Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika
Berilgan misollarda so‘zning o‘z yoki ko‘chma ma’noda qo‘llanganligini aniqlang. Qavslar ichiga mos ravishda O‘ yoki K harflarini yozib chiqing
Download 0.61 Mb.
|
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QUYIDA BERILGAN SO‘ZLARNI KO‘CHMA MA’NODA QO‘LLANG.
- MATNDAGI MA’NO KO’CHISHI TURLARINI ANIQLANG. Soat 16:00 da ishdan
Berilgan misollarda so‘zning o‘z yoki ko‘chma ma’noda qo‘llanganligini aniqlang. Qavslar ichiga mos ravishda O‘ yoki K harflarini yozib chiqing.
( k ) qoshimga kel ( k ) radioning qulog‘i ( o’ ) qonning rangi ( k ) satr boshi ( o’ ) gulning hidi ( k ) achchiq haqiqat ( o’ ) dasturxonni yozmoq ( k ) ko‘ngilni yozmoq 9. ( k ) ovozi dag‘allashdi 10. ( o’ ) sochi dag‘allashdi 11. ( o’ ) baliqning dumi 12. ( k ) tog‘ning etagi 13. ( o’ ) suvning tarkibi 14. ( o’ ) ona mehri 15. ( k ) og‘ir kunlar 16. ( k ) baxtning kulishi QUYIDA BERILGAN SO‘ZLARNI KO‘CHMA MA’NODA QO‘LLANG. 1. ko‘z – uzukning ko’zi 2. qosh – 3. soch – 4. yuz –
5. issiq –
6. qora – 7. kitob – 8. tosh – 9. kulmoq – 10. yugurmoq – 11. temir – 12. oltin – 13. kumush – 14. zumrad – 15. etak – 16. sovuq – 17. quyosh – 18. yo‘l – 19. tom – 20. qish – 21. bahor – 22. oyoq – 23. bel – 24. tish – 25. lab – 26. qanot – 27. til – 28. bo’yin 29. gul – 30. shirin – 31. o’tirmoq – 32. egri - 33. tuz - 34. yoqa - 35. quloq – 36. burmoq - 37. cho’zmoq – 38. bemaza – 39. o’lmoq - 40. tug’ilmoq – 41. tez - 42. tilmoq - 43. qip-qizil – 44. bo’lmoq – 45. tor - 46. ulamoq – 47. tirnoq – 48. qo‘l – 49. yig‘lamoq – 50. dum – MATNDAGI MA’NO KO’CHISHI TURLARINI ANIQLANG. Soat 16:00 da ishdan (1) chiqdim. Kun bo’yi tuz (2) totganim yo’q. Shu bois uyga keldim- u, oshxonaga otildim (3). Biroq qozon bo’m- bo’sh edi. Ovqat tayyorlashga kirishdim. Piyoz archayotib, o’zimda kuchsiz (4) og’riqni sezdim.Qarasam, qo’limni (5) biroz kesib olibman. Bir soatda ovqat tayyor bo’ldi. Ikki kosani (6) paqqos tushirdim. Biroz uyqu bosdi(7). Ko’rpaga cho’zildim (8). Uxlab, shirin (9) tush ko’ribman. Tushimda ramazon(10)aytib yurgan emishman. Endi pul berishayotgan edi, birdan uyqum qochib (11), uyg’onib ketdim. Afsus… 1-metonimiya 2-sinekdoxa 3-metafora 4-metafora 5-sinekdoxa 6-metonimiya 7-metafora 8-metafora 9-metafora 10-metonimiya 11- metafora 1. Leksikologiya bo‘limi nimani o‘rganadi? A) so‘zlarning shakliy tomonini B) so‘z va uning ma’nosini C) so‘zlarning o‘zaro birikish usullarini D) so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini 2. So‘z ma’nosi va u bilan bog‘liq o‘zgarishlar qaysi bo‘limda o‘rganiladi? A) leksikologiya B) leksikografiya C) etimologiya D) frazeologiya 3. So‘zning ko’chma ma’nosiga qaysi bandda misol berilgan? A) chiroqning piligi B) kitobning varag‘i C) so‘zning mag‘zi D) xonaning kengligi 4. Shaxs yoki predmetning nomi o‘rnida biror bo‘lak orqali o‘sha tushunchani berish ko‘chishning qaysi turiga xos? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 5. Metonimiya yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan so‘z qatorini toping. A) Egarning qoshi naqshdor edi. B) Hademay suruvda tuyoqlar ko‘payadi. C) Qabr ustida butun Hirot yig‘ildi. D) Bulbulning ishqi gulda. 6. Metafora uchun berilgan misolni toping. A) Bilim hamisha farazlardan boshlanadi. B) Mehribon qo‘llar hamisha sizni qo‘llab- quvvatlaydi C) Dasturxonga boqqan do‘st emas. D) Daryoning yoqasida bir chol o‘tin terardi. 7. Sinekdoxa yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan so‘zni aniqlang. A) Quvnoq tongning oltin bo‘sag‘asida Tong kutar ming-ming ko‘z. B) Eski buloqning ko‘zi ochildi C) Do‘stlar suhbati qizidi. D) Fuzuliyni oldim qo‘limga Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi. 8. Metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chishi qaysi javobda berilgan? A) Qarasam, uyimiz boshqacha bo‘lib, ketibdi; devorlar oqlangan, uyning singan derazasiga yangi ko‘z solingan. B) Kechga yaqin tog‘ tomondan sovuq shamol esa boshladi. C) U har to‘g‘rida tinimsiz gapirib, gapni gapga ulab yuboradi. D) A va C 9. Sinekdoxa yo‘li bilan ma’no ko‘chishini aniqlang. A) Yoshlarni fan choqqilarini egallashiga undadi. B) Uning zehni juda o‘tkir, o‘zi tirishqoq edi. C) Men ham tirnoqqa zor emasman. D) Har bir kishining ko‘zi cho‘l tomonga tikilgan edi. 10. Quyidaig o‘xshatishlarning qaysi biri metafora yo‘li bilan hosil bo‘lgan? A) yong‘oq (daraxt ma’nosida) B) xazon bo‘lmoq (o‘lmoq ma’nosida) C) oqsoqol (katta ma’nosida) D) besh qo‘l (barmoq ma’nosida) 11. Eshitgan quloq nima deydi? Ushbu gapda ko‘rsatilgan ma’no ko‘chishning turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 12. Ushbu gapda ma’no ko‘chishning qaysi turi mavjud? Dasturxonga qarang. A) vazifadoshlik B) kinoya C) metafora D) metonimiya 13. Ushbu gapda ma’no ko‘chishning qaysi turi mavjud? Fevralning etaklarida kun ilib ketdi. A) sinekdoxa B) kinoya C) metonimiya D) metafora 14. Nima qilay, aylanay? Meni u eshikka qadam bostirishmaydi. Ushbu gapda ko‘rsatilgan ma’no ko‘chishning turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 15. Quyidagi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi biri metonimik ma’no ifodalaydi? A) U tarvuzning bir pallasini paqqos tushirdi. B) Qishloq markazida samovar ochildi. C) Derazaning singan ko‘ziga plyonka tortib qo‘yilgan. D) Maktabning biqinida kasalxonaning bo‘lishi gigiyenaga xilofdir. 16. So‘z ma’nosining ko‘chishi qaysi qatorda tarixan keyinroq yuzaga kelgan? A) ko‘ylak yoqasi B) uzukning ko‘zi C) talabaning dumi D) piyolaning labi 17. Sinekdoxa asosida ma’no ko‘chish qaysi qatorda berilgan? A) Dasturxonga qarang, mehmon B) O‘pkasini rentgen apparatida tekishirish kerak ekan. C) Jussasi ushoqqina bu odam kishiga tik boqar edi. D) Kechgacha tuz totmadi. 19. Ayvon yonida tik turadi gapidagi yonida so‘zida qanday ma’no ko‘chishi bo‘lgan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) ma’no ko‘chishi bo‘lmagan. 20. Shirin xayollarga berildi gapidagi sifatda qanday ma’no ko‘chishi bo‘lgan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 21. Mehmon kelib, kasalning oyog‘iga o‘tirdi. Ushbu gapdagi oyoq so‘zida ma’no ko‘chishi sodir bo‘lgan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 22. Allaqanday qo‘llar uni suyab-surgab, amal kursisiga o‘tqazib qo‘ydi. Bu gapdagi qo‘llar so‘zida ma’no qanday yo‘l bilan ko‘chgan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 23. Qaysi bandda o‘xshatishga misol berilgan? A) Sening ko‘zlaring buvijonimni yodga soladi. B) O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston, Bo‘stonlarda bitgan guliston. C) Anorlar dard kabi yorilar. D) Men yoshlikni bahorga qiyoslagim keladi. 24. 1) Oshda ko’rinmadingiz? 2) Bugun qattiq ishladik. 3) Shu kuni bobomning yilini ham o’tkazdik. 4) Zarba. Va to’p darvozada. 5) Do’ppi menga tor keldi. Yuqoridagi gaplarda ma’no ko’chishining qaysi turi mavjudligini aniqlang. A) 1.Metafora 2. Metonimiya 3. Metonimiya 4. Sinekdoxa 5. Metafora B) 1.Metonimiya 2.Metafora 3.Metonimiya 4.Vazifadoshlik 5.Sinekdoxa C) 1. Metafora 2. Sinekdoxa 3. Sinekdoxa 4.Metonimiya 5. Metafora D) 1. Sinekdoxa 2. Metafora 3. Metonimiya 4.Vazifadoshlik 5. Sinekdoxa Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling