71. Muhabbat dardidan bemor qalblarmiz,
O'gay bo'lsak, netong, sog'lar orasida. (A.Oripov)
Netong so'zining ma'nosini aniqlang.
A) na baxt B) ne ajab C) shubhasiz D) ilojsiz
72. Mulk so'zi qaysi gapda ko'chma ma'noda
qo'llanmagan?
A) Davlat mulkini, xalq mulkini ko'z qorachig'iday
saqlashimiz kerak.
B) Oybek qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh
xalqlarning ma'naviy mulkiga aylandi.
C) Husn mulkida kishi tanho bo'lurmu muncha ham.
D) Barcha gaplarda mulk so'zi ko'chma ma'noda
qo'llangan.
73.
Musofirman,
g'aribman,
bekasu
ham
benavodurman,
Vujudim dardga to'ldi, emdi darmonimni sog'indim.
Uvaysiy qalamiga mansub ushbu baytdagi benavo
so'zining ma'nodoshi qaysi javobda berilgan?
A) kuysiz, qo'shiqsiz
B) ilhom parisidan yiroqda
C) baxtsiz, sho'rpeshona
D) kambag'al, faqir
74. Nadomat komida qolganlar, ayting. (A. Oripov)
Ushbu misradagi tagiga chizilgan so'zning
ma'nodoshini toping.
A) huzurida B) ichida C) ta'sirida D) istagida
75. 1. Nadomat komida qolganlar, ayting. (A. Oripov)
2. Seningsiz menga kom yo'qdir, Asal ichsam, zahar
bo'lg'ay. (E. Vohidov)
Berilgan gaplardagi kom so'zi o'zaro ma'no
munosabatiga ko'ra qanday so'zlar?
A) ma'nodosh so'zlar B) shakldosh so'zlar
C) bir so'zning turli ma'nolari D) paronim so'zlar
76. Navoiy asarlari lug'atida keltirilgan bosh tortmoq
fe'lining izohi to'g'ri berilgan javobni belgilang.
A)
bosh olmoq, o'ldirmoq
B)
ulug
‘
martaba hosil qilmoq
C)
ko‘rina boshlamoq
D)
ko'tarilmoq, yuqorilashmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |