Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika


Download 0.61 Mb.
bet17/31
Sana25.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1231340
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)

IBORA VA TASVIRIY IFODA

1. Zamon jihatdan nisbatan so’ng yuzaga kelgan tasviriy ifodani toping.


A) peshana teri B) peshanada bori
C) palahmon toshi D) charm to’p ustalari

2. Quyidagi iboralardan qaysi biri bog’lovchi bilan sinonim bo’la oladi?


A) shunga qaramay B) bo’lsa, bordir
C) u yoqda tursin D) ammamning buzog’i

3. Qaysi ibora xo’rlandi so’ziga sinonim bo’ladi?


A) tepa sochi tikka bo’ldi
B) yuragiga sig’may qoldi
C) oyoq osti bo’ldi
D) mum tishlab qoldi

4. Qaysi qatordagi frazeologizmalar hayratlanish ma’nosini bildiradi?


A) yoqasini ushalmoq, og’zi ochilib qolmoq
B) o’zini qo’ygani joy topa olmaslik, yuragiga g’ulg’ula tushmoq
C) oyoq osti qilmoq, mayna qilmoq
D) ko’ziga qon to’lmoq, ko’zining paxtasi chiqmoq

5. Quyidagi predmet nomlaridan bir tasviriy ifoda orqali ifodalanadiganini belgilang.


A) ko’mir, neft B) bahor, boychechak
C) matematika, shaxmat D) A va C

6. Ma’lum hududdagina ishlatib, faqat shu erda yashovchi kishilarga tushunarli bo’lgan so’zlar qanday ataladi?


A) atamalar B) paronimlar
C) terminlar D) shevaga xos so’lar

7 . Quyidagi xususiyatlarni qaysi biri iboralarga xos?


1) sinonimlik 2) antonimlik 3) omonimlik
A) 1,2,3 B) 2,3 C) 1 D) 1,3

8. Qaysi qatordagi so’zning tasviriy ifodasi noto’g’ri berilgan?


A) fazogirlar-samo lochinlari
B) paxta-dala malikasi
C) rassomlar-mo’yqalam sohiblari
D) archa-o’rmon malikasi

9. Quyidagi iboralarnig qaysi biri uzun so’zining antonimi bilan sinonim bo’ladi?


A) ikki enlik B) ikki odim
C) ikki qadam D) bir chimdim

10. Quyidagi iboralarning qaysi biri ruhiy holat natijasini ifodalaydi?


A) dumini tugmoq B) ko’zlar yashnamoq
C) ko’z tikmoq D) qo’li egri

11. Qimmat so’zining antonimi bilan sinonim bo’la oladigan iborani toping.


A) oshig’i olchi B) mehri baland
C) suv tekin D) bozori chaqqon

12. Bezovta so’zining antonimi bilan sinonim bo’la oladigan iborani toping.


A) ko’zi och B) qo’li ochiq
C) ko’ngli to’q D) cho’ntagi baquvvat

13 . 1.Ko’z ochirmay sovuq shiddat bilan qoqar qanotin. 2.Qachon uyni bo’shatasiz, deb ko’z ochirmay qo’ydi. 3.Ishlikning ishi bitar, ishsizning kuni o’tar. 4.Tomorqadan qolgan daromad bilan oilasining kuni o’tar edi.


Ushbu gaplardagi ostiga chizilgan birliklar qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?
A) Ko’z ochirmoq, kuni o’tmoq iboralari ko’p ma’noli bo’lib, ikki ma’noda qo’llangan?
B) Ko’z ochirmoq, kuni o’tmoq iboralari omonim xususiyatga ega bo’lib, gaplarda mustaqil ma’noda qo’llangan.
C) ikkita ibora to’rtta gapda qo’llangan
D) so’z birikmalari bilan iboralar omonimik birlik hosil qilgan.

14. Qaysi qatorda ibora yo’q?


A) Ming cil masala bilan bosh qotirishga to’g’ri keladi.
B) Tepa sochi tikka bo’ldi.
C) Hammamiz bir yoqadan bosh chiqaraylik.
D) O’rmon malikasi-archani ehtiyot qiling.

15. Tasviriy ifoda qaysi qatorda?


A) Kechdan beri Marasul to’nini teskari kiyib oldi.
B) Saidaning yuragiga qil sig’maydi.
C) Anorxon, so’zimga birpas quloq osasizmi?
D) Aql gimnastikasi –matematikani seving.

16. Qaysi qatorda lug’aviy birliklar nomi sanalgan?


A) tovush, qo’shimcha, so’z
B) qo’shimcha, so’z, ibora, gap
C) so’z, ibora, gap
D) so’z, ibora.

17. “Oralaridan mushuk o’tdi” iborasi qanday ma’noni bildiradi?


A) quvlamoq B) uzoqqa bormoq
C) hayvon boqmoq D) urishb qolmoq.

18. Quyida ko’rsatilgan xususiyatlardan qaysi biri frazeologik birikmaga xos?


A) nutq jarayonnida hosil qilinadi
B) lug’aviy birlik hisoblanadi
C) obrazliligi kuchli bo’ladi hamda xotirada xuddi so’zlar singari tayor holda saqlanadi.
D) B va C

19. Tasviriy ifodani toping.


A) Shu kuni darsdan keyin sinf majlisi bo’ldi.
B) Bu ish og’ir, nihoyatda og’ir edi.
C) Kerakli toshning og’irligi yo’q.
D) Mo’yqalam sohiblari ko’rgazmada qatnashdilar.

20. Sinonim iboralarni aniqlang.


A) yog’ tushsa yalagudek, toza, orasta
B) do’ppisini osmonga otmoq, og’iz qulog’ida, og’zining tanobi qochgan.
C) suvga tushgan bo’lka nondek, qo’y og’zidan cho’p olmagan, yerga ursa, ko’kka sakraydi.
D) yulduzni benarvon urmoq, tegirmonga tushsa butun chiqmoq, uddaburon

21. Qo’y og’zidan cho’p olmagan, og’zi qulog’ida, ammamning buzog’i iboralari qanday turkumdagi so’zlarga sinonim?


A) sonlarga B) fe’llarga C) sifatlarga D) otlarga

22. Iborani toping.


A) Singlim ukamning barmog’ini tishlab olibdi.
B) Karimaning avaylab olib kelayotgan tarvuzi qo’ltig’idan tushib ketdi.

C) Ikkala do’st gapni bir joyga qo’yib ish boshladi.


D) Usta hovli o’rtasidagi devorni buza boshladi.

23. Quyidagi predmet nomlaridan bir tasviriy ifoda orqali ifodalanganlarini belgilang.


A) ko’mir, yo’goch B) televizor, raketa
C) bahor, boychechak D) matematika, shaxmat

24. O’xshatishli birliklardan qaysi biri yarashmoq so’zi bilan birika oladi?


A) tomdan tarsha tushgandek
B) yog’ tushsa yalagudek
C) oyog’i kuygan tovuqdek
D) uzukka ko’z qo’ygandek

25. Quyidagi frazeologik birliklardan qaysisi omonimlik xususiyatiga ega?


A) yuragiga g’ulg’ula tushmoq
B) og’iz qulog’ida bo’lmoq
C) boshga ko’tarmoq
D) boshida yong’oq chaqmoq

26. Iborani aniqlang.


A) It bolaning barmog’ini tishlab olibdi.
B) Otaxonning avaylab olib ketayotgan tarvuzi qo’ltig’idan tushib ketdi.
C) Xabarni eshitib, tavuzi qo’ltig’idan tushib ketdi.
D) Qizcha oyisining etagidan ushlab borar edi.

27. Ikki va undan ortiq mustaqil so’zlar birikib, bir ko’chma ma’noni ifodalash uchun xizmat qilsa, u qanday birlik hisoblanadi?


A) qo’shma so’z
B) ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
C) frazeologik birikma
D) so’z birikmasi

28. Iboralar til fanining qaysi bo’limida o’rganiladi?


A) leksikologiyada B) fonetikada
C) morfologiyada D) frazeologiyada

29. Po’stagini qoqmoq iborasining sinonimini belgilang.


A) qattiq jazolamoq B) ayovsiz tanqid qilmoq
C) ozor yetkazmoq D) talabchan bo’lmoq

30. Ilonning yog’ini yalagan, qo’li egri, terisi qalin. Iboralari qanday turkumdagi so’zlarga sinonim?


A) otlarga B) sifatlarga C) fe’llarga D) sonlarga

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling