Onatili va o’qish savodxonligini va uni o’qitish metodikasi
Download 137.5 Kb.
|
Bilet javoblari
SINONIMIYA;
Sinonimlar (qadimgi yunoncha: σύν va ὄνυμα — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi. Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan soʻzlar guruhi Sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator 2 va undan ortiq soʻzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma Sinonimik qator 2 soʻzdan, yuz, aft, bashara, bet... Sinonimik qator esa kup suzlardan tuzilgan. Koʻp maʼnoli soʻzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq Sinonimik qatorga kirishi mumkin. Bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi. Sinonimik qatordagi bir soʻz bosh soʻz (asosiy soʻz) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng qoʻllanadi. Chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol... Sinonimik qatorda chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgixususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va h.k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgi, xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega. O’ZBEK YOZUVLAR TARIXI Oʻzbek yozuvi tarixi haqida Arab yozuvi Oʻzbekistonda 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik. Arab alifbosi: آ ا أ ء ب پ ت ث ج چ ح خ د ذ ز ژ س ش ص ض ط ظ ع غ ف ق ک گ ل م ن و ٶ ۇ ۉ ە ة ى ي ې ٸ Yanalif 1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) o‘tilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan. Kiril yozuvi 1940 yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik. 1940 yildan 1991 yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi. Nutq madaniyati jamiyat madaniy m’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulotda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ma’naviy ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb e’tirof etilgan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari, o’qituvchilarning nutqiy madaniyat mahorati, farzandlarimizning madaniy nutqi ko’nikmalari va malakalarini oshirish, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarbdir . Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling