Onunlarini o’rganish
Download 210.85 Kb.
|
2-Prujinali mayatnik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbobning tavsifi.
a b v d 1-rasm
prujina tomonidan F1=-k[(l-l0)+x]=-k(x0+x)=-kx0-kx deformatsiya kuchi ta’sir qiladi. Yuk esa prujinani P=kx0 kuch bilan pastga tortadi. Yukka ta’sir etuvchi kuchlarning yig’indisi yoki (2) ifoda bilan aniqlanib, bu kuch m massali yukni muvozanat vaziyatiga qaytaruvchi kvazielastik kuch bo’ladi. Uning ta’sirida m massali yuk va prujinadan iborat erkinlik darajasi birga teng bo’lgan sistema x o’qi bo’ylab garmonik tebranma harakat qiladi. Bu holda yukning harakat tenglamasi ushbu yoki (3) differensial tenglama ko’rinishida beriladi. Ishqalanishni hisobga olmaganda, muvozanat vaziyatiga nisbatan kichik tebranishlar garmonik tebranishlar bo’ladi. Shuning uchun (3) tenglamaning yechimini (4) ko’rinishda yozish mumkin. Bu yerda x siljish kattaligini, A esa jismning muvozanat vaziyatidan eng katta chetga chiqish masofasi amplitudani ko’rsatadi. - tebranish fazasi, - boshlang’ich faza. Garmonik tebranishning siklik chastotasi ω=2f ni (f-oddiy tebranishlar chastotasi) (5-13) formula yordamida, prujina bikirligi (*) va tebranish davrini (**) formulalar yordamida topish mumkin. amplituda va boshlang’ich faza o’zgarmas sonlar bo’lib, ular vaqtning ikki momentidagi x siljish va tezlikning qiymatlaridan foydalanib topiladi. Yukning turg’un muvozanat vaziyatdan chiqarib, qo’yib yuborgandan keyingi tebranishlari prujinali mayatnikning xususiy yoki erkin tebranishlari deyiladi. (*) va (**) formulalardan ko’rinadiki, xususiy tebranishlarning siklik chastotasi va davri prujina materialiga va yuk massasiga bog’lik bo’ladi. Prujinali mayatnikni biror idishdagi suyuqlikka tushiraylik (2-rasm). Bu holda mayatnikning suyuqlik ichidagi tebranishi havodagi tebranishga qaraganda tezroq so’nadi. Chunki mayatnik suyuqlik ichida tebranayotganda uniga ta’sir etadigan ishkalanish kuchi ( r - ishqalanish koeffitsiyenti) havodagiga qaraganda hisobga olinadigan darajada katta bo’ladi. Prujinali mayatnikning bu holdagi harakat tenglamasi yoki (5) ko’rinishda yoziladi. Ushbu tenglama yechimini. (6) ko’rinishida yozish mumkin. Bu yerda so’nish koeffitsiyenti (7) tenglikdan, shartli siklik chastota esa (8) tenglikdan aniqlanadi. Agar tebranish amplitudasining qiymati vaqtning t momentida At ga, (t+T) momentida esa A(T+t) ga teng bo’lsa (6) ga asosan, ularning nisbatidan quyidagi tenglikni olamiz:
Faraz qilaylik, T1= vaqt oralig’ida tebranish amplitudasi e marta kamaysin. U holda (9) dan yoki
(10) tenglik hosil qilinadi. Bu yerda =1/ relaksatsiya vaqti deyilib, u tebranish amplitudasining e marta kamayishi uchun zarur bo’lgan vaqtni xarakterlaydi. Demak, =1/ - so’nish koeffitsiyenti relaksatsiya vaqtiga teskari kattalik bo’lib, u qancha katta bo’lsa, so’nish shuncha tez sodir bo’ladi. Amaliy masalalarni yechishda so’nish koeffitsiyenti o’rniga foydalanishga qulayroq bo’lgan so’nishning logarifmik dekrementi θ tushunchasi kiritiladi. So’nishning logarifmik dekrementi θ ning qiymati (9) ni logarifmlash yo’li bilan aniqlanadi: 2-rasm
Agar amplituda e marta kamayishi uchun N marta tebranish zarur bo’lsa, u holda (10) va (11) munosabatlardan θ = T/ tenglik, ya’ni (12) ifoda hosil qilinadi. (12) dan ko’rinadiki, so’nishning logarifmik dekrementi amplitudaning e marta kamayishi uchun necha marta to’la tebranish sodir bo’lishligini xarakterlaydi. (7) va (11) tengliklardan ishqalanish koeffitsiyenti uchun (13) hisoblash formulasini olish mumkin. Kerakli asbob va materiallar: 1) prujina va yuklar to’plami, 2) suyuqlik quyilgan idish, 3) sekundomer. Asbobning tavsifi. Acbob 1 shtativdan va 2 shkaladan iborat bo’lib (2-rasm), unga og’irligi turlicha bo’lgan 3 ta yuk har xil prujinalarda galma-galdan osiladi. 2 shkaladan yukning vaziyatini aniqlashda foydalaniladi. Prujinali mayatnikning qovushoq muhitdagi tebranishi 5 idish ichidagi suyuqlikda kuzatiladi. Download 210.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling