Onajonlar bayrami
Download 35.19 Kb.
|
Раъно опа t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdujalilova E’zoza
- Berdinazarov Azizbek
- Farangiz
Arziqqulov Jonibek: – Assalomu alaykum, ey qalbi nurli saxovatga to’la mehri daryo ustozlar hamda hurmat va ehtirom ila ushbu dargohga tashrif buyurgan munis onajonlar-u, mehribon opa-singillar, Mana, o’lkamizga o’zining ajib bir sehri bilan bahor fasli xam o’z sepini yoymoqda. Sizlarni o’z husni, tarovati ila o’ziga maftun etayotgan go’zal bahor oyining ilk bayramoi “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan samimiy muborakbod etamiz.
Bugungi bayram biz uchun yagona, ulug’, tabarruk siymo bo’lgan onajonlarimizga bag’ishlanadi. Abdujalilova E’zoza: – Yana bahor keldi. Fasllar kelinchagi bo’lmish bahor ham xotin-qizlar kunini bayram qilish bilan boshlanadi. Bu ham ona tabiatning ayollarga bo’lgan ehtiromidan nishonadir. Ramazon: – Shu yerda o’tirgan munis, mehribon, mo’tabar opa-singillarimizni, ustozlarimizni, onalarimizni bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz. Hamma: – Baxtimizga doimo sog’-omon bo’linglar(jo’r bo’lib). Xolida: – Dunyoda eng muqaddas zot bu – ayol, ona, insoniyatt bahori, avlod-ajdodlar davomiyligi, sarchashmasi ham mana shu ulug’ insonda mujassam. Ona – munis va mehribon. Dunyoda har qanday kuch onaning muhabbatidan zaifroqdir. Berdinazarov Azizbek: – Ona o’z farzandiga hayot va insoniy fazilatlarini baxsh etuvchi hayot sarchashmasidir. Farzand esa shu chashmadan oqayotgan bir tomchi suv. Asilbek: – Ona – ular turmushimiz ko’rki, latofati, fayzidir, hayotimiz gullari hamdir. Bu gullar xonadonimizga fayz, yo’rug’lik, shodlik va quvoch baxsh etadi. Farangiz: – Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezgulikni, hayotning sir-u arsorlari va saboqlarini onaning mehr-u sadoqati tufayli o’rganadi.Zero, ular borki, hayot go’zal va maftunkor. Almardonov Azizbek: – Ayol borki, olam munavvar. Ayol azaldan emhr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Unda do’stga xos fidoyilik, ona jasorati mujassamlashgan. Akbar: – Ha, Ona… dunyodagi bor go’zallik, mehr-u muhabbat, nafosat, sadoqat, kelajakka ishonch, boringki, insoniyatdagi barcha ijobiy xislatlar mana su bir og’iz so’z zamirida mujassam bo’lsa ne ajab. Qolaversa, hadis-u sharifda aytilganidek “Jannat onalar oyog’i ostidadur”degan purma’no so’z ham eng ulug’ ayollar uchun berilgan betimsol bahodir. Download 35.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling