Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika
Download 0.61 Mb.
|
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)
LEKSIKOLOGIYA (umumiy)
1. Ko‘chma ma’noga berilgan misolni aniqlang. A) daraxtning uchi B) qozonning qorasi C) kumush qish D) ko’rkam tabiat 2. Tong so’zining antonimini aniqlang. A) sahar B) shom C) oqshom D) bu so’zning antonimi mavjud emas 3. O‘z ma’noga berilgan misolni aniqlang. A) og’ir xo’rsinish B) jonli ijro C) filning qulog’I D) ariqning labi 4. Tamom, endi bu hayotning ismi armondir, armon Feruzaxon kelin bo`ldi: yig`lab qoldi Oqqo`rg`on. Ushbu misralarda ma’no ko`chishining qaysi usuli qo`llangan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 5. Lek Navioydek bobom bor… Ma’no ko’chishi turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) o’xshatish 6. Doniyor do’stimiz bir yil ichida ko’tarilib ketibdi. Ma’no ko’chishi turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa 7. So'z eskiradi, tushuncha esa saqlanadi va u boshqa so'z bilan nomlanadi. Gap qanday so'zlar ustida boryapti? A) arxaik so'zlar B) tarixiy so'zlar C) neologizmlar D) jargonlar 8. Yo’l bo’lsin, qizil qalpoqcha, buvingnikiga somsa olib ketyapsanmi? Ma’no ko’chishi turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa 9. Qaysi omonim so’z ikkidan ortiq ma’no anglatadi? A) et, kul, osh B) tuz, tush, och C) ko’r, tosh, bez D) yoq, o’t, yoz 10. Kamonning o’qi – aravaning o’qi Ma’no ko’chishi turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa 11. Shohrux repper o’z konsertida qo’shiqlarni jonli ijro etdi. Ma’no ko’chishi turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa 12. Qizilidan quy. Ma’no ko’chishi turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa 13. Uslubiy betaraf so’zlarni aniqlang. A) yong’oq, shirin, muhofaza B) tomir, soch, moviy C) televizor, archa, oson D) yaproq, dushvor, raqqosa 14. To’qson besh choy Ma’no ko’chishi turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa 15. Jamiyat a'zolari ishlatadigan so‘zlardan ma'nosi maxsuslashtirilib qabul qilingan atamani toping. A) undalma B) o‘timlilik C) qo’shimcha D) kasr 16. Ha, “boyvachcha”, qorningiz to’yib qoldimi? Ma’no ko’chishi turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) kinoya D) sinekdoxa 17. O‘zaro antonim so‘zlar berilgan qatorni toping. A) bebosh – boshsiz B) ketma - kelma C) chor – nochor D) yiqilmoq - turmoq 18. Osmonga tikilar million juft ko’zlar. Ma’no ko’chishi turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) kinoya D) sinekdoxa 19.
20. Qo’y, sovliq, qorako’l so’zlari o’zaro qanday so’zlar hisoblanadi?
21. Omonim so’z berilmagan bandni belgilang. A) qon B) so’l C) asal D) may 22. So’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi qanday ma’no sanaladi? A) grammatik ma’no B) qo’shimcha ma’no C) o’z (bosh) ma’no D) uslubiy ma’no 23. Qaysi qatorda omonim so’z berilgan? A) kunda B) gard C) nazar D) dard 24. Narsalar o’rtasidagi o’zaro o’xshashlik asosida ma’no ko’chishi qanday nomlanadi? A) vazifadoshlik B) metafora C) sinekdoxa D) metonimiya 25. Qaysi juftlik sinonim emas? A) ko’ppak-it B) ko’lanka-soya C) nasim-shabada D) nufus-obro’ 26. Omonim so’z berilgan bandni belgilang. A) qars B) mast C) ko’l D) siz 27.
28. Affiks omonimiya…
29. Omonim so’z berilgan bandni belgilang. A) on B) o‘y C) bosh D) sal 30. O’tamoq (begona o’tlardan tozalamoq) – o’tamoq (xarbiy xizmatni o’tamoq ) so’zlari qaysi bandda to’g’ri izohlangan? A) bir so’zning ikki xil bosh ma’nosi B) ikki so’zning shakliy tenglik hosil qilishi C) bir so’zning turli ma’nolari D) birdan ortiq so’zning shakl va ma’noda teng kelishi 31. Yaqin so’ziga sinonim bo’la oluvchi so’z qaysi bandda berilgan? A) chuqur B) toza C) qalin D) jadal 32. Qaysi juftlik paronim emas? A) yoriq-yorug’ B) yuvindi-yuvundi C) archish- artish D) o’tirmoq- o’ltirmoq 33. Grammatik ko’rsatkich qo’shilganda omonimligini qisman saqlab qoluvchi so’z… A) bog’ B) tortmoq C) chang D) o’t 34. 35. Gap (nutq birligi), gap ( ziyofat ) omonimlari qanday hosil bo’lgan? A) boshqa tildan so’z olish hisobiga B) polisemantik so’zlar orasidagi ma’noviy bog’lanish uzilishi natijasida C) grammatik qo’shimchalar qo’shilishi natijasida D) yangi leksema yasalishi natijasida 36. Qaysi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud? A) Bir so‘m qarz berib, ikki so‘m qilib oladigan sutxo‘rlar ko‘payib ketgan. B) Hiyla-nayranglaring endi o‘tmaydi, xo‘pmi? C) Yonida quroli bor-yo‘qligidan qat’i nazar qo‘lga olinglar. D) Qars ikki qo‘ldan chiqadi. 37. Olinma (o’zlashma) so’z bilan o’zbekcha so’zning omonimlik hosil qilishiga qaysi bandda misol keltirilgan? A) atlas B) qo’y C) ko’k D) tosh 38. Grammatik qo’shimcha qo’shilishi natijasida paydo bo’lgan omonimni toping. A) uloq B) qazilma C) changni D) qo’llanma 39. Qaysi qatordagi gapda paronimlarni qo`llash bilan bog`liq xatolik mavjud? A) To`rt devor asiri bo`lib o`tirishdan cho`lga borib ishlashni afzal ko`rdi. B) Kampir bolalarga bir qisimdan turshak berib, ularni maqtay ketdi. C) Saraton quyoshi adirdagi o`t-o`lanlarni quritdi. D) U ko`cha tomonga qaragan edi, dutor, tambur, g`ijjak, nay, doira ko`tarib kelayotgan kishilarni ko`rdi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling