Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika
Bolalarim yurar oyoq uchida
Download 0.61 Mb.
|
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Besubut
- Dunyoda diyonat hali mavjuddir
- Tavallo
- Soyaga qarab to‘n bichma
- Qo‘yi mingga yetdi
Bolalarim yurar oyoq uchida. (M.Yusuf)
Ushbu satrda ma’no ko‘chishining qaysi ko‘rinishi bor? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 111. 1.Samovarda osh yedik. 2.Navoiyni kechadan beri ko‘tarib yuribman. 3. ”Rossiya”ga qanday borsam bo‘ladi? 4.Bulutlar orasidan quyosh kulib qaraydi. Ushbu gaplarda ma’no ko‘chishining qaysi ko‘rinishi bor? A) 1, 4-metafora;2, 3-metonimiya B) 1-sinekdoxa, 2, 3-metonimiya, 4-metafora C) 1, 2, 3-metonimiya, 4-metafora D) barchasi metonimiya 112. O‘zbekiston Respublikasining ”Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni necha moddadan iborat? A) 20 B) 24 C) 25 D) 26 113. Davlat tili haqidagi qonunning qaysi moddasida davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidasi va normalariga rioya etilishi qayd qilingan? A) 5-moddasida B) 7- moddasida C) 10-moddasida D) 16-moddasida 114. Tanimasman, ko‘rmasman, yot u men uchun, Baski biror do‘zaxidir, shilqim, besubut. Besubut so‘zi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) ko‘p gapiradigan B) yolg‘on gapiradigan C) uyalmaydigan D) va’dasida turmaydigan 115. Berilgan gaplarda dam so‘zi qanday so‘zlarga ma’nodosh bo‘la olishini mos ravishda aniqlang. 1. Bir dam o‘zini yo‘qotib, esankirab qoldi. 2. Ot pishqirgan damiga erir tog‘dagi qorlar. 3. Ibrohimov oyog‘ini yozgani o‘rnidan turdi va ayvonning damiga borib… uzoqdagi kaptarrang tog‘larga qaradi. 4. Xanjarini qinidan sug‘urib oldi-da, damini oydinga solib boqdi. A) lahza, nafas, tig‘, chet B) lahza, chet, nafas, tig‘ C) lahza, nafas, chet, tig‘ D) lahza, tig‘, chet, nafas 116. Dunyoda diyonat hali mavjuddir, Hali mard yigitlar yashab yuribdi. (A.Oripov) Ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nodoshini toping. A) vijdon B) haqiqat C) savob D) yorug‘lik 117. Yomon so‘zi qaysi gapda og‘ir, xatarli ma’nosida qo‘llangan? A) Hoy do‘stim, birovning do‘ppisini birovga uddalab kiygizish yomonmi? B) Ostonada turish yomon bo‘ladi, qizim, joyingizni bilib o‘tiring. C) Inoyat oqsoqol uni ko‘pchilik o‘rtasida yomon haqorat qilgan edi. D) Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab-hiqillab yotibdi. 118. Mulk so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llanmagan? A) Davlat mulkini, xalq mulkini ko‘z qorachig‘iday saqlashimiz kerak. B) Oybek qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning ma’naviy mulkiga aylandi. C) Husn mulkida kishi tanho bo‘lurmu muncha ham. D) barcha gaplarda mulk so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan 119. Sayramoq so‘zi qaysi gapda salbiy ma’noda qo‘llangan? A) Tolda chumchuq sayraydi, Tol bargini chaynaydi. B) Dutorimning torlari qo‘sh bulbuldek sayraydi. C) Bir zumda pulemyotlar sayrab ketdi. D) Jo‘ralari orasida ”shirinsuxanlik” bilan tanilgan Olimxon sayrayverdi. 120. Buning natijasi shu bo‘ldiki, To‘laganning qanshariga musht tushdi. Qanshar so‘zi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) peshonaning chekka qismi B) yuzning jag‘ qismi C) burunning ikki qosh o‘rtasidagi yuqori qismi D) boshning orqa qismi 121. 1. Kun qiyomdan og‘di. 2. Shavla qiyomiga yetib pishgan edi. 3. Kampir o‘ng qo‘liga nonni oldi-da, piyoladagi qiyomga botirdi. Berilgan gaplarda qo‘llangan qiyom so‘zi haqida to‘g‘ri fikr qaysi javobda berilgan? A) uchala gapda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan B) uchala gapda shakldosh so‘zlar qo‘llangan C) ikkinchi va uchinchi gapda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan D) birinchi va ikkinchi gapda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan 122. 1. Anvar ham muloyimgina kulimsirab olgach… yana qalamini qoralab qog‘oz ustiga bir-ikki kalima yozdi. 2. Bu bilan men Zokir ota bilan Ro‘zimatni qoralab, o‘zimni oqlamoqchi emasman. 3. Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi. Gaplarda qo‘llangan qoralamoq so‘zi haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang. A) uchala gapda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan B) uchala gapda shakldosh so‘zlar qo‘llangan C) birinchi va ikkinchi gapda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan D) ikkinchi va uchinchi gapda shakldosh so‘zlar qo‘llangan 123. Qaysi qatordagi birikuvlarda tobe so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) iliq munosabat, chuqur tekshirmoq, xira odam B) ishning ko‘zi, qozonning qulog‘i, yo‘l yoqasi C) sovuq havo, boshi og‘rimoq, qalb izhori D) qalin qor, sergo‘sht ovqat, qo‘l qovushtirmoq 124. Qaysi qatorda zid ma’noli so‘zlar birgalikda yangi so‘z hosil qilgan? A) yaxshi-yomon, yangi-eski, oq-qora B) yosh-u qari, achchiq-chuchuk, uzoq-yaqindan C) uzun-qisqa, kecha-kunduz, ozg‘in-semiz D) katta-kichik, urush-tinchlik, baland-past 125. Nutqning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi birliklarni toping. A) ibora, tasviriy ifoda B) ma’nodosh so‘z, ko‘p ma’noli so‘z C) so‘z birikmasi, gap D) sanalgan barcha birliklar 126.Yashirib qo`y, bir qora kuningga yarab qolar. Ushbu gapda ma`no ko`chishining qaysi turi uchraydi? A) metonimiya B) sinekdoxa C) metafora D) vazifadoshlik 127. Undosh tovushlar paydo bo`lish o`rniga ko`ra necha guruhga bo`linadi? A) 2 guruhga B) 4 guruhga C) 5 guruhga D) 3 guruhga 128. Leksikologiyaning birligi… A) so`z B) leksema C) fonema D) leksik ma`no 129. Qaysi qatordagi gap tarkibida shakldosh (omonim) qo`shimchalar mavjud? A) Yaxshi topib gapiradi,yomon – qopib. B) Insonning kelajagi o`z qo`lidadir. C) Yaxshilik hech qachon yerda qolmaydi. D) Men ko`z ochib, avvalo, onamni ko`rdim. 130. Onomastika bo`limi nimani o`rganadi va o`zbek onomastikasi rivojiga katta hissa qo`shgan olim kim? A) barqaror birikmalarni o`rganadi(Sh.Rahmatullayev). B) nomlar va ularning turlarini o`rganadi (E. Begmatov). C) lug`atshunoslik bilan shug`ullanadi (A. Hojiyev) D) tilni tizim sifatida o`rganadi (A. Nurmonov) 131. Quyidagi qaysi so`zlar tojik tilidan kirib, tilimizni tashqi manba asosida boyitgan? 1) chorpoya 2) kissa 3) novvos 4) oftob 5) quyosh 6) sop A) 1; 3; 5. B) 1; 2; 4. C) 4; 5; 6. D) 3; 4; 5. 132. Qaysi qatordagi argoning izohi xato berilgan? A) qaychi-taftishchi B) yakan-pul C) danap-chiptasiz yo`lovchi D) qog`oz-pul (dollar) 133. Qaysi qatorda toponimlar berilgan? A) Ahmad, Karim, Boychibor B) To`rtko`z, tulik, tuya C) Osiyo, Namangan, Uychi D) Sirdaryo, Orol dengizi, Norin 134. Qaysi qatordagi sinonimlar salbiy baho munosabatiga ko`ra to`gri darajalangan? A) bet, aft, turq B) yuz, aft, turq C) bet, turq, aft D) bet, turq, bashara 135. Qaysi qatordagi so`zlar o`zaro sinonim emas? A) gavdali, norg`ul B) talmovsiramoq, dovdir C) ittifoq, ahil D) yorug`,charog`on 136. Qanday so`zlar tazod san`atini shakllantirishga xizmat qiladi? A) paronimlar B) omonimlar C) antonimlar D) sinonimlar 137. Qaysi qatorda metafora yo`li bilan ma’nosi ko`chgan so`z mavjud? A) temir darvoza, issiq shamol B) xonaning tinchlanishi, eshikka chiqmoq C) issiq yuz, gapni gapga ulamoq D) qo`lini kesmoq, boshini yuvmoq 138. Quyidagilardan qaysi biri olmoq so`zining uyadoshi hisoblanadi? 1) egallamoq 2) o`g`irlamoq 3) o`zlashtirmoq 4) hazm qilmoq 5) nonni tuya qilmoq 6) sindirmoq A) 1;2;3;6 B) 4;5 D) 1;2 139.Ko`rmoq so`zining uyadoshlari… 1) boqmoq 2) nazar solmoq 3) qaramoq 4) qiyo boqmoq 5) termulmoq 6) tikilmoq B) 1;3;5;6 C) 2;4 D) 3;6 140. Tavallo so`zining lug`aviy ma`nosi qaysi qatorda to`g`ri berilgan? A) yolvorish B) yalinib so`rash C) iltijo 141. Lug‘at turlarining qaysi birida davlat so‘zi ”Davlat- jamiyatni qonun kuchi bilan boshqaruvchi tashkilot”tarzida ifodalanishi mumkin? A) imlo lug‘atida B) izohli lug‘atda C) tarjima lug‘atida D) sinonim (ma’nodosh) so‘zlar lug‘atida 142. Internet so‘zining ma’nosini qaysi lug‘at orqali bilib olish mumkin? A) imlo lug‘ati B) tarjima lug‘ati C) izohli lug‘at D) sinonim (ma’nodosh) so‘zlar lug‘ati 143. “O`zbek tilining imlo lug`ati” qachon kimning muharrirligi ostida nashrdan chiqqan? A) Sh. Rahmatullayev muharrirligi ostida 1995-yil B) E. Begmatov muharrrirligi ostida 1993-yil C) H. Ne`matov muharrirligi ostida 1993-yil D) A. Hojiyev muharrirligi ostida 1995-yil 144. Qulog‘idan kun ko‘rinadi iborasi qanday ma’noni anglatadi? A) xursand B) g‘iybatchi C) juda ozg‘in D) eshitganini tezda birovga yetkazuvchi 145. Qaysi qatordagi iboralar belgi bildiradi? A) quling o‘rgilsin, yurak-bag‘ri xun, parvoyi falak B) tili qisiq, kayfi buzuq, kulini ko‘kka sovurmoq C) istarasi issiq, ruhini ko‘tarmoq, tili achchiq D) dili siyoh, bosh og‘rig‘i, bahri-dilini ochmoq 146. Ibora qo‘llanmagan gapni aniqlang. A) Tengqurlarim ichida yuzim yorug‘ bo‘ldi. B) Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz. C) Uni qo‘lga oluvchi kishilarimiz nihoyatda pixini yorgan bo‘lmog‘i shart. D) Kishilikning dushmanlari yer bilan yakson bo‘lur. 147. Soyaga qarab to‘n bichma maqolidagi to‘n bichmoq iborasining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) rag‘batlantirmaslik B) andaza olmoq C) baho bermoq D) xato ish qilmoq 148. Baland oxurdan yem yemoq iborasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) boquvi zo‘r bo‘lmoq B) o‘ta takabbur bo‘lmoq C) hayot darajasi, maishati yuqori bo‘lmoq D) katta maqsad sari intilmoq 149. Qaysi iboralar og‘ziga tolqon solmoq iborasi bilan mazmunan yaqin? 1) mum tishlamoq; 2) lom-mim demaslik; 3) og‘ziga qoqmoq; 4) og‘ziga qatiq ivitmoq; 5) og‘izga olmaslik; 6) damini chiqarmaslik A) 1, 2, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6 150. Qo‘yi mingga yetdi iborasining ma’nodoshini toping. A) boyib ketmoq B) behad sevinmoq C) maqsadiga erishmoq D) o‘zligini unutmoq 151. Quyidagi qaysi birliklarning shakliy ifodasi bilan mazmuni o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q? A) ibora B) tasviriy ifoda C) so‘z birikmasi D) ibora va tasviriy ifoda 152. Qaysi javobda shakldosh iboralar qayd etilgan? A) Shu kunlarda sevinchimni ichimga sig‘dira olmayapman: ishlarim besh! Davronov shodligi ichiga sig‘may, atrofga zavq bilan qarab o‘tirardi. B) Tashabbus - katta gap! Men o‘z aravamni tortsam ham, katta gap. C) Shabada ham, toza havo ham uning ko‘nglini ocholmasdi. Ko‘nglini ochmasa, uning dardi nimaligini qayerdan bilay? D) Qo‘rqqanimdan nafasim ichimga tushib ketdi. Sultonning nomini eshitish bilan Bozorovning dami ichiga tushdi. 153. Qaysi qatorda iboralarning ma’nosi noto‘g‘ri berilgan? A) ko‘z-ko‘z qilmoq - maqtanmoq, ko‘z ostiga olish - mo‘ljallash B) ovi yurgan - baxtli, dili pora –xafa bo‘lmoq C) kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq - haydamoq, yo‘q yerdagi - bo‘lmag‘ur D) o‘rniga qo‘ymoq - bajarmoq, qo‘l urmoq - Tegmoq 154. Yulduzni benarvon uradigan iborasining ma’nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) o‘taketgan sho‘x B) o‘taketgan qaysar C) o‘taketgan olg‘ir D) o‘taketgan maqtanchoq 155. O‘rtog‘im birdan kulib yubordi, o‘zi juda serzavq, dali-g‘uli, sho‘x bola, - deydi Musavoy. (Oybek) Ajratib ko‘rsatilgan so‘zga ma’nodosh iborani aniqlang. A) yulduzni benarvon uradigan B) ko‘nglida kiri yo‘q C) do‘ppisi yarimta D) og‘zi qulog‘ida 156. Uning roziligini olmasdan turib, bu ishga oyoq qo‘yish mumkin emas. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling