Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika
Polisemiya va omonimiya haqida bildirilgan noto’g’ri mulohazalarni belgilang ( + yoki - )
Download 0.61 Mb.
|
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO’RA TURLARI
Polisemiya va omonimiya haqida bildirilgan noto’g’ri mulohazalarni belgilang ( + yoki - )
☼ Ko’p ma’noli va shakldosh so’zlar bir xil shaklga ega bo’lishi mumkin. + ☼ Ko’p ma’noli so’zlarda ham, shakldosh so’zlarda ham ichki ma’noviy bog’lanish bo’ladi.- ☼ Polisemiya va omonimiya hodisalari tilning boshqa-boshqa bo’limlarida o’rganiladi.- ☼ Ko’p ma’noli so’zlar, odatda, har xil turkumga mansub bo’ladi.- ☼ Ko’p ma’noli so’zlar orasidagi ma’noviy bog’lanish yo’qolishi natijasida shakldoshlar hosil bo’lishi mumkin.+ ☼ Bir so’z ayni vaqtda yo ko’p ma’noli, yoki shakldosh bo’ladi. Bir paytning o’zida har ikkisi ham bo’lishi mumkin emas.- ☼ Qo’y I (hayvon) va qo’y II (piyolani qo’y) omonimlari bir xil qo’shimchani qabul qila olmaydi.+ ☼ Tez yugurmoq va tez kunlarda birikmalaridagi tez so’zi omonim so’z emas.+ SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO’RA TURLARI 1. Sinonimlar qatorini toping. A) Afsus, afsuslanmoq, pushaymon, attang B) Yaxshi, durust, tuzuk, ma’qul C) Yuz, aft, bashara, chehra, husn D) ko’z, nigoh, boqmoq, qaramoq. 2. Yog’li ko’p ma’noli so’zi qaysi qatordagi so’z bilan sinonim bo’la oladi? A) yog’siz B) serdaromad C) to’kin D) mo‘l 3. Qaysi qatordagi juftlik antonim emas? A) yaxshi-yomon B) uzun-qisqa C) erta-kech D) oldi-olmadi 4. Lug’aviy birliklar qaysi qatorda berilgan? A) sotib olmoq B) boshga ko‘tarmoq (ibora) C) oppoq paxta D) A va B 5. Yengil ko‘p ma’noli so‘zi quyidagi qaysi so‘z bilan antonimik munosabatda bo‘la oladi? A) pardek B) yumshoq C) Vazmin D) kuchsiz 6. Qatnashchilarni so‘zi qaysi qatorda ma’noli qismlarga to‘g’ri ajratilgan? A) qatnash-chi-lar-ni B) qatna- sh- chi- lar- ni C) qat-na-sh-chi-lar-ni D) qatna-sh-chilar-ni 7. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Bosh ma’noli va ko‘chma ma’noli so‘zlar. B) Omonim, antonim, sinonim so‘zlar. C) Zamonaviy so‘zlar, eski so‘zlar, yangi so‘zlar. D) Tarixiy va arxaik so‘zlar. 8. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi? A) zebo-barno B) o‘ramoq-chirmamoq C) yozuvchi-shoir D) ma’no-mazmun 9. Qaysi qatordagi ibora “qo‘rqib ketmoq” so‘ziga sinonim bo‘la oladi? A) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi. B) Kapalagi uchib ketdi. C) Tepa sochi tikka bo‘ldi. D) Sabr kosasi to‘ldi. 10. Yod so‘zining sinonimi qaysi qatorda berilgan? A) begona B) uxla (buyruq fe’li) C) xotira D) A va C 11. Qaysi gapda “mo‘ysafid” so‘zini sinonimi bilan almashtirib bo‘lmaydi? A) Chol hassaga tayanib, sekin-asta qadam tashlar edi. B) keksalar bilan maslahatlashdim. C) Nuroniy chollar davra to‘rida D) Uning oti ancha qari edi. 12. O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi so‘zlardan qaysi biri uslubiy jihatdan betaraf? A) turq B) oraz C) ruxsor D) yuz 13. Quyidagi sinonimk qatordagi asosiy so‘zni toping. A) ulkan B) katta C) yirik D) ulug‘ 14. Sinonimik qatordagi asosiy so‘z boshqa so‘zlardan qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi? A) Shu qatordagi boshqa so‘zlarga nisbatan ko‘proq ishlatiladi. B) Turli qo‘shimcha belgi-xususiyatlarga nisbatan betaraf. C) Barcha uslublarda qo‘llana oladi. D) A, B, C 15. Qaysi qatorda faqat sinonim so‘zlar berilgan? A) xavfli, xavotirli, qo‘rqinchli, barakali B) xayrlashmoq, xabarlashmoq, xushlamoq, Bidolashmoq C) sabab, vaj, bahona, bois D) ruxsat, javob, izn, haq 16. Sinonim sifatlar berilgan qatorni aniqlang. A) cheksiz, behad, bardoshli, benihoya B) chopqir, chopag‘on, metin C) uyat, nomus, g‘urur, hayo D) sezgir, ziyrak, tuyg‘un, hushyor, sergak 17. Quyidagi sinonim so‘zlarning qaysi biri keng qo‘llaniladi? A) ivirsiq B) isqirt C) irki D) iflos 18. Birgina so‘z birdan ortiq sinonim qatorda ishtirok etishi mumkinmi? A) Bir so‘z faqat bir sinonim qatorda ishtirok etishi mumkin. B) Birdan ortiq sinonimik qatorda ishtirok etgan so‘zlar bir so‘z hisoblanmaydi. Ular omonimlarga aylangan bo‘ladi. C) Bir so‘z birdan ortiq sinonimik qatorda ishtirok etishi mumkin. D) Bir ma’noli so‘zlargina ishtirok etishi mumkin. 19. Quyidagi sinonimik qatordan nisbatan keyin paydo bo‘lganini belgilang. A) xomcho‘tlamoq B) taxminlamoq C) chamalamoq D) tusmollamoq 20. Bir sinonimik qatorga mansub quyidagi so‘zlarning ijobiy ma’noga egasini belgilang. A) bet B) aft C) bashara D) chehra 21. Quyidagi bir sinonimik qatorga mansub so‘zlarning bosh so‘zini belgilang. A) taxt B) tayyor C) hozir D) shay 22. Quyidagi sinonim so‘zlarni qaysi so‘z o‘zaro bog‘lab turibdi? A) tulki B) ayyor C) qilviri D) tullak 23. Sinonim so‘zlar qatoridan nisbatan eskirganini belgilang. A) sozanda B) muzikachi C) mashshoq D) cholg‘uchi 24. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri bir sinonimik qatorga mansub emas? A) pushaymon B) attang C) nadomat D) afsuslanmoq 25. Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila Navoyining ushbu misralarida qo‘llanilgan ranj va ganj so‘zlarining sinonimlari qaysi javobda berilgan? A) Mehnat va qarz B) Mashaqqat va boylik C) Alam va xazina D) Ozor va intilish 26. Qaysi ibora xo‘rlandi so‘ziga sinonim bo‘ladi? A) Tepa sochi tikka bo‘ldi. B) Yuragiga sig‘may qoldi C) Oyoq osti bo‘ldi D) Mum tishlab qoldi 27. Tilda bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanuvchi bir necha so‘z qanday nomlanadi? A) Ko‘p ma’noli so‘zlar B) Omonimlar C) Sinonimlar D) Antonimlar 28. Berilgan sinonimlardan asosiy so‘zni aniqlang. A) ilgari B) oldin C) avval D) burun 29. Qimmat so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘la oladigan iborani belgilang. A) Oshig‘i olchi B) Mehri baland C) Suv tekin D) Bozori chaqqon 30. Bezovta so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘la oladigan iborani belgilang. A) Ko‘zi och B) Qo‘li ochiq C) Ko‘ngli to‘q D) Cho‘ntagi baquvvat 31. Qaysi qatorda “yupqa” so‘zining antonimi ishlatilgan? A) Sovg‘ani qalin qog‘ozga o‘rab, uy tomon shoshildim. B) Salim bilan Valijon qalin o‘rtoq. C) Uning sochlari juda qalin. D) Soraxon uchun quda tomondan juda katta qalin puli so‘raldi. 32. Kimdir qattiq yo‘taldi. Ushbu gapdagi qattiq so‘zining antonimi qaysi qatorda berilgan? A) sekin B) A va D C) baland ovozda D) past ovoz 33. Antonimlar berilgan qatorni toping. A) Ruxsat bermoq-taqiqlamoq, savodli-savodsiz, ilik-ilk B) Sho‘x-yuvosh, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan, dovon-devon C) Kamtar, ishchan, epchil D) Erinchoq-g‘ayratli, tepsa tebranmas-epchil, sho‘x-qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan 34. Quyidagi antonimik juftliklarning birida salbiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan so‘z bor? A) yaxshi-yomon B) chiroyli-badbashara C) xursand-xafa D) shirin-bemaza 35. Antonim sifatlar ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) Adolatli podsho hech vaqt mag‘lub bo‘lmas B) Otabekka O`zbek oyim tarafidan kirish uchun ruxsat berilgan edi. C) Ish suroati tobora jadallashmoq. D) Achchiq savol berib, shirin javob kutma 36. Antonimlar qaysi qatorda berilgan? A) Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l. B) Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam: hamma boylar kabi ayyor, mug‘ambir. C) Tok zangi qayishga o‘xshaydi, egila beradi. Boboqul otaning zangi eshitilmaydigan bo‘ldi. D) Nuri onasini yolg‘iz uchratib, sekingina maqsadini aytdi. 37. O`tkir zehnli, o‘tkir bolta, o‘tkir hidli kabi birikmalardagi o‘tkir so‘zi ma’nosiga ko‘ra qanday so‘z? A) omonim B) sinonim C) antonym D) ko‘p ma’noli so‘z 38. Aytilishi bir-biriga yaqin, ammo ma’nosi har xil so‘zlar qanday nomlanadi? A) sinonim B) omonim C) antonym D) paronim 39. Bir so‘z turkumi doirasida omonim hosil qiluvchi so‘zlarni toping. A) o‘t, yoz B) oq, soch C) to‘y, kuch D) sir, bog‘ 40. Omonim so‘zlar berilgan qatorni toping. A) Do‘st, o‘rtoq, birodar, og‘ayni B) Bosh, katta, kam, sog‘, tez C) Yara, son, kul, soz, shim D) Yig‘lamoq, shirin, go‘zal, nam 41. Bir so‘z turkumi doirasida o‘zaro omonim bo‘lgan so‘zlarga grammatik shakllar qo‘shilganda ham omonimlik munosabatini saqlab qoladimi? A) Saqlab qoladi. B) Grammatik shakllar qo‘shilguncha omonim munosabat saqlanadi. C) Grammatik shakllar omonimlik munosabatini bartaraf etadi. D) O`zaro omonim munosabat bo‘lmaydi. 42. Ikki yoki undan ortiq so‘zning shakliy munosabati va talaffuziga ko‘ra o‘zaro birlik hosil qilishi qaysi hodisalar uchun xos? A) Sinonimlar uchun B) Antonimlar va ko‘p ma’nolilik uchun C) Omonimlar uchun D) Paronimlar uchun 43. Quyidagi fraze’logik birliklardan qaysi biri omonimlik xususiyatiga ega? A) Yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq. B) Og‘zi qulog‘ida bo‘lmoq. C) Boshga ko‘tarmoq. D) Boshida yong‘oq chaqmoq. 44. Omonim so‘zlar qaysi qatorda qo‘llangan? A) Sovuq, bosh, oltin B) Yordam, ko‘mak, madad C) Yosh, zang, to‘p D) Qiziqmoq, bog‘lamoq, ko‘karmoq 45. Birdan ortiq so‘zning bir xil talaffuz etilishi va yozilishi natijasida qanday so‘zlar hosil bo‘ladi? A) Ko‘p ma’noli so‘zlar B) Sinonimlar C) Omonimlar D) Antonimlar 46. Paronim so‘zlar berilgan qatorni toping. A) katta-kichik, baland-past B) qala-qal’a, tana-ta’na C) yuz, bet, aft, bashara D) o‘t, tuz, tush 47. Asr-asir, o‘quv-uquv, tajriba-tarjima Ushbu juftliklar leksikologiyada qanday nomlanadi? A) sinonimlar B) antonimlar C) omonimlar D) paronimlar 48. Qanday so‘zlarga paronim so‘zlar deyiladi? A) Qarama-qarshi ma’noli so‘zlar. B) Aytilishi bir-biriga yaqin, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar. C) Aytilishi Ba yozilishi bir xil, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar. D) Shakli bir xil, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan bo‘lgan so‘zlar. 49. Paronim so‘zlar berilgan qatorni toping. A) Ahil-ahl, asil-asl, katta-kichik B) Abadiy, mangu, abadiy-Baqtincha C) Achchiq-shirin, amir-amr, adil-adl D) Azim-azm, abzal-afzal, asir-asr 50. Dalil-dadil so‘zlari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar hisoblanadi? A) sinonimlar B) antonimlar C) omonimlar D) paronimlar 51. Teri-tire. Ushbu so‘zlar ma’no munosabatiga ko‘ra qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) Ikkalasi ham bir so‘z bo‘lib, biri orfografik jihatdan xato yozilgan. B) Biri boshqa tildan olingan bo‘lib, o‘zaro sinonim so‘zlar. C) O`zaro antonim so‘zlar. D) O`zaro paronim so‘zlar. 52. Qaysi qatorda yondosh o‘rnida uning paronimi qo‘llangan? A) Yo‘lga yondash anhor shovullab oqadi. B) Yaxshiga yondash, yomondan qoch. C) Masalaga to‘g‘ri yondashmoq kerak. D) Durdona dugonalariga yondashib, soy bo‘yiga yo‘l oldi. 53. So‘zning ko‘chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi? A) So‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi. B) Nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi. C) Morfologik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi. D) Sintaktik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi. 54. Quyidagi so‘zlarning qaysi birida tomoq so‘zi ko‘chma ma’noga asoslangan? A) Yigit kelganini bildirib, tomoq qirib qo‘ydi. B) Bemorning tomog‘idan suv ham o‘tmay qoldi. C) Xo‘ra oshdan o‘lar, to‘ra tomoqdan. D) Kechga borib tomog‘im og‘rib qoldi. 55. Quyidagi sinonimik qatorga mansub so‘zlarning qaysi biri ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) ayyor B) hiylagar C) shayton D) mug‘ombir 56. Tobe so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llangan qatorni toping. A) Keng ko‘cha, chiroyli uy, achchiq sovuq B) Kumush qoshiq, temir intizom, tilla soat C) Kumush qish, qora sovuq, tilla bola D) Tikansiz gul, qo‘li gul, gul o‘tqazdim 57. Quyidagi gapda bog‘lamoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Dasturxonga shira bog‘lagan oltinrang uzum qo‘yildi. A) tugmoq B) ulamoq C) yig‘moq D) o‘ramoq 58. Picha un topib kelsam, qozon ossak qanday bo‘lar ekan-a? Bola rangi bo‘zarib ketsa ham un chiqarmasdi. Ushbu gaplarda un so‘zi ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi? A) ko‘p ma’noli B) omonim C) sinonim D) antonim 59. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro sinonim emas? A) zeb, ziynat B) nafis, nozik C) mustahkam, mahkam D) puxta, pishiq 60. Qanday ma’no so‘zning bosh ma’nosi hisoblanadi? A) So’zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi. B) So‘zning nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglatgan ma’nosi. C) So‘zning ko‘chma ma’nolaridan biri. D) So‘zning gap tarkibidagi anglatgan ma’nosi. 61. Qanday so‘zlar bosh ma’no va ko‘chma ma’noga ega bo‘ladi? A) bir ma’noli so‘zlar B) ko‘p ma’noli so‘zlar C) atamalar D) barcha mustaqil so‘zlar 62. Bir ma’noli so‘zlar qaysi qatorda berilgan? A) ko‘z, qosh B) og‘iz, bosh C) etak, oyoq D) yashil, ravish 63. Ko‘p ma’noli so‘zlar qatorini toping. A) men, sen B) besh, o‘n C) ota, ona D) tomir, yoqa 64. Quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi biri metonimik ma’no ifodalaydi? A) U tarvuzning bir pallasini yedi. B) Qishloq markazida samovar ochildi. C) Derazaning singan ko‘ziga plyonka tortilgan. D) Maktabning biqinida kasalxona bor. 65. Quyidagi iboralarning qaysi biri uzun so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘ladi? A) ikki enlik B) ikki odim C) ikki qadam D) bir chimdim 66. Gaplardagi ajratilgan so‘zlarning qaysi biri metaforik ma’noga ega? A) Qo‘shni dalada yordamchi talabalar paxta terishar edi. B) U ikki bor turmushga chiqdi, biroq, tirnoq yuzini ko‘rmadi. C) Uning yelkasiga tushgan sochlariga pilik tiqilgan edi. D) Sizlar liseyimizning qaldirg‘ochlari bo‘lasizlar. 67. Metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chgan gapni aniqlang. A) O‘choq og‘zida o‘tga qo‘yilgan qora qumg‘on varaqlab qaynamoqda edi. B) Yurtimizga kuz keldi. C) Tuyog‘imiz ko‘paysa ko‘paydiki, kamaygani yo‘q. D) To‘g‘riga zavol yo‘q. 68. Sinonimik qatorni belgilang. A) yoz, o‘t, kech B) belgi, nishon, alomat C) kumush, mayin, o‘tkir D) to‘r, uch, xayr 69. So‘zlarning kelib chiqish, paydo bo‘lish yo‘llarini o‘rganuvchi sohaning nomi qaysi qatorda ko‘rsatilgan? A) leksikologiya B) leksikografiya C) frazeologiya D) etimologiya 70. Qaysi qatordagi ta’rif sinonim so‘zlarni aks ettiradi? A) Shakli bir xil, ma’nosi har xil so‘zlar B) Bir tushuncha doirasidagi turli ma’no qirralarini anglatuvchi so‘zlar C) Zid ma’noli so‘zlar D) Aytilishi va ma’nosi bir xil so‘zlar 71. Berilgan sinonimlardan bosh so‘zni aniqlang. A) boqmoq B) termilmoq C) nazar solmoq D) qaramoq 72. Ot (ism), ot (hayvon), ot (fe’l). Uchala o‘rinda qo‘llangan ot so‘zining mohiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang. A) Bir xil shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z. B) Bir xil ma’noga ega bo‘lgan yagona so‘z. C) Bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling