28. Fikrning tugallanmaganligini ko`rsatish uchun
yozuvda qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) undov va so`roq belgilari
B) nuqtali vergul
C) ikki nuqta
D) ko`p nuqta
29. Hayotning poyonsiz ummoni ichra
Bor shunday g'ariblar ― temirlar hissiz. (A.Oripov)
Ushbu gapda nima uchun tire (―) ishlatilgan?
A) bog'lovchisiz qo'shma gapdagi ikkinchi gapning
kesimi tushirilgani uchun
B) bog'lamasiz qo'llangan ot kesim bilan ega orasida
C) tenglik, taqqoslash ma'nolarini bildiruvchi so'zlar
bo'lganligi uchun ular orasida
D) izohlovchi o'xshatish ma'nosini bildirgani uchun
izohlovchi bilan izohlanmish o'rtasida
30. Hojiyevning uzun gapidan chiqqan qisqa xulosa
shu bo‘ldi: bugungi avlod o‘z ajdodlariga munosib
voris bo‘lmoqda. Ushbu gapdagi ikki nuqtaning
qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati
ifodalangani uchun
B) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan
ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
C) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati
ifodalangani uchun
D) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak
qo‘llanganligi uchun
31. «Hunari va odobi bo‘lmаgаn kishidan deydi
Mahmud Koshg‘ariy baxt va davlat ketadi».
Ushbu gapda necha o‘rinda qaysi tinish belgilari
tushirib qoldirilgan?
A) 2 o‘rinda vergul, 2 o‘rinda tire
B) 1 o‘rinda vergul, 1 o‘rinda tire, 1 o‘rinda ikki nuqta
C) 2 o‘rinda vergul, 1 o‘rinda tire
D) 1 o‘rinda vergul, 2 o‘rinda tire
32. Istiqlol davri bolalari g'ayratli(l) shijoatli(2) ko'zida
chaqini (3) ko'ksida yolqini bor. Ushbu gapda qaysi
Do'stlaringiz bilan baham: |