Onajonlar bayrami
Download 35.19 Kb.
|
Раъно опа t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laziza
- Mushtariy
- Ismatov Azizek
Alijon: – Bisyor bo’lsa agar bol ham beqadir,
Takror aytilganda rangsizdir kalom. Bu yorug’ olamda Vatan bittadir, Bittadir dunyoda ona degan nom. (Abdullar Oripov) Zero, shoir Abdullar Oripov ta’kidlaganidek, bu yorug’ olamda onadegan nom bitta. Dunyoda xalqlar, elatlar, millatlar, qabila, urug’lar ko’p. Shoh-u gadolar birdek sig’ingan, etagini o’pgan mukarram zot – ona. Ha, onalar gulzebo, onalar bebaho, onalar dilrabo. Jannat ham onalar oyog’i ostida. Laziza: – Ona hurmatin keltirmak uchun, Anglamoq kerak onalar burchin. Ona so’zi bu juda ulug’ nom, Ona – bosh bog’on, ona ham posbon Savron: – Ona uyimiz obodligidir, Ona uy husni ham shodligidir. Onadir bizni guldek bezagan, O’ynab kechqolsak yo’qlab izlagan. Onamiz – Vatan sharaf va shoni, Onamiz – tinchlik po’lat qo’rg’oni. Quvonchbek: Oq sut bergan onajonim, Mehr bergan onajonim. Ko’zingizdan nur oldim men, So’zingizdan dur oldim men. Mehri buyuk onajonim, Qabi suyuk onajonim. Shavkat: Dunyo beshik qo’lingizda, Tebratasiz asta-asta. Yaxshi niyat dilingizdan, Kuylanadi allangizda. Mehri buyuk onajonim, Qalbi suyuk onajonim. Mushtariy: – Onalarimiz bizga o’zining bebaho qo’shiq;ari – alla orqali mrht-muhabbat urug’ini ekdilar. Qadim zamonda bir kelin bor ekan. Birinchi farzandi tug’ilibdi, lekin bola olamdan o’tibdi. Ikkinchi farzand ham alla eshitmay nobud bo’libdi. Uchinchi farzandi tug’ulibdi. Qarasa bu bola ham so’liy boshlabdi. Shunda kelin dildagi bor alamlarini dardiga qo’shib alla aytib yuboribdi. Bola allani tinglagach, chinqirib yig’lashdan to’xtabdi. Shu-shu onalar jigarbandlarini alla aytib uxlatar ekanlar. Alla shunday sehrli qo’shiqdir. Shundayin qo’shiq bor, shundayin navo, Yurak-yuraklardan taralgan-alla. Dardo bor dillarga berib u davo, Onalar mehridan yaralgan alla! Azizlar, hozir e’tiboringizga eng muqaddas “Alla” qo’shiq irjosini havola etamiz. (Sahnaga ayol qiyofasidagi o’qituvchi beshik olib Chiqib, “Alla” qo’shig’ini ijro etadi). E’zoza: –Yoqimli shirin biram Oyijonim allasi, Dilga baxsh etar orom Oyijonim, oyijonim, oyijonim allasi Uxla, uxla qo’zim, der, Sen suyangan tog’im der, Gulga to’ldir bog’im, der, Oyijonim, oyijonim allasi. Alla tinglab bo’ldim shod, Ko’p so’zlarin oldim yod, Esdan chiqmas umrbod, Oyijonim, oyijonim, oyijonim, allasi. Ismatov Azizek: –Onaning bir qo’li beshikni tebratsa, bir qo’li dunyoni tebratadi. Abdug’urov Jonibek: –Onaning yaxshiligini bemor bo’lsang bilasan. Download 35.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling