Onatili va o’qish savodxonligini va uni o’qitish metodikasi
Download 137.5 Kb.
|
Bilet javoblari
Sh tovushi til oldi, sirg`aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`z boshida (shar, shahar, sholi), o`rtasida (hashar, o`sha) va oxirida (qish, yosh, tashvish) keladi. Bu tovush so`zlarning turli o`rinlarida ko`p qo`llanadi.
J til oldi, sirg`aluvchi, jarangli undosh tovushi arab, fors-tojik va rus tillaridan o`zlashtirilgan so`zlarning boshida (janr), o`rtasida (vijdon, sajda, furajka) oxirida (garaj) uchraydi. Җ til oldi, qorishiq portlovchi, jarangli undosh tovushi so`zning boshida (jamalak, jabr, jilov), o`rtasida (kajava, ojiz, o`jar) va oxirida (xorij, xiroj, saj) keladi. Bu tovush o`zbekcha so`zlar oxirida deyarli qo`llanmaydi. O`zlashma so`zlar oxirida qo`sh undoshlar tarkibida kelgan җ tovushi ch tovushiga o`xshab talaffuz qilinadi: mavj>mavch, avj>avch. CH tovushi til oldi, qorishiq portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (chaqa, chigit, chuqur), o`rtasida (achchiq, ochiq, ko`cha) va oxirida (och, uch, kech ) keladi. Ayrim so`zlarda o`zidan keyingi jarangsiz undoshlar ta’sirida talaffuzda sh tovushiga o`tadi: kechdi>keshti, qochdi>qoshti, sochdi>soshti. L tovushi til oldi, portlovchi-sirg`aluvchi, jarangli (sonor) undosh tovush bo`lib, so`z boshida (lagan, latifa, lof), o`rtasida (olis, uloq, belgi ) va oxirida (kasal, kel, yol) keladi. Bu tovush so`z o`rtasida kelganda so`zlashuv nutqida ko`pincha tushib qoladi: olsa>osa, kelsa>kesa, bo`lsa>bo`sa, kelgan>kegan. R tovushi til oldi, portlovchi-sirg`aluvchi, titroq, sonor, jarangli undosh tovush bo`lib, so`z boshida (randa, rang, ruh), o`rtasida (arra, mo`ri, baraka) va oxirida (bozor, hozir, huzur) keladi. Bu tovush sof o`zbekcha (turkiycha) so`zlar boshida qo`llanmaydi. Y tovushi til o`rta, sirg`aluvchi va jarangli undosh tovush bo`lib, so`z boshida (yigit, yo`l, yil), o`rtasida (sayr, qayir) va oxirida (to`y, uy, oy) keladi. Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling