Online Test 28-May Variant-5 ( Har bir savol e’tiborsiz qolmasin)
Download 188.73 Kb. Pdf ko'rish
|
28-may 5-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Online Test 28-May Variant-5 ( Har bir savol e’tiborsiz qolmasin )
Online Test 28-May Variant-5 ( Har bir savol e’tiborsiz qolmasin)
5-variant 1. Quyidagi qaysi xususiyatlar odam qoni tarkibidagi eritrotsit va leykotsitlar uchun (a) va trombotsitlar va leykotsitlar uchun (b) umumiy hisoblanadi? A) a-suyaklarning ko’mik qismida hosil bo’ladi b-qonning ivishida ishtirok etadi B) a-taloqda hosil bo’ladi b-yashash muddati 2-5 kun C) a-xromosomalari soni bir xil 46 ta b-taloqda hosil bo’ladi
D) a-qonning deposi vazifasini bajaruvchi organda parchalanadi b-yashash muddati 2-5 kun
2. Quyidagi magnoliyasimonlar orasidan ko’p yillik, barglari murakkab bo’lgan nechta o’simlik keltirilgan?(2020) 1) yerbag’ir tugmachagul 2) sebarga 3) jag’-jag’ 4) beda 5) qulupnay 6) ajriq 7) g’umay 8) mosh 9) na’matak 10) yeryong’oq A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
3. Hidni yaxshi sezmaydigan, tansining tuzilishi suv muhitiga moslashgan (a), havo muhitiga moslashgan (b) va quriqlik muhitiga moslashgan (c) organizmlar qaysi javobda to’g’ri keltirilgan? A) a-kashalot b-tuyaqush c-silovsin B) a-morj b-ko’rgalak c-korsak C) a-delfin b-qorayaloq c-ilvirs D) a-ko’k kit b-turna c-korsak
4. O’simlik xloroplastlarida 450 gr glukoza sintezi uchun ma’lum miqdorda CO 2 sarflanadi. Shu miqdordagi CO 2 ni
hosil qilish uchun necha molekula sut kislota parchalanishi kerak?
A) 3 B) 5 C) 7 D) 9
5. Jinsiy ko’payish organi ikki uyli, spora hosil qiluvchi (a) va jinsiy ko’payish organi bir jinsli, urug’ hosil qiluvchi (b) o’simliklar qaysi javobda to’g’ri keltirilgan? A) a-dala qirqbo’gimi b-makkajo’xori B) a-funariya yo’sini b-oshqovoq C) a-sershox qirqbo’g’im b-bug’doy D) a-sharq sauri b-gazanda
6. Terak qaysi bo’limga (a), nargis qaysi sinfga (b) va g’umay qaysi turkumga (b) mansub? A) a-magnoliyatoifalar; b-lolasimonlar; c-jo’xori B) a-gulli o’simliklar; b-bir urug’pallalilar; c-g’umay C) a-lolasimonlar; b-ikki urug’pallalilar; c-akatsiya D) a-ikki urug’pallalilar; b-lolasimonlar; c-burchoq
7. Qaysi hujayralar mitoz bo’linganda anafaza bosqichida hujayradagi xromosomalar to’plami diploid bo’ladi?(2020) A) blostomerlar B) mikrosporalar C) gametogenezning yetilish bosqichidagi tuxum hujayra D) bachadon devori hujayralari 8. Uzunligi 17 nm bo’lgan DNK molekulasida vodorod bog’larning 60 foizini uchbog’lar tashkil qilishi uchun A nukleotidlari necha foiz bo’lishi kerak? A) 40 B) 30 C) 25 D) 15
9. Ma’lum bir navli piyoz o’simligida piyozboshning qizil rangi sariq ranga nisbatan ustunlik qiladi, lekin ikkinchi juft noallel genning retssesiv alleli rang tasirini bog’ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Qizil va sariq piyozboshli o’simliklar chatishtirilganda sariq, oq va qizil piyozboshli o’simliklar hosil bo’lgani ma’lum bo’lsa, avlodning necha foizi oq piyozboshga ega bo’ladi? A) 25 % B) 12,5 % C) 37,5 % D) 50 %
10. Partenosissus qaysi xususiyatiga ko’ra bangidevonaga (a) o’xshaydi va qaysi xususiyatiga ko’ra na’matakdan (b) farq qiladi? A) a-mevasi ko’p urug’li b-gulkosachasi yaxshi taraqqiy etmagan
B) a-mevasining chatnashi b-to’pgulining tuzilishi C) a-gulqo’rg’oni murakkab b-barglari yonbargchali D) a-mevasining ho’l meva ekanligi b-bargidagi yaproqchalar soni
11. Mitoz va meyoz jarayonlari uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1) diploid hujayralar bo’linadi va oxirida gaploid hujayralar hosil bo’ladi 2) gomologik xromosomalar ekvator tekisligida juft-juft holatda joylashishi kuzatiladi 3) gametogenez jarayonida sodir bo’ladi 4) hujayra bo’linishining oxirida dastlab sitokinez va undan so’ng kariokinez kuzatiladi 5) embrional rivojlanishda kuzatiladi 6) jinsiy hujayralar bo’linadi A) 1, 2, 6 B) 3, 5 C) 2, 4 D) 3, 6
12. Uchta naysimon suyakning birikishidan hosil bo’lgan bo’g’imni bukuvchi muskul qaysi javobda to’g’ri keltirilgan? A) boldirning uch boshli muskuli B) qo’l panjasini bukuvchi muskul C) yelkaning ikki boshli muskuli D) narvonsimon muskul
13. Karam o’simligining … . A) manzarali navlari mavjud B) mevasi chatnamaydi C) ildizi metomorfozlashgan D) pallalari orasida qalin to’sig’i bor
14. Ayolda daltonizmni yuzaga chiqaruvchi gen bor, erkakning onasi ushbu kasallik bo’yicha sog’lom. Bu oilada bir qiz va o’g’il tug’ildi. Qiz ranglarni yaxshi ajrata olmaydi va fenotib jihatdan ukasidan farq qiladi. Ushbu oilaga tegishli to’g’ri ma’lumotlarni belgilang. 1) erkak daltonizm bo’yicha sog’lom 2) bu oilada tug’ilgan farzandlarning barchasi daltonizm bo’yicha kasal 3) erkak daltonizm bo’yicha kasal 4) ayol daltonizm bo’yicha kasal 5) ayol daltonizm bo’yicha sog’lom 6) bu oilada tug’ilgan qizlarning 50 foizi kasal A) 2, 3, 4 B) 3, 5, 6 C) 1, 2, 5 D) 4, 6
Online Test 28-May Variant-5 ( Har bir savol e’tiborsiz qolmasin)
1) miqqiy bilan bitta turkumga kiradi 2) tumshug’i uzun baquvvat va uchi pastga qayrilgan 3) jufti butun hayoti davomida saqlanib qoladi 4) jo’ja ochadigan qush 5) jish jo’ja ochadigan qush 6) oddiy kosasimon uy quradi 7) jo’rchi bilan har xil turkumga kiradi A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 6, 7 C) 3, 5, 6, 7 D) 1, 4, 5
16. Kaputsin bilan bir sinfga (a) va jo’rchi bilan bir turkumga (b) birlashtirilgan hayvonlar to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang. A) a-muflon, sayg’oq, o’rdakburun; b-qarchig’ay, qirg’iy, ukki B) a-gavial, kashalot, yexidna; b-suqsun, kalxat, miqqiy C) a-churrak, oqbiqin, yexidna; b-qarchig’ay, boyo’g’li, miqqiy D) a-gibbon, kasatka, yexidna; b-qarchig’ay, kalxat, miqqiy
17. Dominant holda irsiylanadigan belgini aniqlang. A) daltonizm B) gemofiliya C) tug‘ma karlik D) polidaktiliya
18. Yirtqich, oyoqlari kalta, tanasi ingichka, yoriqlarga kirishga moslashgan. Ushbu ta’rifga mos keluvchi hayvonlar juftligi qaysi qatorda to’g’ri keltirilgan? A) nutriya va qunduz B) ilvirs va olaqo’zan C) silovsin va bo’rsiq D) norka va latcha
19. Quyidagi pleyotrop tasirga ega belgilardan qaysi birining retsessiv alleli organizmlarning hayotchanligining qisqarishiga yoki o’limiga olib keladi? A) to’tilar patining rangi B) sichqonlar yungining rangi C) itlar yungining rangi D) drozofila pashshasi ko’zining rangi
20. Chigirtkalar qanotining uzunligi kaltaligi ustidan, tanasining yashil bo’lishi kulrang bo’lishi ustidan dominantlik qiladi. Digeterozigota uzun qanotli, yashil tanali urg’ochi chigirtka xuddi o’ziga o’xshash fenotibga ega bo’lgan erkak chigirtka bilan chatishtirildi. Olingan avlodning 25 foizi kalta qanotli, yashil tanali bo’lgan bo’lsa, avlodning necha foizini digomozigota dominant organizmlar tashkil qiladi? A) 6,25 B) 12,5 C) 25 D) 18,75
21. DNK molekulasini kesuvchi (a) va ulovchi (b) fermentlarni belgilang. (2020) A) a-pBR-322 b-EcoRI B) a-EcoRI b-ligaza C) a-ligaza b-pepsin D) a-endonukleazalar b-EcoRI
22. Yadrosi bo’lmagan ko’p hujayrali organizm qaysi qatorda keltirilgan?(2020) A) aureliya B) sil tayoqchasi C) ossilatoriya D) spirogira
23. To’sh suyagiga nechta uzun g’ovak suyak tog’ridan-to’g’ri birikadi? A) 16 B) 24 C) 14 D) 6 24. Suv qirqqulog’ining sporofitida uchramaydigan qaysi qism(lar) sershox qirqbo’gimning sporofitida uchraydi? 1) rizoid 2) anteridy 3) barg 4) poya 5) arxegoniy 6) ildizpoya 7) gameta 8) sporangiy 9) sorus 10) spora beruvchi boshoq 11) spora 12) tuxum hujayra A) 2, 5, 7 B) 6, 10 C) 3, 4, 11 D) 10
25. Organizmda geterozigota holatda yashirin holda uchraydigan jinsga bog’liq holda irsiylanidagan kasalliklarni belgilang. 1) albinizm 2) daltonizm 3) polidaktaliya 4) gemofiliya 5) braxidaktiliya 6) silga moyillik 7) Daun sindromi A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 7 C) 2, 4 D) 3, 5
26. Targ’il lolada hosil bo’lgan urug’larning soni birlamchi chang hujaylari soniga teng bo’lsa, hosil bo’lgan spermiylarning necha foizi urug’lanishda ishtirok etmagan? A) 25 B) 50 C) 75 D) 100
27. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. No‘xat o‘simligi poyasining uzun va kalta formalarini ifoda etuvchi genlar .... A) birikkan genlar deyiladi B) komplementar ta’sir ko‘rsatadi C) meyozda har xil hujayraga o’tadi D) noallel genlar deyiladi
28. Bitta oilaga mansub bo’lgan, bitta markazdan kelib chiqqan o’simliklar qaysi qatorda to’g’ri keltirilgan? 1) loviya 2) arpa 3) kartoshka 4) beda 5) makkajo’xori 6) tamaki 7) oshqovoq 8) qalampir A) 1, 4 B) 1, 5, 7, 8 C) 2, 5 D) 3, 6
29. Fototrof organizmlarni aniqlang. 1) rafleziya; 2) ossillatoriya; 3) tripanosoma; 4) na’matak A) 2, 3 B) 2, 4 C) 1, 3 D) 1, 2
30. Tovuq fermasida 8800 ta jo‘ja tuxumdan yorib chiqdi. Bu jo'jalarning 18,75 % ini qora patlilar, qolganini oq patlilar tashkil qiladi. Oq patli jo‘jalarning qanchasi dominant ingibitor geniga ega? A) 4950 B) 6600 C) 550 D) 8250
Online Test 28-May Variant-5 ( Har bir savol e’tiborsiz qolmasin)
Online Test 28-May Variant-5 ( Har bir savol e’tiborsiz qolmasin)
Online Test 28-May Variant-5 ( Har bir savol e’tiborsiz qolmasin)
Download 188.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling