Onatili va o’qish savodxonligini va uni o’qitish metodikasi
Jargon va argolar . Jargon
Download 137.5 Kb.
|
Bilet javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frazeologizm
4.Jargon va argolar . Jargon (fransuzcha: jargon safsata) — biror ijtimoiy guruhning oʻziga xos leksikasi, fonetikasi va grammatikasi bilan umum soʻzlashuv tili va mahalliy dialektlardan farq qiladigan tili. Jargon muayyan ijtimoiy muhitda yuzaga keladi va shular manfaatiga xizmat qiladi (maye, talabalar, harbiy xizmatchilar, turli kasb, mashgʻulot egalari orasidagi Jargon). Bunday Jargonlarni kuchli rivojlangan va aniq terminlarga ega biror kasb tili bilan aralashtirmaslik lozim. Jargon ham leksik, ham uslubiy jihatdan turli-tuman, tezda oʻzgaruvchan, barqaror boʻlmaydi. Masalan, yoshlar orasida "ketdim" oʻrnida "sirpandim", "pul" oʻrnida "soqqa", "dollar" oʻrnida "koʻki"; sanʼatkorlar orasida "xizmat uchun haq olmaslik" oʻrnida "tom suvoq", "pul" oʻrnida "yakan" va h. k. Jargonlar uchraydi. Jargon badiiy ijodda asar qahramoni xususiyati, tabiatini ochib berish uchun xizmat qiladi. Jargonlar turli tillarda soʻzlashuvchi xalqlar vakillarining bir-birlari bilan aloqa qilishida yoki turli xalq vakillari yigʻiladigan joylar (maye, chegara, portlar)da ham paydo boʻladi. Jargonlar qaysi ijtimoiy guruh orasida yuzaga kelgan boʻlsa, deyarli faqat shu guruh vakillari uchun tushunarli boʻladi, shu toifadagilarning vaziyat, sharoit taqozasiga koʻra boshqalardan yashirin tutiladigan maqsadlariga xizmat qiladi.[1]
Argo (frans. argot — jargon) — maʼlum toifa kishilargagina tushunar-li soʻzlar mavjudligi bilan umumxalq ti-lidan farq qiluvchi, biror ijtimoiy to-ifa, guruh (mas, dallollar, sportchilar, talabalar, oʻgʻrilar va hokazo)ga xos yasama til. Morfemika haqida umumiy ma’lumot. So‘z yasalishining grammatika bilan boғliqligi (morfologiyada: ayniqsa, affiksatsiya yo‘li bilan yasalish; kategorial ko‘chish; sintaksisda: qo‘shma so‘z bilan so‘z birikmasi orasidagi munosabat va b.) uning tabiatidagi etakchi xususiyatlaridandir. Uzak va affikslarning analizi morfologiyada ham, so‘z yasalishida ham uchraydi, lekin bu ikki sohaning analizi-hodisaga qanday nuqtai nazardan yondashishi—har xil, shunday bo‘lsa ham, bari bir, har ikki soha uchun umumiy bo‘lgan hodisalar ham bor. SHunga ko‘ra, keyingi vaqtlarda bularni yoritishning yangi sxemalari paydo bo‘ldi: dastlab morfemalariing har ikki sohaga aloqador bo‘lgan tomonlari ayrim beriladi, bu ayrim qism morfemika deb ataladi, keyin so‘z yasalishi, undan keyin morfologiya bayon qilinadi. Bu yangi tartib ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomondan ham afzalliklarga ega.Morfemika so'zning ma'noli qismlari haqidagi ta'limotdir. So'zlarning grammatik tarkibi o'zak va turli morfemalardan tashkil topib gapda so'zlar turli grammatik shakllarda ham, o'zgarmagan holda ham qo'llaniladi. So'zlarning o'zgarmagan shakli asosiy, ya'ni lug'aviy ma'noli qismdir Alifbo haqida ma’lumAlifbo (arab Alifbosining boshlangʻich ikki harfi — alif va bo nomidan olingan) — biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari (mas, arab Alifbosi, lotin Alifbosi) yoki boʻgʻin belgilar (mas, hind Alifbosi — devanagari) majmui. Alifbo mil. av. 2000-y. oxirlarida qad. Uga-rit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud boʻlgan, deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning run, Urxun-Yenisey yozuvi va turkiy (uygʻur) yozuvlari boʻlgan. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi maʼlumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Hozirgi harfiy va baʼzan boʻgʻin Alifbolari finikiy Alifbo sidan, oromiy (arab, yahudiy), yunon (lotin va hokazo) va boshqa Alardan kelib chiqqan. Arab Alifbosiga — barcha arab mamlakatlari, shuning-dek Eron, Afgʻoniston, Pokiston, Sharqiy Turkiston — Shinjon, shuningdek 13-20-asr boshlarida turkiy xalqlar yozuv tizimida; lotin Alifbosiga Amerika, Avstraliya qitʼasidagi barcha xalqlar, Yevropaning koʻpchilik xalqlari, Osiyo va Afrikadagi baʼzi xalqlar (Indoneziya, Turkiya va boshqalar) yozuv tizimida; Kirill Alifbosiga — Yevropa, Osiyodagi baʼ-zi xalqlar yozuv tizimida; hind boʻgʻin Alifbosiga — Hindistondagi koʻpgina elatlar yozuv tizimida amal qilingan.[1] Alifbolar[tahrir | manbasini tahrirlash] Runik yozuv Arman yozuvi Gruzin yozuvi Koreys yozuvi Turkiy(uygʻur) yozuvi, Oʻrxun-yenisey yozuvi , Yunon yozuvi Hind yozuvi Lotin alifbosi Kirill alifbosi Arab alifbosi Urdu alifbosi Japon kanjilari Xitoy yozuvi Yahudiy yozuvi TASVIRIY IFODA Tasviriy ifoda – bir narsaning boshqacha bir nom bilan tasvirlab aytilishi. Ular, asosan, ot turkumida kuzatiladi. archa – o’rmon malikasi sher – hayvonlar podshosi pilla – kumush tola paxta – oq olti Omonim tasviriy ifodalar: Qora oltin – ko’mir, neft
Sinonim tasviriy ifodalar: Fasllar kelinchagi, uyg’onish fasli – bahor So’z mulkining sultoni, o’zbek tilining asoschisi – Alisher Navoiy Po’lat ot, dehqonning qanoti – traktor FFrazeologizm, frazeologik birlik, frazema — ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq suz birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha koʻchma maʼnoda qoʻllanadigan va boʻlinmaydigan, barqaror (turgʻun) bogʻlanmalarning umumiy nomi. F.lar, shaklan oʻzlariga oʻxshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutkda suzlarni erkin tanlash, almashtirish yoʻli bilan yuzaga kelmaydi, balki maʼno va muayyan leksikgrammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qullanadi, yaʼni F. tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas: anqoning urugʻi, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sigʻmay ketmoq, kapalagi uchmoq, kungli joyiga tushmoq, qoʻli ochiq, qulogʻi ogʻir va boshqa F.lar tarixiy qoʻllanish meʼyorlariga, usullariga ega boʻlib, ularning maʼnolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi. Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling