Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika
Download 0.61 Mb.
|
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)
SINONIMLAR
1. Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. Navoiynning ushbu misralarida qo’llangan ranj va ganj so’zlarining sinonimlari qaysi javobda berilgan? A) mehnat va qarz B) mashaqqat va boylik C) alam va xazina D) ozor va intilish 2. Tilda bir ma’noni ifodalash uchun qo’llanuvchi bir nechta so’z qanday nomlanadi? A) ko’p ma’noli so’zlar B) olmoshlar C) sinonimlar D) antonimlar 3. So’zlarni qaysi jihatga ko’ra sinonim, omonim, antonimlarga ajratamiz? A) bir yoki birdan ortiq ma’noga ega bo’lishiga ko’ra B) tuzilishiga ko’ra C) shakl va talaffuziga ko’ra. D) shakl va ma’no munosabatiga ko’ra 4. Berilgan sinonimlardan asosiy so’zni aniqlang. A) ilgari B) oldin C) avval D) burun 5. Qaysi so’zlar o’zaro sinonim emas? A) zeb, ziynat B) nafis, nozik C) mustahkam, mahkam D) puxta, pishiq 6. Sinonimlar qatorini toping. A) yoz, o’t, kech B) kumush, mayin, o’tkir C) belgi, nishon, alomat D) tur, uch, xayr 7. Iljaydi, jilmaydi, tirjaydi, irjaydi, ishshaydi sinonimik qatorda qaysi so’z asosiy? A) iljaydi B) jilmaydi C) tirjaydi D) irjaydi 8. Berilgan sinonimlardan bosh so’zni aniqlang. A) boqmoq B) termilmoq C) nazar solmoq D) qaramoq 9. O’zaro sinonim bo’lgan quyidagi so’zlardan qaysi biri yaqin so’zi bilan sinonim bo’la oladi? A) darrov B) jadal C) tez D) shaxdam 10. O’zaro sinonim bo’lmagan so’zlardan hosil bo’lgan juft so’zni toping. A) kuch-quvvat B) o’y-xayol C) or-nomus D) ur-yiqit 11. Qaro ko’zim, kel-u mardumlig’ emdi fan qilg’il. Ko’zim qarosida mardum kibi vatan qilg’il. Navoiyning ushbu mashhur baytida qo’llangan fan so’zining sinonimi berilgan qatorini belgilang. A) ilm, bilim B) rasm, odat C) bog’, chaman D) chidam, toqat 12. Sinonimik qatordagi so’zlardan qaysi biri ko’chma ma’noda? A) ayyor B) mug’ombir C) hiylagar D) shayton. 13. Quyidagi sinonim so’zlarning qaysi biri keng qo’llanadi? A) ivirsiq B) isqirt C) irkit D) iflos 14. Qaysi qatordagi so’zlar o’zaro sinonimik qatorni tashkil etmagan? A) begona, yot, o’zga B) bezovta, betoqat, halak, besaranjom C) bahs, tortishuv, munozara, mubohasa D) beish, ishsiz, bo’sh 15. Qaysi qatorda faqat sinonim so’zlar berilgan? A) xavfli, xavotirli, qo’riqinchli, barakatli B) xayrlashmoq, xabarlashmoq, xo’shalashmoq, vidolashmoq C) sabab, vaj, bahona, bois D) ruxsat, javob, izn, haq 16. Esar oqshom nafasi. Salqin tun ibtidosi. Ushbu misradagi ibtido so’zining sinonimini toping. A) oxiri B) avji C) tugashi D) boshlanishi 17.Odam-kishi-inson-bashar, ko’krak-ko’ks-bag’ir-to’sh-siyna sinonimik qatorlardagi poetik (badiiy) uslubga xos so’zlar berilgan qatorni toping. A) bashar, siyna B) inson, bag’ir C) odam, ko’krak D) kishi, bag’ir 18. Turli tillardan o’zlashgan so’zlar o’zaro sinonim bo’lishi mumkinmi? A) bir til doirasidagina o’zaro sinonim bo’lishi mumkin B) faqat arab va fors-tojik tillardan olingan so’zlargina sinonim bo’la oladi. C) o’zlashma so’zlar qaysi tildan olinganligidan qat’i nazar, o’zaro sinonim bo’la oladi. D) o’zlashma so’zlar faqat o’zbekcha so’zlar bilangina o’zaro sinonim bo’lishi mumkin 19. Qaysi ta’rif sinonimlarga xos? A) shakli bir xil, ma’nosi har xil so’zlar B) bir tushuncha doirasidagi turli ma’no qirralarini anglatuvchi so’zlar. C) zid ma’noli so’zlar D) aytilishi va ma’nosi bir xil so’lar 20. Quyidagi qatorlarning qaysi birida salbiy bo’yoqdor so’zlar berilgan? A) yaxshi, chiroyli, shirin, xursand B) yomon, xunuk, bemaza, xafa C) badburush, naynov, qiltiriq, bashara, satang D) B va C 21. Quyidagi gapda bor-yo’q juft so’zi qaysi ma’noda qo’llangan? Kutubxonadan bor-yo’g’i bitta kitob olib o’qigan. A) bisot B) boylik C) faqat D) barcha 22. O’zaro sinonim bo’lgan quyidagi so’zlardan qaysi biri xavfli so’zi bilan sinonim bo’la oladi? A) vazmin B) og’ir C) bosiq D) sipo 23. Mufassal so’zining lug’aviy ma’nosi qaysi javobda to’g’ri izohlangan? A) uzuliksiz, to’xtovsiz B) mutloq, aniq C) qisqa, lo’nda D) to’liq, batafsil 24. O’zaro sinonim qo’shimchalardan iborat qatorni toping. A) –ki, -im, -di, -da B) –ma, -k, -roq, -tir C) –ser, -ba, -li, -dor D) –dir, -giz, -loq, -lash 25. Quyidagi qaysi so’zlar tilimizda o’z sinonimlariga ega? A) bug’doy, yetim B) qizil, arpa C) non, tanimoq D) qadam, tomchi 26. Amr –farmon –buyruq sinonimik qatori qaysi yo’l bilan hosil bo’lgan? A) turli shevalardagi so’zlarning abadiy tilga o’tishi natijasida B) eskirgan va yangi so’zlar hisobiga C) so’zlarning ijobiy va salbiy bo’yoq kasb qilishi natijasida D) boshqa tillardan so’z o’zlashtirilishi natijasida 27. O’zaro sinonim so’zlarni toping. A) shoshilmoq, oshiqmoq, matonatli B) chidamli, matonatli, toqatli C) chin, haq, aniq D) bedarak, dardlashmoq, benomnishon 28. Odat –udum –taomil –urf –rasm so’zlari shakli va ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’zlar? A) sinonim so’zlar B) omonim so’zlar C) zid ma’noli so’zlar D) shakli o’xshash so’zlar 29. Manglaying oq bo’lsin, yarqiroq bo’lsin (A.O) misrasi birinchi so’zining doimiy sinonimini toping. A) toleing B) iqboling C) yo’llaring D) peshanang 30. Bahor –ko’klam sinonimik qatordagi asl turkiy so’zni toping. A) ikkalasi ham asl turkiy so’z B) ikkalasi ham asl turkiy so’z emas. C) „bahor“ asl turkiy so’z D) „ko’klam“ asl turkiy so’z 31. Ko’lanka so’zning ma’nodoshi qaysi? A) sharpa B) soya C) haykal D) ko’lmak 32. Sinonim so’zlar bor gapni toping. A) Hunarli er xor bo’lmas, do’st-dushmanga zor bo’lmas. B) Gul g’unchaligida xor ilondur (Fuzuliy) C) Hidi kelsa, mast bo’laylik handalakni(ng) bo’yiga (xalq qo’shig’i) D) Bulbul chamani sevar, odam – vatanni (maqol) 33. Sinonimlar ichidan asl turkiy so’zni toping. A) osmon B) ko’k C) samo D) falak Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling