Onajonlar bayrami
Download 35.19 Kb.
|
Раъно опа t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ramazon
- Berdinazarov Azizbek
- (“Onajonim” qo’shig’i) (Musiqa yangrab, “Bahor valsi” kuyiga qizlar raqsga tushib, Bahoroy kirib keladi) Zebo
- Quvonchbek
- Muhammad
- Mushtariy
Arziqulov Jonibek: – Insonga ona xuddi hayot singari bir marta beriladi. Shu shirin tuhfadan foydalanib, onamizni rozi qilib yashamog’imiz darkor.
Abdujalilova E’zoza – Ko’z ochib yorug’ dunyoni ko’rganimizda boshimizda qaldirg’och misoli parvona bo’lgan ham – ona. Betob bo’lgan chog’ida o’zini qo’yarga joy topolmay bezovtalangan, tunlari uyqu nimaligini bilmay beeshik tirgaiga aziz boshini ohista qo’yib mudragan, tuzalganda esa olam-olam quvongan bu volida-yu muhtaramalarimizdir. Ramazon: – Beshigimni saqlay olsam; Farzand burchin oqlay olsam. Boshim uzra tutib har dam, Yo’q armonim, onajonim. Xolida: – Oilaga qut bergan. Bolaga oq sut bergan Baxt bersa ham but bergan, O’zbegimning onasi Berdinazarov Azizbek: – To’marislar zotidan, Barchinlar sabotidan, Zulfiya bayotidan, O’zbegimning onasi Asilbek: – Quyosh olar nurini onalarning qalbidan, Tog’lar olgan bardoshni onalarning sabridan Uyimiz nurga to’lar onajonim bor bo’lsa Ko’zalarim yosh ko’rmaydi onam baxtiyor bo’lsa Ona mehri beqiyos, daryolarga tenglashar, Ona hurmati uchun osmon yerga engashar. (“Onajonim” qo’shig’i) (Musiqa yangrab, “Bahor valsi” kuyiga qizlar raqsga tushib, Bahoroy kirib keladi) Zebo: – Salom mening sevimli o’g’il qizlarim! Men – zumrad Bahorman. Meni so’g’ingandirsiz-a? Gullarim, ariqlarda oqar suvlarimni, qizlarning gular bargidan qirq kokil taqishini, bir biridam go’zal, sermazmun bayramlarimni-chi? Ayniqsa, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramim juda ajoyib va go’zal! Men ham onaday mo’tabar inson oldida bosh egaman. Onalarimiz, Ayollarimiz doim sog’ omon bo’lsinlar! Laziza: – Bahor! Sening sirli og’ushing, Aytgil, kimni mast etolmagan? Bahor sening nozik boqishing Qay dillarga quvonch solmagan? Bahor! Bu so’zni eshitganda qaysi dil to’lqinlanmay, qaysi yurak hayajondan junbushga Kelmay, qaysi ko’zlar o’rik shoxidagi qator tizilib turgan marjonlarga boqmaydi. Bahor ona shunday mo’jiza fasli Quvonchbek: – Fasli navbahor kirib keldi elimga, Zarini socgdi quyoshm bizning ona zaminga. Mayin yaproqlarini yoydi go’zal binafsha Xo’shbo’y hidlarin sochib, jilmayadi u bizga. Qanday go’zal-ku bahor, olam to’ldi chechakka, Charaqlagan quyosh kulib, saxovat qilar elga. Muhammad: - Bahor chiroyin kuzatgin-chi sen bir on, Naqadar go’zal bahor, chiroyidan bo’ldiok lol, Bu chaman maysazorlalar yurtimizga yarashar, Jajjigina qalbimizga cheksiz quvonch bag’ishlar. Savron: – Bu kun o’zgachadir jilvai olam, Bu kun o’zgachadir borlliqda xanda, Bu kun ko’zlarimizga go’yo quyosh ham, Shafaq gulshanida tarang chiramanda. Mushtariy: – Bu kun ayyomingiz muborak qilib, Zumrad sepini ham yoyibdi bahor, Bahoriy qizlarning husniday to’lib, Go’zalligi bo’lsin mudom barqaror. Alijon: – Farzandlarning o’ng yuzi otasiga o’xshaydi chap yuzi esa ona ruxsoriga o’xshaydi, deyishadi xalqimiz. Do’stim bilmaysanmi? Nega insonning chap tarafi onasiga o’xshaydi? Download 35.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling