Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika
LEKSIKOLOGIYA. FRAZEOLOGIYA. LEKSIKOGRAFIYA
Download 0.61 Mb.
|
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)
LEKSIKOLOGIYA. FRAZEOLOGIYA. LEKSIKOGRAFIYA.
(umumiy) 1. Terma shakldosh so‘zi gapda qaysi so‘z turkumi vazifasida qo‘llanishi mumkin? A) faqat fe’l B) ot, fe’l C) sifat, fe’l 2. Hoy, otginang nima edi, qulunim, sho‘rvang sovib qoldi? (O. Yoqubov) Ushbu gapda bolani erkalatish uchun qo‘llanilgan qulun so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) ohuning bolasi B) tuyaning bolasi D) sigirning bolasi 3. Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar. Tagiga chizilgan so‘zning ma’nosi to‘g‘ri izohlangan javobni toping. A) tugallangan B) mantiqli D) foydali 4. Quyidagi so‘zlardan qaysilarining paronim jufti yo‘q? A) urush, adib, azim B) ahil, dars, adl D) burch, o‘qish, nufuz 5. Quyidagi hodisalarning qaysilari faqat bir so’z turkumi doirasidagina kuzatiladi? 1. Polisemiya 2.Shakldoshlik 3.Ma’nodoshlik 4.Zid ma’nolilik A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) barchasi birdan ortiq so’z turkumi doirasida kuzatilishi mumkin. 6. 1. O‘t ishi - qovurmoq. 2. Bitta ham yovvoyi o‘t qolmasin. 3. Ko‘chadan o‘tsang, to‘g‘ri o‘t. 4. Qalbida ishq o‘ti alangalandi. Ushbu gaplarning qaysilarida o‘t so‘zi bir so‘zning ko‘p ma’nolari hisoblanadi? A) birinchi va ikkinchi gaplarda B) ikkinchi va uchinchi gaplarda D) barcha gaplarda 7. Qaysi gap tarkibida ikkita ibora qo‘llangan? A) Ikki g‘arib bir yoqadan bosh chiqargan edik. B) Pilla xususida tili qisiqlik joyim yo‘q. D) O‘g‘lidan ko‘ngli to‘q bo‘lgach, yana nimanidir qidirmoqqa, tevaragiga alanglab qaramoqqa boshladi. 8. 1. Po‘lat qilichingni ko‘rganman o‘tda. 2. Xalqlar birligi po‘latday qudratlidir. 3. Bizning po‘lat qudratimiz birligimizdadir. 4. Po‘lat otni o‘ynatib, traktorchi bo‘laman. Berilgan gaplarning qaysi birida po‘lat so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3 9. Qaysi qatorda paronimlar berilgan? A) obro‘-obro‘y B) kabutar-kaptar D) a’zo-azo 10. Tilshunoslikning atash ma’nolarini o‘rganuvchi bo‘limi qanday nomlanadi? A) morfologiya B) sintaksis D) lug‘atshunoslik 11. ”Ajralmoq” fe’lining asl (bosh) ma’nosi qaysi misolda berilgan? A) Odatda, buloqlar o‘zlarining qaysi tog‘ jinslaridan chiqishiga qarab, bir necha turlarga ajraladi. B) Bu hammadan ajralib chiqqan shaxs - samarqandlik To‘g‘onbek edi. D) Elga qo‘shilsang - er bo‘lasan, eldan ajralsang - yer bo‘lasan. 12. Bo‘lmoq so‘zi aysi gapda lug‘aviy ma’noga ega emas? A) Bugun bir qiziq voqea bo‘ldi. C) Samarqandda bir necha marta bo‘lganman. D) Hozir unga qo‘ng‘iroq qilsam bo‘larmikin? 13. Sarvixon daromadning buromadini eshitib gangib qoldi gapidagi buromad so‘zining lug‘aviy m’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) hajm, miqdor C) natija, nihoya D) bu so‘z o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan 14. Qaysi javobda faqat shakldosh so‘zlar qayd etilgan? B) oqibat, rasta, savat C) soch, baho, sayoz D) sado, palata, rasta 15. Ortmoq so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) Mehnatdan do‘st ortar, g‘iybatdan dushman. B) Toza suvga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. D) Xarajatdan ancha pul ortib qoldi. 16. Oqlamoq so‘zining asl (bosh) ma’nosi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) sholi oqlamoq, mastavani oqlamoq C) ishonchni oqlamoq, choyni oqlamoq D) do‘stni oqlamoq, ona sutini oqlamoq 17. Bir turkum doirasidagi shakldosh so‘zlar qaysi javobda keltirilgan? A) yoz, palla, rasta B) palata, soch, nor C) oq, savdo, oqibat 18. Musofirman, g‘aribman, bekasu ham benavodurman, Vujudim dardga to‘ldi, emdi darmonimni sog‘indim. Uvaysiy qalamiga mansub ushbu baytdagi benavo so‘zining ma’nodoshi qaysi javobda berilgan? A) kuysiz, qo‘shiqsiz B) ilhom parisidan yiroqda D) kambag‘al, faqir 19. Sarafroz so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? B) saodatli, baxtli C) siqiqlik, bukuklik D) erkin, quvnoq 20. Ot, sifat, fe’l so‘z turkumi vazifasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan shakldosh so‘zni toping. B) to‘r C) qaynatma D) soch 21. 1. Tilak bilan bitmagan bilim bilan bitar. 2. Omad kelsa, daraxtda ham non bitar. 3. Abdulla xatni chiroyli bitardi. Ushbu gaplarda qo‘llangan bitmoq so‘zlari ma’no munosabatiga ko‘ra o‘zaro qanday so‘z? B) ma’nodosh so‘z C) ko‘p ma’noli so‘z D) so‘zning turli ma’nolarda qo‘llanishi 22. Shuur so‘zining ma’nosi to‘g‘ri izohlangan javobni toping. A) faxr B) shuhrat D) g‘urur 23. So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning qanday ma’nolari hisoblanadi? B) grammatik ma’nolari C) morfologik ma’nolari D) so‘zlarning ko‘chma ma’nolari 24. Bahr so‘zi qaysi gapda tug‘yon, to‘fon so‘zlariga ma’nodosh bo‘lib kelgan? A) Terdi san’at bahrining qimmatbaho injusidan. . C) Yigitlar taltayar qizlar bahrida. D) Bir yoningda Sevanday bahr, Misoli bulutlar ichida qamar. 25. Bedav boylovda semirar, Qo‘y-qo‘zi yaylovda. (Maqol) Ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) yuvosh C) oriq D) yovvoyi 26. Sen chindan ham go‘zalsan, Huzuringga keldim bot. (A.Oripov) Ajratib ko‘rsatilgan so‘z qanday ma’noni anglatadi? A) tez C) umrbod D) kech 27. 1. Xufton namozidan so‘ng poychiroq yonida o‘tirib, Fuzuliy devonini varaqlar edi. 2. Ikkisi birga devonga kirdilar. 3. Devonda yonboshlab yotgan Abbosxon Saidiyning hurmatiga g‘imirlab qo‘ydi. Berilgan gaplarda qo‘llangan devon so‘zi haqidagi to‘g‘ri fikrni belgilang. A) Uchala gapda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan. C) Birinchi va ikkinchi gapdagi devon so‘zi uchinchi gapdagi devon so‘ziga nisbatan shakldosh D) Ikkinchi va uchinchi gapdagi devon so‘zi birinchi gapdagi devon so‘ziga nisbatan shakldosh 28. Sel so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llanmagan? B) Quyoshning seliga miriqib cho‘milgan yam-yashil dala barq uradi. C) Elmurod shunday o‘ylar selida g‘arq bo‘lib, uyqusi qochdi. D) Barcha gaplarda sel so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan. 29. Yumshoq non, yumshoq ovoz, yumshoq gapirmoq birikuvlaridagi yumshoq so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) bir so‘zning turli ma’nolari B) bir xil shakldagi uchta so‘z C) bir xil ma’nodagi uchta so‘z D) o‘zaro paronim so‘zlar 30. Tush ko‘rmoq, tush payti, pastga tush birikuvlaridagi tush so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) bir so‘zning turli ma’nolari B) bir xil shakldagi uchta so‘z C) bir xil ma’nodagi uchta so‘z D) o‘zaro paronim so‘zlar 31. Kasbiy atamalar berilgan qatorni toping. A) qo‘shish, kvadrat, ot, fe’l B) andava, sog‘moq, yigirmoq C) hikoya, qissa, roman D) milod, kalendar, kurtak 32. Shakldosh so‘zlarni aniqlang. 1. hadis 2. davr 3. havo 4. bosim 5. vij - vij 6. davlat A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 6 D) barchasi shakldosh so‘zlar 33. Tuyg‘un so‘zining ma’nodoshi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) masrur B) sezgir C) aniq D) mos 34. Chapdast so‘zining ma’nodoshi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) chaqqon B) chapaqay C) chapani D) chaparosta 35. Tamaddun so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) poydevor B) boshlovchi C) kashfiyot D) madaniyat 36. Kumush ham ariq yoqasiga kelib to‘xtagan Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling