Ontogenez ilk bosqichlarida insoni psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar. Reja


J.Piaje ғenomenlari haqida tushuncha


Download 161.5 Kb.
bet12/13
Sana14.02.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1196164
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ontogenez ilk bosqichlarida insoni psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar

1.4.J.Piaje ғenomenlari haqida tushuncha.
PIAJE (Piaget) Jan (1896.8.8, Nevshatel — 1980.16.9. Jeneva) — shveysar psixologi. Intellektning operatsional konsepsiyasi va genetik epistemologiyani yaratgan. Nevshatel (1926—29), Jeneva (1929-y. dan), Lozanna (1937—54) un-tlari prof. Parijdagi Xalqaro genetik epistemologiya markazi (1955) asoschisi. Piaje bolalar psixologiyasi, ayniqsa, ularning aqliy tarakqiyotini oʻrganish soxasida ilmiy maktab yaratdi («Bolaning nutki va tafakkuri» asari, 1923). Piaje ishlab chiqkan intellektning operatsional konsepsiyasiga koʻra, psixika in-dividning muhitga moslashuvi doira-sida namoyon boʻladi va rivojlanadi. Subyekt bilan obyekt muvozanatlashuvining oliy shakli operatsional strukturalarning hosil boʻlishidir. Operatsional struktura, Piaje fikricha, subyektning «ichki harakati» boʻlib, bu harakat genetik jihatdan tashqipredmet taʼsiridan kelib chikadi va b. harakatlar bilan muayyan sistema boʻlib birlashadi. Operatsional konsepsiya asosida Piaje idrokhissiyot va b. psixik funksiyalarni taxlil qildi. Piaje tafakkur psixologiyasi, psixologiya va mantiqning oʻzaro munosabati masalalarini ishlab chiqishga katta hissa koʻshgan. Muhim asarlari: «Oddiy mantiqiy strukturalar genezisi» (1939—41), «Intellekt psixologiyasi» (1946), «Eksperimental psixologiya» (P. Fress bilan birgalikda).
J.Piajening fikriga ko’ra, bolalarning kognitiv rivojlanishini psixologik tadqiqotni nazorat qiluvchi psixologiyaning genetik metodi bilish nazariyasining asosiy savollariga ekspermental javob berishni talab qiladi: anglanimaganlikdan bilishga noaniqlikdan aniq bilishga o’tish qanday sodir bo’ladi. Tug`ma g`oyalar mavjudmi yoki bizning bilimimiz butunlay tajribadan olinadimi bilishning asosiy kategoriyalari tushunchalari ob`ekt , makon, vaqt, miqdor va boshqalar qanday shakllanadi.
J.Piaje inson intellektini yashash muhitiga moslashish shakllaridan biri sifatida talqin qilgan. Har qanday tirik organizm atrof-muhit bilan uyg`un o’zaro munosabatni qo’llab-quvvatlashda ichki ehtiyojga ega bo’ladi. YA`ni muhitga moslashish ehtiyoji muhit bilan muvozanatda bo’lish kuzatiladi. Muhit ta`siri organizmni muvozanatdan chiqaradi. Organizm yana qaytadan muvozanatga moslashishga erishish uchun yo’qotilgan muvozanatni qoplashda uzluksiz faol holatda bo’lishi kerak masalan, kesilgan barmoq ya`ni chetdan muhit ta`sirida lat eyish jarohat olish o’zini o’zi nazorat qilish jarayonlarini faollashtiradi ular pirovard natijada turg`unlikni barqarorlikni ya`ni kesilgan barmoqdagi teri qoplashini qayta tiklashi kerak.
J.Piaje tomonidan muvozanatga hususan bilishga intilish rivojlanishning yuqori tamoyili sifatida e`tirof etilgan muvozanat omilni joriy etish harakatda bo’lish jarayoni o’zini o’zi rivojlantirish sifatida psixik rivojlanishni intellekt rivojlanishi tushunilishiga imkon beradi. Bilishga moslashish jarayoni ikkita har xil yo’nalishdagi jarayonlar assimiliyatsiya va akkomodatsiyadan hosil bo’ladi.
Assimiliyatsiya va akkomodatsiya qarama-qarshi yo’nalgan lekin chambarchas bog`liq va xulq-atvordagi bir-birini to’ldiruvchi tendentsiyadir. Ovqat va hazm qilish bilan qiyoslasa bo’ladi. Muammoli vaziyatni hal qilish mavjud bo’lgan harakat chizmasi yoki kognitiv chizma yordamida sodir bo’ladi. Mutolaa qilganda axborot assimilyatsiyasi yuz beradi. Bola umumiy qilib olish chizmasidan foydalanib har xil ob`ektlarni olish mumkin. Assimilyatsiyani bilish tuzilishlarini bir butunligini barqarorligini ta`minlaydi. Muammoli vaziyatni o’zi yoki yangi ob`ekt ba`zi o’zgarishlarga (transformatsiyalarga) uchragan.

Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling