D) qo’llanish doirasi chegaralanmagan 25. O’roqvoy, Teshavoy, kabi ismlar qanday asosda paydo bo‘lgan? A) kasb-kor B) turmush tarzi C) xalqning urf-odati D)hunar 26. Ichki manbada so’z yasalishi qanday usullarda yasaladi? A) sintaktik va qo’shma so’zlarni juftlash orqali B) morfologik va sintaktik C) yangi so’z va shevalardan so’z olish orqali D) neologizmlarning vaqt o’tib ko’p ma’noli so’zga aylanishidan 27. Eshik “hovli”, “uy” (Andijon), shoti “narvon” (Andijon Namangan, Farg’ona) kabi so’zlar qo’llanish doirasiga ko’ra qanday so’zlar hisoblanadi ? A) hududiy chegaralangan B) istorizmlar C) sotsial chegaralangan D) jargonlar 28. “Sirdaryo muzofot firqa qo’mitasning mas’ul sarkotibi o’rtoq Abdulhay toji bilan Eski shahar ijrokomining muvaqqat raisi Mannon Ramz o’rtokdor markazning birdan bir ishonchli vakillari” quyidagi matnda atoqli otlarning nomlanuvchi obyekt turiga ko’ra qanday turlari ishtirok etgan ? A) shaxs yashagan joy va gidronimlar B) antroponimlar va toponimlar C) zoonimlar va ota-onanig orzusi D) A va B 29.“O’zbek tili grammatik terminlarining qisqacha izohli lug’ati” kitobining mualliflari? A) Sh. Rahmatullayev va A.Xojiyev B) A. Xojiyev va E. Begmatov C) I. Qo’chqortoyev va Sh. Abdurahmonov D) A. Hojiyev va L. Reshetovlar 30. Ma’lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash uchun mahsuslashtirilgan so’z yoki so’z birikmalariga… A) argolar B) istorizmlar C) atama D) neologizm 31. Sobiq sho’rolar davrida faol qo’llangan so’z va so’z birikmalarini ko’rsating? A) tabib, firqa, siyosiy byuro B) pioner, komsomol, kolxoz, pud C) hokimiyat, vazir, devonxona, vazirlik D) siyosiy byuro, pioner, komsomol, oktabryat 32. Quyidagi so’zlardan faol so’zlarni ajrating. Yer, quyosh, bashar, uy, dinozavr, tabib, yilnoma, hafta, dukchi, olim, sut, qatiq A) yer, quyosh, uy, bashar, dinozavr, sut B) bashar, quyosh, hafta, tabib, uy C) olim, hafta, quyosh, yer, sut, dinozavr D) yer, quyosh, hafta, uy, olim, sut, qatiq 33. Quyidagi matn kimning qaysi hikoyasidan keltirilgan va qanday so’zlar ishtirok etgan? “Jonfig’on avvallari uning niyyatiga o’qishga” “notovon ko’ngil… orzuga ayb yo’q” degan nazar bilan qarab yurar ekan, bir vaqt qarasaki malohat kursni bitirib gruzavoy minib yuribdi! A) A.Qahhor “O’jar” argo va dialektizmlar B) A.Qahhorning “Jon fig’on” neologizm va istorizmlar C) M.Behbudiyning “Padarkush” argo va jargolar D) A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” arxaizm va argolar 34. Mustaqillikning dastlabki yillarida tavsiya etilgan va xalq nutqiga singishmagan quyidagi atamalarning bugungi kunda iste’molda bo‘lgan muqobili bilan mos ravishda joylashtiring. 1. Uchoq, 2. Ovoznigor,3. Durovoz, 4. Oliygoh, 5. Ko’pkursi,6. Tayyoragoh, a) telefon, b) avtobus, c)institut, d) samolyot e) aeroport f) radio A) 1-c 2-f 3-a 4-d 5-b 6-e B) 1-d 2-c 3-b 4-b 5-a 6-f C) 1-d 2-f 3-a 4-c 5-a 6-b D) 1-d 2-f 3-a 4-c 5-b 6-e 35. 1798-yilda “Muntahob ul-lug’at” asari yozilib, unda astronomiya, matematika, musiqashunoslik, adabiyot faniga oid atamalar mavjud. Bu asar muallifi kim? A) Muhammad Soli B) Azim Xojiyev C) Muhammad Xoksor D) Mahmud Koshg’ariy 36. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o’z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo’lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydaliligiga kimlar da’vat etganlar? A) Lutfiy va Atoiy B) Navoiy va Lutfiy C)Koshg’ariy va Navoiy D) Firdavsiy va Bedil 37. “Jalil xoliroq joyda turardi - Nabiram hazilga moyil. Ammo u ketdi, degan ,siz o’ldimi degansiz haymi?” matnda qanday so’zlardan foydalanilgan? A) sotsial chegaralangan B) hududiy chegaralangan C) arxaizm D) neytral leksema 38. “Shoxmoylar” marosimi qanday marosim? A) hosilni yig’ib olish B) dalaga qo’sh chiqarish C) xirmon yanchish D) dalaga urug’ qadash 39. Tojik tilidan so’z o’tishi natijasida hosil bo’lgan qo’shma so’zlarni toping? A) boshpana, qonxo’r, qo’shnay B) shirinso’z, yalangbosh C) xushfe’l, umumxalq, umumbashar D) a va b 40. “Abu Muslim” sahna asarining muallifi kim? A) Cho’lpon B) Fitrat C) Hamza D) Avloniy 41. Qalin bola, baldoq dala o’zbek tiliga qaysi tildan o’zlashkan? A) arab B) fors-tojik C) rus D) so’zlar o’zi o’zbekcha 42. Ochko’z, bo’yinbog’, iturug’,kunbotar kabi qo’shma so’zlar o’zbek tiliga qaysi tildan o’zlashgan? A) arab B) so’zlar o’zi o’zbekcha C) rus D) fors-tojik 43. Dialektal so’zlarni faollashtirish natijasidao’zbek tiliga o’tgan so’zlarni toping? A) noib B) kallapo’sh C) tuman D) mengzamoq 44. Kurash, yonbosh, chala, halol, so’zlari qanday so’zlar? A) yangi B) shevaga xos C) atama D) eskirgan 45. “Muntahob ul-lug’at” da keltirilgan “xatti ustuvo” atamasining ma’nosi? A) tovush B) radif C) ekvator D) qofiya 46. Qaysi atama umumxalq tilidagi so’zlarning ma’nosini maxsuslashtirish yo’li bilan hosil qilingan? A) kosinus B) ildiz C) valentlik D) diffuziya 47. Geografik obyekt va ularga qo’yilgan nomlar qanday ataladi? A) gidronimlar B) zoonimlar C) antroponimlar D) toponimlar 48. Boshqa tillardan so’z o’zlashishi natijasida tilda qanday hodisalar yuzaga keladi? A) sinonimlik va antonimlik B) sinonimlik va omonimlik C) sinonimlik va ko’p ma’nolilik D) sinonimlik, antonimlik, omonimlik 49. Novvos, muqova, to’n, quyosh, so’zlari o’zbek tiliga qaysi so’zdan o’zlashgan? A) arab B) fors-tojik C) uyg’ur D) bu so’zlar o’zbekcha 50. Atamashunoslikning o’rganadigan obyekti… A) terminologiya B) atamalar C) terminlar D) b va c 51. Quyida keltirilgan juft so’zlarning qaysilari tojik tilidan so‘z o’zlashishi natijasida paydo bo‘lgan? 1.to’y-tomosha, 2.sog’-salomat, 3.odob-axloq 4.achchiq-chuchuk 5.qahr-g’azab 6.oq-qora A) 1,2,4,6 B) 1,2,4,5 C) 1,5 D) 1,3,5,6 52. “Marv begining qizi Gulnor rolida Ma’suma xonim, Abu Muslimning vaziri rolida O’ktam, Marv begi rolida Sayfi qori, Amir Ali rolida Shohrux o’ynaydilar” matnda atoqli otning qanday turlari ishtirok etgan va qaysi tildan o’tgan so’zlar qo’llangan? A) zoonimlar va fors-tojik B) antroponimlar va arab tilidan C) toponimlar va ruscha D) antroponimlar va ruscha 53. Baxt, donishmand, dazmol so’zlari o’zbek tiliga qaysi tildan o’zlashgan? A) fors-tojik B) arab C) rus D) o’zbekcha so’zlar 54. “Tavongar”, “murdor” dialektizmlarini umumxalq tilida ishlatilishi qaysi qatorda ko’rsatilgan? A) tavongar-sahiy, murdor-halol B) tavongar-dehqon, murdor-eshak C) tavongar-harom, murdor-bola D) tavongar-boy, murdor-harom 55. Kitob, maktab, harakat, oddiy so’zlari o’zbek tiliga qaysi tildan o’zlashgan? A) arab B) fors-tojik C)rus D) o’zbekcha so’zlar 56. 1.Darvozako’l, Sho’rko’l 2.Bordimko’l, 3.Chapko’l kabi suv havzalari Namangan viloyatining qaysi tumanlarida joylashgan va atoqli otlarning qaysi turiga tegishli? A)1-Chust,2-Koson,3-Norin va antroponimlar B) 1-Yangiqo’rg’on,2-Koson,3-Norin va toponimlar C) 1-Yangiqo’rg’on,2-To’raqo’rg’on,3- Norin va toponimlar D) 1-Chirchiq, 2-To’raqo’rg’on,3-Koson va toponimlar 57. Qal’a, sur’at, shoir, muomala so’zlari o’zbek tiliga qaysi tildan o’zlashgan? A)fors-tojik B) arab C)rus D) o’zbekcha so’zlar 58. Tarixiy so`zlar necha xil usul bilan eskiradi va ular qaysilar ? A) 2 xil- arxaizmlar va istiorizmlar B) 3 xil- arxaizmlar, istiorzimlar, parafsaza C) 4 xil – didlektizmlar, argolar, jargonlar, neytral leksika D) 2 xil – aigolar va dialektizmlar 59. Qaysi shevada sigir (,, uy” ) deb aytiladi? A) Buxoro B) Qipchoq C) Xorazm D) Qoraqalpoq 60. Anor, dono, kamtar, tilla, kaptar so`zlari o`zbek tili leksikasining qaysi manbasiga kiradi A) ichki manba B) tashqi manba C) anor, tilla so`zlari –ichki manba, kaptar, dono, kamtar so`zlari tashqi manba D) anor, tilla, kaptar so`zlari – ichki manba, dono, kamtar so`zlari tashqi manba 61. ,,Xonimlar va janoblar “ , ,,Zoti oliylari” qanday so`zlar sirasiga kiradi? A) jargonlarC) neologizmlar B ) argolar D) A va C 62. Arab tilidan o`zlashgan so`zlarni toping. A) xo`roz, olov, farzand B) mayin, farzand, vujud C) mo`min, havo, vujud D) quyosh, ko`l, havo 63. ,,Amir Temur saboqlari” asarining muallifi? A) Said Anvar C) Latif Fayziyev B) T. Fayziyev D) M. Shayxzoda 64. So`z o`zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskirgan qatorni aniqlang. A) cherik, malika, shaxzoda, yog`iy B) paranji, omoch, jallod, dubulg`a C) harv, onsaroy, oktabryat, otlast, ta`lim D) hamzak, podmok, bek, hazdasa 65. Arxaizmlar berilmagan qatorni topig. A) dubulg`a, cherik, yog`iy B) handasa, bitik, firqa C) yovuq, talim, o‘kush D) malay, paranji, omoch 66. ,,Sayfi qorining ampulasi beltulikdur” ostiga chizilgan ruscha so`zning ma`nosini ko`rsating. A) rejisyor C) o’ynayturgan o’yunlari B) ayol D) kotib 67. O`zbek tili asosan qaysi tillardan so`z oladi? A) arab, fors-tojik, nemis C) fors-tojik, golland, italyan B) arab, hind, inglz D) arab, fors-tojik, rus 68. Rus tilidan o`tgan so`zlar qatorini aniqlang. A) sehr, qoida, ro`za B) parovoz, ruchka, lag`mon C) karaxt, xo`roz, go`sht D) parovoz, stul, samolyot 69. Tug`ilgan kun bilan bog`liq bo`lgan ismni toping. A) Umid C) AnorB) O`roqvoy D) Odina 70. ,, Muntaxob ul-lug`at” dagi musiqaga oid atamalarni ko`rsating. A) Hijoz, ajam, nag`omat, hijo B) navo, ohang, radif, ramz C) ag`oni, nag`ma, surud, nag`amot D) B va C 71. Biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o`xshatish orqali tasvirlab ifodalashga . . . A) iboraC) parafazaB) tasviriy ifoda D) B va C 72. 1.Yaylov bahodirlari, 2.Qanotli do`stlarimiz, 3. Po`lat ot, 4. Tayga xo`jayini quyidagi tasviriy ifodalarni javoblarini mosiga joylashtiring. a) traktor b) ayiq c) qushlar d) cho`ponlar A) 1a 2c 3d 4a C) 1d 2c 3a 4b B) 1d 2c 3b 4a D) 1d 2b 3c 4a 73. Tasviriy ifodaning yana bir nomi . . . A) barqaror birikma C) aforizm B) paremeologiya D) parafraza 74. 1. Baxt va shodlik kuychisi 2. Zangori ekran 3. Oltin davr 4. Kumush tola Quyidagi tasviriy ifodalarning javobini ko`rsating. A) 1 – H.Olimjon 2- dala 3- yoshlik 4 ipak B) 1 – Mirtemir 2-dunyo 4-yoshlik 4 g`o`za C) 1–H.Olimjon 2-televizor 3-talabalik 4 ipak D) 1 – H.Olimjon 2-olam 3-yoshlik 4-g`o`za 75. Quyidagi qaysi xususiyat barqaror birikmalar uchun xos? 1. Nutq jarayoniga qadar tayyorlik; 2. Nutqqa tayyor holda olib kirilishi; 3. Ma`no butunligi; 4. Tuzilish va tarkibining barqarorligi; 5. Til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo`lish; 6. Nutq jarayonida hosil bo`lish; A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,3,4,5,6 C) 1,2,3,4,5 D) 1,4,5,6 76. Kasbiy atama sifatida qo‘llaniladigan so‘zlar qaysi qatorda to`gri ko`rsatilgan? A) chopiq, ekin, so`z, urg`u B) kasr, mahraj, qosh, o‘g‘it C) yelim, andoza, mif, suv D) jo‘yak, qosh, muolaja, pardoz Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling