Onatili va o’qish savodxonligini va uni o’qitish metodikasi


Download 137.5 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1520761
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bilet javoblari


Onatili va o’qish savodxonligini va uni o’qitish metodikasi.
Variantlar
1-bilet.
1) Yozuv dastlab Missopotamiyadegan joyda paydo bo'lgan va bu yozuv tarixga mixxatnomi bilan kiritilgan.
1. Eramizdan oldingi IV-V asrlarda O’rta Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida mixxat yozuvi ishlatilgan.
2. Hozirgi eramizdan boshlab, taxminan VI asrgacha so'g'd yozuvi ishlatilgan.
3.V — VIII asrlar davomida turkiy halqlar O'rhun-Enasoyyozuvidan foydalanishgan.
4.VI-VII asrlardan to XV asrlargacha turkiy va mo'g'illar uyg'ur yozuvidanfoydalashgan.
5.720 — yildan arab yozuvi tarqala boshlagan. Xalqimiz taxminan 1200 yildan ko'proq vaqt davomida arab alifbosidan foydalangan.
6. 1929 — yildan lotin alifbosi asosidagi yangi yozuvga o'tilgan edi.
7. 1940 — yildan boshlab esa rus(krill) grafikasi asosida yangi o’zbek alifbosiga o'tilgan edi.
8. 1993 — yil 2 — 3 sentabrda bo'lib o'tgan Oliy Kengashning 13-sessiyasida o'zbek yozuvini lotin alifbosiga o'tkazish to'g’risida qonun qabul qilindi.
Lotin yozuviga koʻchish
Lekin dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.


A a

B b

D d

E e

F f

G g

H h

I i

J j

K k

L l

M m

N n

O o

P p

Q q

R r

S s

T t

U u

V v

X x

Y y

Z z

Oʻ oʻ

Gʻ gʻ

Sh sh

Ch ch

ng



ʼ






Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005 yilda tugallanishi koʻzda tutilgan.
2) Til kishilik jamiyatida yaratilgan bo‘lib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bo‘ladi. Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo bo‘ladi ( boshqacha aytganda , «tug‘iladi », taraqqiy etadi, « o‘sadi»), bir jamiyat yo‘q bo‘lishi bilan til ham asta – sekin iste’moldan chiqa boshlaydi va davrlar o‘tishi bilan o‘lik til bo‘lib qoladi. Masalan, lotin, sug‘d, qadimiy Xorazm tillari kabilar bunga misol. Biroq tilninng paydo bo‘lishi (“ tug‘ilishi”) taraqqiy etishi (“ o‘sishi”) va iste’mol qilinmay qolishi (“ o‘lishi”) biologik jarayon emas, balki jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Shuning uchun til qonunlarini, uning taraqqiyot yo‘llarini jamiyat tarixi bilan va shu tilni yaratgan xalqning tarixi bilan bog‘liq holda o‘rgangandagina masalani to‘g‘ri hal qilish mumkin. Demak, jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilning bir butunligiga asoslanib, uni tirik organizmga o‘xshatish noto‘g‘ridir. Til o‘zining tuzilishi bilan, ayrim unsurlarining o‘zaro munosabati bilan butun bir tizimni tashkil etadi. Umumiy tilshunoslik fanining asoschisi V. fon Gumboldt (1767- 1835) tilshunoslik fanining asosiy masalalarini, predmetini va chegarasini belgilab berishga harakat qilgan mashhur olim edi. V. Gumboldt tilshunoslikni inson o‘rganadigan tarixiy, falsafiy, etnografik fanlar qatoriga qo‘shishga harakat qildi. V. Gumboldt ta'rificha, til murakkab, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan sifat va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir, shuning uchun ham tilni ilmiy o‘rganishda, uning haqiqiy mohiyatini tushunishda antinomiya qarama-qarshilik) metodini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Til tabiatiga xos asosiy antinomiyalar quyidagilardir: Birinchi antinomiya: til bilan tafakkurning ajralmas birligi va ichki qarama-qarshiligidir. Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir.
3) Fonetik birliklar;

Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling