Onajonlar bayrami


Download 35.19 Kb.
bet9/10
Sana13.05.2023
Hajmi35.19 Kb.
#1457786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Раъно опа t

Qonxo’r shoh: – Seni o’ldirmoqchi emasman, katta bo’lganda qasos olishi mumkin bolgan o’g’lingni qatl qilmoqchiman. Aytishlariga qaraganda sen o’g’lingga joningni ham berishga tayyor emishsan. Menga joning emas charosdek chiroyli ko’zlaring kerak. O’ng ko’zingni bersan, o’gling omon qoladi, bo’masa o’g’lingni qatl qildiraman.
Ona: –“Ko’zim kerak bolsa o’yib ol, ammo bolamga tegma”

Qonxo’r shoh: – Jallod bu ayolning o’ng ko’zini o’yib ol.
Boshlovchi: – Jallodlar onaning ko’zini o’yib olishibdi, ammo onadan “ing” degan sado ham chiqmabdi.
Qonxo’r shoh: – Endi chap ko’zingni bersang, qizing ham omon qoladi, bo’lmasa qizingni qatl qildiraman.
Ona: – Men roziman, senga chap ko’zim kerak bo’lsa ol, lekin qizimni o’ldirma.
Qonxo’r shoh: – Jallod, uning chap ko’zini ham o’yib ol.
Boshlovchi: – Jallodlar onaning chap ko’zini ham o’yib olishibdi, ammo onadan “ing” degan sado chiqmabdi. Onaizor ikki ko’zidanayrilibdi-yu, bolalari omon qolibdi. Bu orada el bahodirlari qo’zg’alib, bosqinchi, qonxo’r shohni yer bilan yakson qilishibdi. Ular ona mehri, jasoratiga bosh egibdi.
Bahodirlar:Ey mehirbon onajon, sizning farzandlaringizga bo’lgan mehringiz, jasoratingizga qoyil qoldik. Mana Qonxo’r shohni yakson qildik. Endi sizni yurtga boshliq etib tayinlaymiz.
Boshlovchi: – Ikki ko’zidan ayrilgan ona o’g’lini o’ng ko’z, qizini chap ko’z qilib, uzoq yashabdi, yurtni adolat bilan boshqaribdi.


Sarvon: – Mehridaryo onasiz,
So’zlari durdonasiz.
Eng aziz hamxonamiz,
Onajonim sog’ bo’ling
E’zoza: –Haq kalomin so’zlagan,
Alla aytib kuylagan,
Bizni doim o’ylagan,
Onajonim sog’ bo’ling,
Soyabonim sog’ bo’ling.
Azizbek: – Issiq chehra yuzingiz,
Chaqnab turar ko’zingiz,
Bizga g’amxo’r o’zingiz,
Onajonim sog’ bo’ling,
Soyabonim sog’ bo’ling.
Orasta: –Sizsiz bizning baxtimiz,
Boyligimiz taxtimiz,
Sizga xizmat – ahdimiz,
Onajonim sog’ bo’ling,
Jonajonim sog’ bo’ling.
Jonibek: –Aziz, mo’tabar onajonlar, sevimli buvijonlarimiz, hurmatli mehribon ustozlarimiz, munis opajonlar-u jajji singiljonlar! Sizlarni yana bir bor 8-mart –Xalqaro xotin qizlar kuni bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!

Download 35.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling