Onaxon jabborova, zuxra umarova


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

III. Yangi mavzu bayoni 
Darslikda berilgan rasmlar ustida suhbatlashib ,yangi mavzu 
haqida gaplashamiz.
1. Siz ertalab quyoshning chiqishini kuzatganmi- siz? Kuzatgan 
bolsangiz manzarani tasvirlab be ring. 
2. “Semurg
1
yoki Parizod va Bunyod” ertagi- ni eshitganmisiz? 
Semurg‘ qanday qush va u nimaning ramzi sanaladi? 
3. Mamlakatimiz dalalarida qanday o‘simliklar yetishtiriladi? 
4. 1-, 2- 3- 4-, 6-rasmlar bilan 5-rasm o'rtasi- da qanday 
bogliqlik bor? 
5. 7-, 8-rasmlar asosida “Olamni mahliyo aylagan diyor” 
jumlasining mazmuniga mos matn tu- zing. 
6. 8-rasmda tasvirlangan insonlar mamlakat ravnaqiga qanday 
hissa qo'shmoqdalar? 
IV. Darsni mustahkamlash: 
O‘quvchilarga 
quyidagi 
savollarni 
berib,ularni 
javoblari 
baholanadi. 
1. Siz ertalab quyoshning chiqishini kuzatganmi- siz? Kuzatgan 
bolsangiz manzarani tasvirlab bering. 
2. “Semurg
1
yoki Parizod va Bunyod” ertagi- ni eshitganmisiz? 
Semurg‘ qanday qush va u nimaning ramzi sanaladi? 
3. Mamlakatimiz dalalarida qanday o‘simliklar yetishtiriladi? 
V.Umumlashtirish va xulosalash. 
VI.. Uyga vazifa .O`qib,savollarga javob yozib kelish va mavzuga 
mos rasm chizish. 
85


 
 
86


5-mavzu: Tarbiyaning asosiy tamoyillari va metodlari 
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonini amalga oshirish o‘ziga 
xos asosiy tamoyillar va metodlarga asoslanadi. Mazkur mavzuni 
o‘zlashtirishda quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi:
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida pedagogik tamoyillar 
masalasini aniqlab olish; 
- boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilari 
tarbiyasida 
psixologik 
tamoyillarni belgilab olish; 
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida ijtimoiy tamoyillarni 
belgilash. 
Bunday yondashuv e’tibor berilsa, uchta tamoyilga asoslanishi 
ma’lum bo‘ladi. Bular pedagogik tamoyillar (bolaparvarlik, jismoniy 
yetuklik, aqliy shakllanganlik), psixologik tamoyillar (ruhiy yetuklik, 
tasavvurga egalik, xotiraning rivojlanganligi) va ijtimoiy tamoyillar 
(bolaning ijtimoiylashuvi, maktab jamoasiga moslashuvi, faollik). 
Mazkur 
tamoyillar 
asosida 
boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarini 
tarbiyalash lozim bo‘ladi.
Boshlang‘ich 
ta’limda tarbiyaning quyidagi metodlariga 
asoslanish zaruriyat hisoblanadi: 
- tushuntirish; 
- o‘rgatish; 
- ko‘niktirish; 
- odatlantirish. 
Bunda tushuntirish metodi boshlang‘ich sinf o‘quvchisini ongini 
shakllantirishga asoslanadi. O‘rgatish metodi mazkur toifadagi o‘quv-
chilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishga tayanadi. Ko‘niktirish 
metodi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiylikni tarkib toptirishni 
nazarda tutadi. Odatlantirish metodi esa boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarini bilim olishga va axloqiy faol bo‘lishga ko‘niktirishga 
asoslanadi. Bu metodlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
dastlabki bosqichda pedagogik, psixologik va ijtimoiy jihatdan 
tarbiyalanadi.
Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarbiyaning asosiy tamoyillari va 
metodlarini o‘zlashtirishi taqoza etiladi. Buning uchun o‘zlashtirilgan 
tarbiya tamoyillari va metodlari pedagogik amaliyot davrida sinovdan 
o‘tkazilishi kerak.
87


Mavzu bo‘yicha tarbiyaning asosiy tamoyillari va metodlarini 
o‘zlashtiring. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling