2-Topshiriq: “Tarbiya” fanini o‘qitishda xorij tajribalarini
milliy o‘qitish tizimi bilan toifalang.
8-mavzu: “Tarbiya” fanini o‘qitishning masofaviy ta’lim
shakli metodikasi
O‘zbekiston boshlang‘ich ta’limi jarayonida o‘qitishning
yangi
shakli metodikasini rivojlantirib borish jarayoni kechmoqda. Shu
sababli boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning masofaviy
ta’lim shakli metodikasini o‘zlashtirishda quyidagilarga e’tibor berish
tavsiya etiladi:
- masofaviy ta’lim deganda kompyuter kabi texnik vositalar
asosida virtual tarzda amalga oshiriladigan o‘qitish
jarayoni nazarda
tutiladi;
- masofaviy ta’limda har bir mavzuning o‘quv materiallari bir
necha variantda o‘qituvchi tomonidan
maxsus tayyorlanadi va
kompyuter dasturiga kiritiladi;
- masofaviy ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchilar teng faol ishtirok
etadi;
- masofaviy ta’limda mavzu
materiallarining qiziqarli, qisqa va
aniq bo‘lishi shart;
- o‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayoni
nazorat qilib boriladi va
boshqariladi.
E’tibor berilsa, o‘qitishning masofaviy ta’lim shakli metodikasi
qiziqarli bilan ahamiyatga ega. Chunki o‘qituvchi
tomonidan mavzu
materiallarining yangi ma’lumotlar bilan boyitib borish imkoniyatlari
mavjud.
Bundan
tashqari,
turli
axborot
vositalarining
92
imkoniyatlaridan foydalangan holda kun davomida o‘qitishni amalga
oshirish mumkin. Bunda o‘quvchilarning
faolligi va qiziquvchanligi
oshadi.
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning masofaviy
ta’lim shaklidan foydalangan holda o‘qitish tavsiya etiladi.
Oliy pedagogik ta’lim jaaryonida o‘qitishning masofaviy ta’lim
shakli metodikasi asoslarini chuqur o‘zlashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: