Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika


Download 0.61 Mb.
bet12/31
Sana25.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1231340
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)

SO‘Z MA’NOSI KO‘CHISHI
1. Metonimiya yo‘li bilan ma’no ko‘chishi nimaga asoslanadi?
A) o‘xshashlikka
B) aloqadorlikka
C) vazifadoshlikka
D) butun va qism munosabatiga

2. Metafora yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan so‘zni aniqlang.


A) O‘choq og‘zida o‘tga qo‘yilgan qora qumg‘on varaqlab qaynamoqda edi.
B) Butun litseyga ovoza bo’ldi.
C) Tuyog‘imiz ko‘paysa ko‘paydiki, kamaygani yo‘q.
D) Bugun marhumning yettisi.

3. Bitta shu tuyoq bilan oltita bolani boqadi.


Ushbu gapdagi ma’no ko‘chish yo‘lini toping.
A) so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llangan.
B) sinekdoxa yo‘li bilan ma’no ko’chgan
C) metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chgan.
D) metonimiya yo‘li bilan ma’no ko‘chgan.

4. Qaysi gapda metafora usuli bilan ma’no ko’chishi hosil bo’lgan?


A) Po’latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek gapirolmas edi.
B) Kelinchakdek bahor keldi.
C) Barcha gaplarda metafora usuli mavjud.
D) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.

5. Quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qay biri metonimik ma’no ifodalaydi?


A) U tarvuzning bir pallasini paqqos tushirdi?
B) Qishloq markazida samovar ochildi.
C) Derazaning singan ko‘ziga esa plyonka tortib qo‘yilgan.
D) Maktabning biqinida kasalxonaning bo‘lishi gigiyenaga xilofdir.

6. O’z jigariga ham rahm-shafqat qilmaydilar!


Ushbu gapda qanday ma’no ko’chishi mavjud?
A) metonimiya B) metafora
C) vazifadoshlik D) sinekdoxa

7. 1. Qaro ko’zum, kelu mardumlug’, emdi


fan qilg’il.
2. Chiroqning piligini pasaytir
3. Tuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin
Bolalarim yurar oyoq uchida
4 Poyiga ipakdan palak soldilar.
So’ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq.
5. To’y erta kuzaldi

Mazkur gaplarda ostiga chizilgan so‘zlarda qo’llangan ma’no ko’chishining miqdori va turini aniqlang.


A) 2 ta metafora, 1 ta sinekdoxa, 2 ta metonimiya, 1 ta vazifadoshlik
B) 1 ta metafora, 1 ta sinekdoxa, 1 ta metonimiya, 1 ta vazifadoshlik, 1 ta kinoya
C) 1 ta metafora, 1 ta sinekdoxa, 2 ta metonimiya, 1 ta vazifadoshlik
D) 2 ta metafora, 1 ta sinekdoxa, 2 ta metonimiya

8. Fuzuliyni oldim qo‘limga. Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi baytida Fuzuliy so‘zi o‘z ma’nosidan qaysi yo‘l bilan ko‘chgan?


A) sinekdoxa yo‘li bilan
B) metonimiya yo‘li bilan
C) vazifadoshlik yo‘li bilan
D) aks ma’noda qo‘llangan

9. Bir so‘zning matn mazmunidan kelib chiqib, bir necha ma’no ifodalashi qanday nomlanadi?


A) polisemiya B) omonimiya
C) sinonimiya D) frazelogiya

10. Quyidagi gaplarning qaysi birida tomoq so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan?


A) Yigit kelganini bildirb, tomoq qirib qo‘ydi.
B) Bemorning tomog‘idan suv ham o‘tmay qoldi.
C) Xo‘ra ochdan o‘lar, to‘ra-tomoqdan.
D) Kechga borib tomog‘im og‘rib qoldi.

11. Quyidagi gapda nozik so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Bu juda nozik ish, ehtiyotkorlik lozim.


A) mo‘rt B) qaltis
C) nazokatli D) ingichka

12. Metonimiya asosida ma’no ko‘chish qoidasi qaysi javobda berilgan?


A) shaxs yo predmetning nomi o‘rnida biror bo‘lak orqali o‘sha tushunchaning berilishi
B) shaxs-predmetni unga bog‘liq bo‘lgan boshqa nom bilan ifodalash
C) so‘zni aks ma’noda qo‘llash
D) biror predmet belgisining, harakatning o‘xshash tomonini boshqasiga ko‘chirish

13. Ko’mir (pista ko’mir) – ko’mir (qazilma boylik)


Ushbu gapda qanday ma’no ko’chishi mavjud?
A) metonimiya B) metafora
C) vazifadoshlik D) sinekdoxa

14. Metafora usulida ma’nosi ko‘chgan qatorni toping.


A) Fan cho‘qqilarini egallaymiz
B) O‘rik qiyg‘os gulladi.
C) Ko‘chalarimizda chiroq porladi.
D) Zal gurillab kulib yubordi.

15. Quyidagi gapda yozmoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Bostirmada Ziyodaxon supra yozib, un elab o‘tirar edi?


A) yoymoq B) aytmoq
C) tarqatmoq D) ijod qilmoq

16. Musulmonlar ro‘za tutadigan oy ham, shu oyda bolalar aytadigan qo‘shiq ham “ramazon“ deb yuritiladi. Bu ma’no ko‘chishining qaysi turiga misol bo‘ladi?


A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

17. Ko’k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko’yga solardi. (A.Qahhor) Ushbu gapda ma’no ko’chishining qaysi turi mavjud?


A) metonimiya B) metafora
C) mano ko’chishi kuzatilmaydi
D) sinekdoxa

18. Leksikologiya bo‘limi nimani o‘rganadi?


A) so‘zlarning shakliy tomonini
B) so‘z va uning ma’nosini
C) so‘zlarning o‘zaro birikish usullarini
D) so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini

19. So‘z ma’nosi va u bilan bog‘liq o‘zgarishlar qaysi bo‘limda o‘rganiladi?


A) leksikologiya B) leksikografiya
C) etimologiya D) frazeologiya

20. So‘zning ko‘chma ma’nosiga qaysi bandda misol berilgan?


A) nayzaning uchi B) varaqning rangi
C) yo‘lning yoqasi D) odamning maqsadi

21. So‘zning asl ma’nosiga qaysi bandda misol berilgan?


A) sovuq niyat B) sovuq xabar
C) sovuq nigoh D) sovuq havo

22. Qaysi bandda so‘zning atash ma’nosiga misol berilmagan?


A) qishloq – yashash joyi B) lola – gul
C) qora – rang D) toza – sifat

23. Qaysi gapda ko‘chma ma’noli so‘z qo‘llangan?


A) Har bir inson o‘z maqsadiga erishish uchun astoydil mehnat qilishi kerak.
B) Ahvolim yaxshi tomonga o‘zgarishi uchun hamma narsa qilib ko‘rdim.
C) Labi uchgan piyolalarni bir chetga joyladim.
D) Bolalar televizorning ekraniga mahliyo bo‘lib o‘tirishibdi.

24. Qaysi gapda ko‘chma ma’noli so‘z qo‘llanmagan?


A) Bulbulning shirali ovozi hammani maftun qilib qo‘ygan edi.
B) Ishimdan shikoyatim yo‘q, hammasi yaxshi.
C) Mana senga olam-olam gul, Etagingga sig‘ganicha ol.
D) Bu yigitning qo‘li gul ekan.

25. Ma’no o‘zgarishlarining qanday turi mavjud emas?


A) ma’no moslashishi B) ma’no torayishi
C) ma’no ko‘chishi D) ma’no kengayishi

26. So‘zning ko‘chma ma’nosi deyilganda nima nazarda tutiladi.


A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi
B) nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglashiladigan ma’nosi
C) morfologik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi
D) sintaktik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma’nosi

27. Qanday ma’no so‘zning bosh ma’nosi hisoblanadi?


A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi
B) so‘zning nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglatiladigan ma’nosi
C) so‘zning ko‘chma ma’nolaridan biri.
D) so‘zning gap tarkibidagi anglatgan ma’nosi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling