Onaxon jabborova, zuxra umarova


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyat-


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyat-
larni singdirish. Ong – bu shaxsning miya organida yuzaga keladi-
gan tushunchalari, fikrlari va odatlari majmuidir. Shu jihatdan bosh-
lang‘ich sinf o‘quvchilarining ongi pedagoglarimiz to‘g‘ri ta’kidlash-
ganidek, yozilmagan oq qog‘ozga o‘xshaydi. Mazkur masala 7-11 
yoshli o‘quvchilar ongiga maqsadli va muddaoli qadriyatlarni 
shakllantirishni taqozo etadi. Bu borada umuminsoniy qadriyatlar 
ham muhim o‘rin tutadi.
Umuminsoniy qadriyatlar – bu dunyoda yashovchi xalqlarning 
tajribasidan o‘tib o‘zgalar tomonidan qabul qilingan yondashuvlar 
17


majmuidir.
7
Shu sababli Prezidentimiz yoshlar tarbiyasida umumin-
soniy qadriyatlarga e’tibor berishni tavsiya etadi.
8
Rus pedagogika va psixologi A.Rubnshteyn ongning miya, aql va 
his-tuyg‘udan iboratligini ta’kidlaydi. Shu sababli 7-11 yoshli 
o‘quvchilar ongini shakllantirishda quyidagi umuminsoniy qadriyat-
larning o‘rni muhimdir: 
- birodarlik; 
- tinchliksevarlik; 
- bag‘rikenglik. 
Birodarlik qadriyati barcha halqlar uchun zaruriyat bo‘lib, unda 
har bir xalqning buguni, o‘tmishi va kelajagiga oid yondashuvlar 
ifodalanadi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim 
dasturlarida umuminsoniy birodarlik qadriyatini har bir xalq va 
millatning farzandlari o‘zlashtirishi qayd etilgan. 
Tinchliksevarlik qadriyati insoniyatning hayotida muhim o‘rin 
tutadi. Shu sababli jahon Pedagogika fanida shaxsning ongiga 
tinchliksevarlik qadriyatini singdirish birlamchi masalalardan hisobla-
nadi. Biroq, bugungi kunda rivojlanish jarayonidan ortda qolayotgan 
mamlakatlarda yoshlarning tarbiyasida tinchliksevarlik qadriyatini 
singdirish sust kechmoqda. Shu sababli bugungi kunda pedagog 
olimlar Afg‘oniston, Suriya kabi mamlakatlardagi yoshlarning tinch-
liksevarlik qadriyati ko‘nikmasi past ekanligidan tashvish bildir-
moqda. Mamlakatimizda bu qadriyat ta’lim siyosatining asosiy 
tayanchlaridan biri sifatida belgilangan.
Bag‘rikenglik shaxsda diniy, milliy va umuminsoniy g‘oyalarni 
shakllantirishga asoslanadi. Bag‘rikenglikning diniy mazmuni bir 
jamiyatda turli dinlarga e’tiqod qilish bilan belgilanadi. Bag‘ri-
kenglikning milliy mazmuni bir jamiyatda turli xalqlar va elatlarning 
birga yashashi bilan izohlanadi. Bag‘rikenglikning umuminsoniy 
mazmuni dunyodagi barcha xalqlarning o‘zaro do‘stligi va hamkor-
likda yashashidan iborat. Bu g‘oyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
ongiga singdirilsa, kelgusida uni o‘z jamiyati va insoniyat hayoti 
uchun mas’uliyat sezadigan shaxslar sifatida shakllanadi. 
7
Қаранг: Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Тошкент, 2009 
8
Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий 
ғоямизнинг пойдеворидир. – Тошкент, 2021. 
18


Umuman O‘zbekistonning ta’limga oid davlat siyosatida umumin-
soniy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish asosiy yo‘nalishlardan 
biri hisoblanadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling