Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika


F O N E T I K A(umumiy-2)


Download 0.61 Mb.
bet5/31
Sana25.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1231340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)

F O N E T I K A(umumiy-2)

1. Bo’g’inga ajralmaydigan so’zlar qatorini belgilang.


A) qit’a, qal’a, yechim B) hukm, gramm, ong
C) ongi, yengil, yangi D) A,B va C

2. “ng” bir tovushni ifodalagan so’zlarni belgilang.


A) tungi, unga B) tongi, otangiz C) tonggi, dengiz D)B va C

3. Qaysi so’zlar faqat jarangli undoshlardan iborat?


1.ko’ylak; 2.maydon; 3.jadval; 4.va’zxon; 5.qo’llar; 6.vijdon; 7.sog’lom; 8.doimiy; 9.darslik; 10.osmon.
A) 2,3,6,8 B) 1,2,3,4,5,8,10
C) 1,2,4,5,8,9 D) 1,4,5,7,9

4. Urg’u ma’no farqlash vazifasini bajargan so’zlarni belgilang.


1.tortma; 2.akademik; 3.o’quvchimiz; 4.tok; 5.etik; 6.ko’zlar; 7.changi; 8.tort;
A) Barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlash vazifasini bajargan.
B) 1,2,3,4,6,7 C) 1,2,5,6,7 D) 1,2,4,6,7,8

5. Qaysi qatordagi so’zlarda sirg’aluvchi j tovushi berilgan?


A) janob, Jamshid, Jomiy B) jar, ajin, adar
C) G’ijduvon, gijda, mujda D) jajji, jazo, javob

6. Hozirgi o’zbek tilida jarangsiz juftiga ega jarangli undoshlar soni nechta?


A) 7 B) 8 C) 6 D) 9 E) 10

7. Buyrug’ingiz so’zida tovush o’zgarishlarining qaysi turi mavjud?


A) tovush tushishi va orttirilishi B) tovush orttirilishi va almashi
C) tovush almashishi D) tovush tushishi va alamashishi

8. Oh ursa, olamni buzar dovushi,


To’qson molning terisidan kovushi. (“Alpomish”dan)
Parchada qo’llangan badiiy san’atni aniqlang; matnda ochiq bo’g’inlar sonini aniqlang.
A) jonlantirish; 12ta B) qofiya; 10ta
C) radif; 14ta D) mubolaga; 13ta

9. Yam-yashil so’zida nechta unli va nechta undosh tovush bor?


A) 3ta unli, 3ta undosh B) 5ta unli, 5ta undosh
C) 3ta unli, 5ta undosh D) 4ta unli, 4ta undosh

10. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangsiz undoshlar bor?


A) ziynat, ko’hlik, libos
B) ko’makdosh, inson, ko’rgazma
C) gilos, rayho, gulkaram
D) soat, qo’shiq, ko’cha

11. Yopiq bo’g’inlardan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so’zni belgilang.


A) g’alla B) kitob C) po’lat D) paxta

12. Unli va jarangli undoshlardan hosil bo’lgan so’zlar qatorini toping.


A) mashq, kitob, so’z B) paxta, xalq, choynak
C) maydon, dor, gul D) maktab, sabab, maqol

13. 1.yig’lamoq 2.o’ynatmoq 3.sarg’aymoq 4.o’ratmoq 5.chanqamoq 6.qaynoqroq.


Berilgan so’zlarning qaysi birida qo’shimchalar qo’shilishi natijasida fonetik o’zgarish vujudga kelgan?
A) 1,2,3,6 B) 2,3,4,5,6 C) 3,4,5,6 D) 2,3,4,6

14. Qaysi so’z tarkibida jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirish orqali ma’noli so’z hosil qilish mumkin?


1.tamba 2.tovon 3.tarz 4.rasm 5.sharm 6.tilla
A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 2,3,4,5,6

15. O’zakka qo’shimcha qo’shilganda, o’zakning tarkibida vujudga keladigan o’zgarishlarining asosiy turlarini belgilang.


A) tovush almashishi B) tovush tushishi
C) tovush orttirilishi
D) tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilsihi

16. Qaysi qatordagi so’zlarning ma’nosini urg’u yordamida farqlash munkin?


A) ishchi, bolada, qo’lla, ahil
B) xiyla, oliya, belcha, beshala
C) bog’lar, ishlar, etik, qishloqcha, botin, botir
D) burun, gajim, uylar, yechiq

17. Qaysi qatorda nutq tovushlariga noto’g’ri izoh berilgan?


A) Nutq tovushlari unli va undosh tovushlarga bo’linadi
B) Unli tovushlar faqat ovozdan iborat
C) Unli tovushlar bo’g’izdagi un paychalarining havo oqimi ta’sirida tebranishidan yuzaga keladi.
D) unli tovushlarni talaffuz qilganda, havo oqimi og’iz bo’shlig’ida qisman to’siqqa uchrab o’tadi

18. b,p,m tovushlarning hosil bo’lish o’rni qaysi javobda to’g’ri berilgan?


A) lab-tish undoshlari B) til oldi undoshlari
C) lab-lab undoshlar D) sayoz til orqa

19. Faqat sirg’aluvchi undoshlardan iborat qatorni toping.


A) f,s,k B) v,z,n C) l,sh,x D) h,f,q

20. Tarkibida unli tovushlar bilan faqat jarangsiz undoshlar ishtirok etgan so’zlar qatorini toping.


A) bayon, vazmin, go’zal B) bigiz, kuchuk, joziba
C) ko’chat, hiqichoq, sath D) alifbe, andisha, dahshat

21. Tarkibida undosh tovushlardan faqat sonorlar (ovozdorlar) ishtirok etgan so’zlar qatorini ko’rsating.


A) mehr, keng, sen B) yomg’ir, makon, nodon
C) misol, moviy, dengiz D) ro’mol, nom, lola.

22. Faqat bir bo’g’ini bir tovushdan iborat bo’lgan ko’p bo’g’inli so’zlar qatorini aniqlang.


A) baraka, daraja, ma’naviyat
B) musaffo, tomoshabin, shartnoma
C) muomala, ijodiy, mudofaa
D) bepoyon, donishmand, shahzoda

23. Bunday bo’g’in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo’ladi. Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga qaalluqli?


A) berkitilgan bo’g’in B) berkitilmagan bo’g’in
C) yopiq bo’g’in D) ochiq bo’g’in

24. Birinchi bo’g’ini ikki tovushdan, keyingi bo’g’ini esa uch tovushdan iborat bo’lgan so’zlar qatorini aniqlang.


A) yelkan, yodgor, yaylov B) pilla, faryod, panja
C) arslon, gazmol, artist D) quyosh, yovuz, yashin

25. Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u birinchi bo’g’inga tushadi?


A) polvon, mehnat, najot
B) mukofot, zimiston, vatandosh
C) radio, kofe, traktor
D) albatta, afsuski, fonetika

26. Jarangli b undoshi qaysi qatordagi so’zlar tarkibida jarangsiz p tarzida talaffuz qilinadi?


A) abjir, abgor, abzas
B) do’mboq, bog’bon, barbod
C) dabdaba, gumbaz, gerbariy
D) girdob, azob, javob

27. Urg’u so’zning ikkinchi bo’g’iniga tushgan qatorni belgilang,


A) chaqiriq, o’yinchoq, qo’ng’iroq
B) adolat, dabdaba, muqaddas
C) afsuski, fonetika, albatta
D) kelajak, tomizgi, pushaymon

28. Bo’yni, ayrim so’zlarida qo’shimcha qo’shilishi natijasida qanday fonetik o’zgarish vujudga kelgan?


A) undosh tovushlar tushishi
B) unli tovushlar tushishi
C) undosh tovushlar alamashishi
D) unli tovushlar almashishi

29. Bolagina so’zida urg’u qaysi bo’g’inga tushsagina chegaralash, ya’ni faqat ma’nosini ifodalaydi?


A) oxirgi bo’g’inga B) uchinchi
C) ikkinchi D) birinchi

30. 1.o’glimga; 2.quvonchim; 3.sarg’aymoq; 4.o’rnatmoq; 5.chanqamoq.


Berilgan so’zlarning qaysi birida qo’shimchalar qo’shilishi natijasida fonetik o’zgarish vujudga kelgan?
A) 1,3 B) 1,2,5 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4

31. Qaysi tovush til oldi undoshi hisoblanadi?


A) b B) v C) g D) z

32. Yopiq bo’g’inlaridan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so’zni belgilang.


A) mehnat B) temir C) botiq D) maktab

33. 1.tila; 2.yo’la; 3.sila; 4.elar; 5.nola; 6.medali. Ushbu so’zlarning qay birida l undoshi ikkilantirilsa, yangi so’z hosil bo’ladi?


A) 1,4,6 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,4,5,6 D) 1,2,3,4,5

34. Qaysi so’zlarda jarangsiz undoshlar ishtirok etmagan?



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling