Onatili fanidan testlar. 4-sinf
Download 106.5 Kb.
|
Onatili fanidan testlar. 4-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematika fanidan 4 – sinflar uchun test. Bo ` yi 8 sm , eni 10 sm bo ` lgan to ` g
- 2. Ko` paytmani qiymatini toping. 783 • 80 = … a) 62640 b) 626400 c) 602604 d) 60264 3. Taqqoslang: 42 soat * 2 sutka 15 soat
- 7. Qarama – qarshi tomonlari teng bo`lgan to`rtburchak qanday ataladi a)
- 11. Bir haftada necha soat bor a) 24 b) 134 c) 48 d) 168 12. 207 : 3 = ifodani qiymatini toping a) 69 b)
- 14. 100 kg paxtadan 35 kg ip olinsa, 300 kg paxtadan necha kg ip olinadi a) 125 b) 70 c) 10500 d)
- 19. Amallarni bajaring: 7590 : 30 + 24700 : 100 a) 500 b) 247 c) 253 d) 500 20. O`ylangan sonni 81 ga ko`paytirilsa, 21708 chiqadi.
- 4- sinf O ’ qish
Onatili fanidan testlar. 4-sinf 1. Tuman so`zining ma`nosini toping. A) bir ming B) o`n ming D) yuz ming. 2. Gul so`ziga o`zakdosh bo`lgan so`zlar qatorini toping. A) gulli,gulsiz, guldon,gulla. B) Gulchi, gulzor, ishchi D) gulzor, hosildor. 3. Topishmoqni javobini toping. Yorug` kunni boshlaydi, Undan borliq yashnaydi. A) gul B) paxta D) quyosh. 4. Mevali so`zining asosini toping. A) meva B) mevali D) mevasiz 5.Ot so`z turkumi qanday so`roqlarga javob bo`ladi?. A) qanday? B) kim? nima? D)nima qildi? 6. Chiziqlar o`rniga kerakli so`zni qo`yib o`qing.. ________ so`z shakardan shirin. A) odobli B) yaxshi D) shirin. 7 Anvoiy so`zining ma`nosini toping.. A) turli-tuman, rang-barang. B) har-xil D)bir xil. 8. Egalik qo`shimchasi yozilgan qatorni toping. A) –ning,-ni,-ga,-da,-dan B)-dor,-zor,-kor D) -m,-im,-ng,-ing,-si,-i, -miz,-imiz, -ingiz, -ngiz. 9.Tilda nechta shaxs bor? A) 4 ta B)3 ta D) 2 ta 10. I shaxs egalik qo`shimchalarini toping.. A) –m, -im, -miz, -imiz B) –ing,- ng, -ingiz ,ngiz D) –i,-si,-lari. 11. II shaxs egalik qo`shimchalarini toping A) –m, -im, -miz, -imiz B) –ing,- ng, -ingiz ,ngiz D) –i,-si,-lari. 12. III shaxs egalik qo`shimchalarini toping A) –m, -im, -miz, -imiz B) –ing,- ng, -ingiz ,ngiz D) –i,-si,-lari. 13. Egalik qo`shimchalari birlik ma`nosini bildirgan qo`shimchalarni toping. A) -m, -im, -ng, -ing, -si, -i B) –miz, -imiz, -lari D) –ingiz, -ngiz. 14. Suruv so`zining ma`nosini toping. A) qo`y-echki podasi B) qo`ylar yashaydigan joy D) o`tloq. 15. Mevasi so`zi nechanchi shaxsda qo`llanilgan? A) I shaxs B) II shaxs D) III shaxs. 16. Egalik qo`shimchalari ko`plik ma`nosini bildirgan qo`shimchlararni toping. A) -miz,-imiz,-ingiz,-ngiz,-lari. B) zor, -kor D) –li,-siz,-ser. 17. Qachon o`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan? A) 1991-yil 1-sentyabr B) 1991-yil 8-dekabr D)1989-yil 21-oktyabrda. 18. O`zbek tilida nechta kelishik bor? A) 5 ta B) 6 ta D) 8 ta 19. Bosh kelishikning so`rog`ini toping?. A) Kim? Nima? Qayer? B) kimning ? nimaning? D) kimga? Nimaga? 20. Tushum kelishigi otni nimaga bog`laydi? A) otga B) fe`lga D) sifatga. 21. Undalma yozuvda qaysi belgi bilan ajratiladi? A) vergul va undov. B) ikki nuqta D) ko`p nuqta. 22. Oyi, Farxod juda qo`rqoq ekan. – dedi Rustam. Undalma gapning qayrida kelyapti? A) o`rtasida B) oxirida D) boshida. 23. Nutq nima orqali ifodalanadi?. A) gap orqali B) so`z orqali D) so`roq gap orqali. 24. Nutq qanday shakllarda bo`ladi? A) og`zaki B) og`zaki va yozma D) yozma 25. Qaysi belgi so`z ma`nosini farqlaydi? A) Tutuq belgisi B) unli harflar D) undosh harflar.
Matematika fanidan 4 – sinflar uchun test. Bo`yi 8 sm, eni 10 sm bo`lgan to`g`ri to`rtburchakni yuzini toping a) 36 b) 80 c) 55 d) 45 2. Ko` paytmani qiymatini toping. 783 • 80 = … a) 62640 b) 626400 c) 602604 d) 60264 3. Taqqoslang: 42 soat * 2 sutka 15 soat a) 42 soat = 2 sutka 15 soat b) 42 soat > 2 sutka 15 soat c) 42 soat < 2 sutka 15 soat d) hammasi to`g`ri 4. Tenglamani yeching: x • 16 + 100 = 420 a) 25 b) 20 c) 22 d) 24 5. 7 soat 32 minut = minutda ifodalasa a) 732 b) 420 c) 452 d) 450 6. Noma`lum son ishtirok etgan ifoda nima deb ataladi? a) amallar b) tenglama c) misol d) masala 7. Qarama – qarshi tomonlari teng bo`lgan to`rtburchak qanday ataladi? a) kvadrat b) to`g`ri to`rtburchak c) to`rtburchak d) romb 8. Maktab bog`ida o`quvchilar 6 kun 100 tupdan, 5 kun 150 tupdan ko`chat o`tqazishdi. 2 kunda hammasi bo`lib nechta ko`chat o`tqazishgan? a) 1350 tup b) 600 tup c) 400 tup d) 750 tup 9. Matematika faniga asos slogan olimlar qatorini toping. a) Alisher Navoiy, Abdulla Oripov b) Umar Xayyom, Xorazmiy c) Xorazmiy, Beruniy d) Cho`lpon 10. Tenglamaning javobini toping: 28 : x = (100 – 96) a) 9 b) 8 c) 7 d) 6 11. Bir haftada necha soat bor? a) 24 b) 134 c) 48 d) 168 12. 207 : 3 = ifodani qiymatini toping a) 69 b) 96 c) 54 d) 27 13. Noma`lum qo`shiluvchini toping x + 79 = 110 a) 13 b) 31 c) 189 d) 180 14. 100 kg paxtadan 35 kg ip olinsa, 300 kg paxtadan necha kg ip olinadi? a) 125 b) 70 c) 10500 d) 135 15. Tomoni 8 dm bo`lgan kvadrat yuzini toping. a) 16 b) 32 c) 64 d) 48 16. Nechta arifmetik amallar bor? a) 3 b) 5 c) 4 d) 6 17. Sobir 1200 so`m puliga 150 so`mlik daftardan qancha olishi mumkin? a) 10 ta b) 7 ta c) 8 ta d) 6 ta 18. Agar a = 58072 bo`lsa, 100000 – a ifodaning qiymatini toping a) 41982 b) 41928 c) 41892 d) 41289 19. Amallarni bajaring: 7590 : 30 + 24700 : 100 a) 500 b) 247 c) 253 d) 500 20. O`ylangan sonni 81 ga ko`paytirilsa, 21708 chiqadi. O`ylangan son nechaga teng? a) 268 b) 21789 c) 217 d) 21627 21. a = 78 bo`lganda a + 840 ifodani qiymatini toping a) 918 b) 981 c) 198 d) 891 22. 409 : 9 qoldiqni toping. a) 45 (4q ) b) 65 (4q ) c) 35(4q ) d) 75 (3q ) 23. 394056 + 108712 yig`indini toping. a) 548608 b) 502768 c) 328971 d) 412687 24. 16031 – 9874 ayirmani toping a) 76402 b) 64860 c) 6157 d) 6571 25. 14 km = ? m a) 14000 m b) 140 m c) 1400 m d) 14 m
4-sinf O’qish 1.“Ko’zacha va tulki” ertagida kim qopqonga tushib qoldi? tulki b) bo’ri d) o’rdak 2. “ Ayyor” so’zi qaysi hayvonga atab ishlatiladi? a) tukki b) bo’ri d) o’rdak 3. “Ochko’z boy” ertagida chol kampir qanday qilib boyib ketishdi? a) g’ozni davolagani uchun b) o’rdakni davolagani uchun d) mehnat qilgani uchun 4. Ochko’z boy bilan xotini nima uchun jazolandi? a) hasadgo’yligi uchun b) mehnat qilmagani uchun d) yomonligi uchun 5. Soddadil va Hiylagar qaysi ertagda berilgan? a) Ochko’z boy b) Ko’zacha bilan tulki d) Hiylagarning jazosi 6. “Ziyrak bola” ertagida ko’za ichidagi pullar kimga tegishli edi? a) Ibrohim b) Bola d) Olim 7. O’tinchining qizi podshoga qanday shart qo’ydi? a) boy bo’lish b) kasbli bo’lish d) hunarli bo’lish 8. “Ziyrak uch yigit” nima? a) ertak b) hikoya d) doston 9. “Ziyrak uch yigit” ertagining qahramonlari kimlar? a) Zafar, Ismoil, Komil b)Ibrohim , Ismoil, Umar d) Ismoil ,Ibrohim, Davlat 10.Baqa nima uchun taqachiga taqa qo’ydiribdi? a) maqtanish uchun b) oyog’i uchun d) do’sti uchun 11. It tumshayib yurar yolg’iz Qorda, muzda qoldirib iz. Yalinar u yana –yana, Qani bo’lsa bir boshpana . Qaysi ertagdan olingan? Baqa bilan taqa b) Laqma it d) Ziyrak bola 12. Yolg’iz otning changi chiqmas Changi chiqsa ham dong’i chiqmas Maqol b) topishmoq d) tez aytish 13. Bilim kuchda … maqolini davom ettiring? a) aql chirog’i b) kuch bilimda d) kuch adolatda 14. Bitta dara ikki tog’, Ichidagi saryog’ topishmoqni javobini toping? a) danak b) yong’oq d) anor 15. “ Qish to’zg’itar momiq par” she’rining muallifi kim? a) Qudrat Hikmat b)Anvar Obidjon d) Shukur Sa’dulla 16. “ Rangin qorlar” ertagida ,bo’yoqchi qish fasliga qaysi rangni qoldiradi? a) yashil b) oq d) pushti rarg’ldoq 17. Qor odamning sovg’asi nima? a) o’yinchoq b) tol d) archa 18. “Bulbul chamanni sevar, odam vatanni” maqoli nima haqida ? a) mehnat haqida b) vatan haqida d) gul haqida 19. Poliz oralab bejirim chaylaga kirdik. Ichi salqin ekan. Tog’am dasturxon yozdilar... qaysi hikoyadan olingan ? a) Qovun sayli b) Saxovatli kuz d) Dehqon 20. Qovun sayli qaysi faslda bo’ladi ? a) yozda b) kuzda d) qishda 21. Necha mavridda salomlashiladi ? a) 3 mavridda b) 7 mavridda d) 6 mavridda 22. “Salomlashish odobi” matnining muallifi kim ? a) Husayn Voiz Koshifiy b) Yusuf Xos Hojib d) Alisher Navoiy 23. Odamdan nima qoladi ? a) yaxshilik b) nom d) bilim 24. Eng ulug’ fazilat nima ? a) odobli bo’lish b) yomonlikka yaxshilik qilish d) kattalarni hurmat qilish 25. Bilimsiz kishi yilqi – hayvon bilan teng.Bilimsizni aql- idrok egalari ko’zi ko’r odamga qiyoslashadi… Qaysi dostondan parcha olingan? Salomlashish odobi b) Odamdan nima qoladi d) Qovun sayli
Tabiatshunoslik 4-sinf 1. Tabiatshunoslik fani nimalarni o’rgatadi ? A)Koinot, daryo va ko’llar, hayvonlar ; B) Koinot, cho’llar, adirlar ; D) Koinot, daryo va ko’llar, cho’llar, adirlar , mamlakatimiz tabiati ; 2. Yozda dala va bog’larda qanday o’zgarishlar bo’ladi. A) Ekinlar tagi yumshatiladi, o’g’it solinadi , sug’oriladi ; B) Hosil yig’ib olinadi ; D) Ekinlar enkilanndi ; 3. Yozda uy hayvonlari qayerda boqiladi ? A) o’rmonlarda ; B) yaylovlarda ; D) cho’llarda ; 4. Uy hayvonlari insonlarga qanday foyda keltiradi ? A) go’sht mahsulotlari bilan ; B) begona o’tlarni yeyishi bilan ; D) go’sht va sut mahsulotlari bilan ; 5. O’zbekistonda qaysi hayvon turlari uchraydi ? A) Oq ayiq , pingvin ; B) Tog’ echkisi, Qo’ng’ir ayiq ; D) Kenguru , fil ; 6. Yuldyz nima ? A) Ulkan osmon jismi ; B) Olovli shar ; D) Olovdek yonib kirgan ulkan osmon jismi ; 7. Yulduzlar qanday rangda bo’ladi ? A) oq, sariq ; B) Qizil, ko’k ; D) Turli xil ranglarda bo’ladi ; 8. Mirzo Ulug’bek nechta yulduzni o’rgangan ? A) 1018 ta ; B) 1028 ta ; D) 1118 ta ; 9. Ulug’bek rasadxonasi qayerda joylashgan ? A) Samarqahdda ; B) Xorazmda ; D) Buxoroda ; 10. Quyoshning diametri yernikidan necha marta katta ? A) 108 marta B) 109 marta ; D) 110 marta ; 11.Quyosh yerni……….. A) yoritadi ; B) isitadi ; D) yoritadi, isitadi, hayot baxsh etadi ; 12. Quyosh nuri yerga necha minutda yetib keladi ? A) 9 minutda ; B) 8 minutda ; 7 minutda ; 13. Osmon jismlariga nimalar kiradi ? A) Kometalar, yulduzlar ; B) Kometalar, yulduzlar, meteorlar, metioridlar ; D) Quyosh va yer ; 14. Quyosh sistemasidagi quyoshga eng yaqin sayyora A) Yer ; B) Mars ; D) Merkuriy ; 15. Kometa nimadan iborat ? A) “Bosh va dum”dan ; B) gazlardan ; D) toshlardan ; 16. Meteor so’zining ma’nosi nima ? A) Osmon xodisasi ; B) Mayda toshlar ; D) Mayda muzlar ; 17. Yerning tabiiy yo’ldoshi bu ……… A) Quyosh ; B) Oy ; D) Yulduzlar ; 18. Quyosh sistemasiga nechta sayyora kiradi ? A) 6 ta ; B) 7 ta ; D) 8 ta ; 19. Yer Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqishi uchun qancha vaqt ketadi ? A) 366 sutka ; B) 365 sutka 6 soat ; D) 367 sutka ; 20. Quyosh sistemasidagi eng katta sayyora ….. A) Uran ; B) Neptun ; D) Yupiter ; 21. Xalqali sayyora nomini olgan sayyora qaysi ? A) Uran ; B) Saturn ; D) Neptun ; 22. “Zuxro yulduzi” yoki “Tong yulduzi” nomlari bilan qaysi sayyoraga aytiladi ? A) Mars ; B) Saturn ; D) Venera ; 23. Tabiiy yo’ldosh nima ? A) Sayyora atrofida doimiy aylanib yuradigan osmon jismi ; B) Sayyoralar ; D) Kometa va meteorlar ; 24. Yer sirtini kometalardan , meteorlardan nima himoya qiladi ? A) Bizni o’rab turgan havo ; B) Yulduzlar ; D) Quyosh ; 25. Oy necha xil ko’rinishda bo’ladi ? A) 1 xil ; B) 2 xil ; D) 3 xil ;
Download 106.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling