Onajonlar bayrami
Onasi: – Shavkat, Shavkat, hov Shavkat, oshing sovib qoladi, kir tezroq. Menga qara, o’zi nechi kundan beri dukkillatib nima qilyapsan. Bola: –
Download 35.19 Kb.
|
Раъно опа t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onasi
- Ramazon
- Alimardonov Azizbek
- (Zeboning onajon she’ri)
- Mushtariy
Onasi: – Shavkat, Shavkat, hov Shavkat, oshing sovib qoladi, kir tezroq. Menga qara, o’zi nechi kundan beri dukkillatib nima qilyapsan.
Bola: – Yog’och zarang kosa yasayotgandim. Onasi: – Nima? Zarang kosa. Nima qilasan uni, juvonmarg. Bola: – Siz ham xuddi buvimdek qarib, qo’lingiz qaltiroq bo’lib qo;gan paytda shu yog’och kosada ovqat beraman. Onasi: – Nima?! Shavkat: – Ehtimol, buyumdan voz kechmoq mumkin, Bebaho kiyimdan voz kechmoq mumkin. Naqshinkor uyingdan voz kechmoq mumkin, Ammo onangdan emas. Maftuna: – Mo’jiza izlayapsiz ko’ngil beega, Sarg’ayib boradi sabrining yuzi. Naega anglamaysiz, ko’rmaysiz nega? Axir mo’jiza-ku ayolning o’zi. Zebo: – Darhaqiqat, so’z dunyoda eng ulug’ zot mehribon onajonlarimiz haqida borar ekan, birimiz ular yuradigan yo’llarida poyondoz bo'lsak, birimiz ona o’tadigan ariqda ko’prik bo’lmog’imiz darkor. Ha, ona deganda ko’z oldizmiga munis-u mushfiq, beozorgina bir zot namoyon bo’ladi. Ramazon: – Osmon chok-cokidan so’kilib ketar, Yulduzlar samodan to’kilib ketar, Bu go’zal ash’arolar to’qilib ketar, Agar bu dunyoda ayol bo’lmasa. Xolida: –Hayotdan ma’no-yu, mazmun yo’qolar, Yurak tanholikning kuyini chalar, Bayramlar bayramga o’xshamay qolar, Agar bu dunyoda ayol bo’lmasa. Alimardonov Azizbek: – Men ham bu davrda bo’lolmas edim, Davra ne dunyoga kelolmas edim. Dunyoning borligin bilolmas edim, Agar bu dunyoda ayol bo’lmasa. Akbar: – Baski, bu dunyoning mayosi –ayol, Jami ezgulikning doyasi – ayol. Ruhni Alloh, tanni ayol yaratgan, Xudoning yerdagi soyasi – ayol. (Zeboning onajon she’ri) Erta turdim, yuzim yuvdim, toza yuvdim, onajon, Uyquni men surib quvdim, rosa quvdim, onajon. Faqat sochim mayda qilib, o’rib qo’ying, onajon Parqini ham to’g’ri oching, havas qilsin Gulijahon! Dasturxonni o’zim yig’ib, o’zim artib olaman, Echkini ham o’zim so’gib, o’zim yo’lga solaman, Uyni o’zim supuraman, hech erinmay, onajon, Sut qaynasa shopiraman, sir urinmang, onajon. Faqat sochim mayda qilib, o’rib qo’ying, onajon, Ishim qilay so’ngra bilib, ko’rib qo’ying onajon, Onajonim, onajon, mehribon, onajon. Savron: – Onalarning farzandda haqlari juda ko’pdir. Garchi uni boshingda ko’tarib, hajga olib borib kelsang ham, bir kecalik uyqusini buzib, senga bergan oq suti, aytgan allasining haqini ado etolmaysan. Shavkat: – Onaarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib, qatorga qo’shdilar, oq yuvib, oq taraydilar , doimo boshimiz uzra parvona ular. Hattp oyog’imizga kirgan tikoni kipriklari bilan olishga tayyordirlar. Mushtariy: – Buning sababi nimada, ne uchun onalar farzand qoshida bu qadar parvona? Kerak bo’lsa farzandi uchun jonini fido qilishga ham tayyor ekanliklarining boisi nimada? Download 35.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling