Azizbek: – Bilolmadim, o’rtoq.
(Yozib olingan ovoz magnitafondan qo’yiladi.)
“Ey odamzod, o’ng qo’lingni chap ko’kraging ustiga qo’y. Bir lahza tin ol, diqqat et. Sezyapsanmi, kafting ostida butun bir zaminning yukini bo’yinga olib onangday mushfiq, onaday mehribon, u kabi zohmatkash yurak bir maromda urib turibdi. U mehnat qilyapti, volidayi muhtaramangday u hamisha uyg’oq. Shu bois farzandlarning chap yuzi-yurakka tutash tarafi ona ruxsoriga o’xshab ketgan bo’lsa ne ajab.”
Azizbek: – Do’stim, onalik kata baxt.Afsuski, hayotda shunday onalar ham borki, o’z bolalari, jigargo’shalarini tashlab ketishadi.
Alijon: – Yer yuzida qalbi pora minglab farzandlar mehribonlik uylarida tarbiyalanmoqda. Murg’ak norasidalarning aybi nima axir?
Azizbek: – Ularga o’z mehrini beruvchi shirinso’z tarbiyachilar, bag’rikeng xalqimiz, ona – Vatanimiz bor.
Lekin hech bir zot ona mehrini berishga qodir emasdir.
Alijon: – Hayotda shunday insonlar borki, do’stim, o’z onalarini qarigan chog’larida qarovsiz qoldirishadi va qariyalar uyiga tashlab kelishadi. Hozir shu mazmundagi sahna ko’rinishimizni tomosha qiling.
Hozir sizlarning etiboringizga sahna ko’rinishi: (Otalar so’zidan lavha)
Buvi: – Non aziz narsa bolam, ushog’I yerga tushmasin deyman, birov bosmasin deyman. Bolam, nonni aziz qilgan odamni o’zi ham aziz bo’ladi, jon bolam. Nonni tepganni ikki dunyoda ham kosasi oqarmaydi Shuni ikkala qulog’ingga quyib olgin, jon bolam
Shavkat: – Nima, ushog’I tushsa kmambag’al bo’lib qo;adimi odam. Non ko’p-ku, buvijon.
Buvi: – Ha kambag’al bo’lib qoladi.
Onasi: – Hov, qanaqangi kampirsiz o’zi. Nimalarni aljirab o’tiribsiz bolaga. Ha buni miyasini eskilik sarqiti bilan to’ldirib yubordingiz-u. Bunaqada sho’rlik bolani qip-qizil jinni qilib qo’yasiz-u. Qachon qarasa shu almisoqdan qolgan gaplaringizni gapirib o’tirasiz-a?
Buvi: – Men bolamga yomon bo’lsin deyayotganim yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |